Qoida bu qoidada

Meni hayotimda 2-bo’lagimga aylanib qolgan «Zakovat» va uning online ko’rinishdagi (ijtimoiy tarmoqlarda) bo’ladigan o’yinlarida men juda-juda hurmat qiladigan bir xolat bor. Bu yerda qoidalarga qattiq amal qilinadi. (Albatta professional zakovat guruhlari nazarda tutildi). Qanaqa qoida deysizmi? Siz bir qatnashib ko’rsangiz bilasiz. Bu qoidalar o’ta shavqatsiz ko’rinadi ko’zingizga. O’ta qiyin savollarga o’ylash uchun o’ta qisqa vaqt berilgandek bo’lib ko’rinadi. O’sha qisqa vaqt ichida orginal, hammani lol qoldiradigan javob berginggiz keladi. Buning uchun harakat qilasiz. Lekin belgilangan vaqt va javob yozishga berilgan vaqtdan atigi 10 soniya kechikib javob bersanggiz ham javobingiz qabul qilinmaydi. Sizni kuzatib turgan boshqa ishtirokchilar javobingizni shedevr ekanini e’tirof etishadi. Mantiq o’zgarmadiku berilgan vaqtda tanlangan ishtirokchi javob berdiku nima qilasan arzimagan «melich prablemalar» uchun o’yinni buzib deb janjallar qiladi. Lekin yakunda baribir «Qoida bu qoida ekanini aytishadi» O’yin boshlanmasdan oldin qoidalar bilan barcha tanishtirilgani rozilik sifatida belgi qo’yishgani eslatiladi. Endi anavi shedevr, orginal javob bergan (erkatoy) aslida eng zo’r ishtirokchilardan bo’lgani, uning ustiga boshlovchini tanishi ekaniyu, munosabatlar yomonlashmasligi, qolaversa o’qiguvchiga bu javobni qabul qilsa haqiqiy azart bo’lishi mumkinligi ham hamma hammasi 2-planga o’tadi. Chunki odamlarga bilimni targ’ib qilish bilan shug’ullanayotganlar o’zlari yozib qo’ygan oddiy qoidani bilmasliklari kulguli ko’rinishi mumkin. Boyagi ishtirokchi nega vaqtida topshira olmaganini kerak bo’lsa 100 ta vaj-karson(internetning yomonligi bu uning aybi emasligi, va boshqalar) bilan oqlashi mumkin lekin qoida bu qoida ekanligi yana va yana takidlab qabul qilishmaydi. Eslatma bunaqa o’yinlarda miyyaga kelgan 1-fikr odatda 80 foiz holatlarda to’g’ri chiqishi mumkinligiz zo’r men sizga aytsam. Boshida agar shu ishtirokchining o’rnida bo’lsangiz javobingizni qabul qilmagan boshlovchidan rosa norozi bo’lasiz, hatto uni so’kib tashlaginggiz keladi. Lekin vaqti kelib o’zingiz o’yin tashkillashtirganizda uni naqadat adolatli qaror qabul qilganiga iqror bo’lasiz va aynan shu boshlovchiga bilinar bilinmas hurmatingiz oshadi. Menda shunaqa bo’ladi har holda. Boshqalar uchun qanday bo’ladi bilmayman. Qolganlar uchun extimol maqsad 1-planga chiqar, qoidalarning borligi arzimasdek tuyular. Lekin men u jamoa va guruhlarda qaytib ishtirok etmayman. Bu prinsib masalasi emas aslo. Boyagi ishtirokchini bizning jamoani raqibi bo’lganligi tufyli emas chunki uni javobi qabul qilinmasa ham uning qanday darajada ekanligini biz bilib turamiz. Lekin shu javob qabul qilinmasa men xursand bo’laman. Sababini esa tushuntirdim. Meni ko’pchilik juda yaxshi biladi. Aynan shunaqa mayda adolatsizliklar uchun doim to’palonlar qilib yuraman. Chunki adolatsizlikning katta kichigi bo’lmaydi. Ko’pchilik meni hammani tanqid qilaverganimdan «kritik» deb nom qo’yib olgan.(o’sha zakovat o’yinlarida) Lekin men qoidalarga amal qilinsa kamroq janjal qilaman. Shunaqa jamiyat qurish uchun oldingi safda turadiganlarning o’zlari bu qoidalarga mal qilmasa bundaylardan havsalam qoladi. Hammaning ishlarimga omad. Ichi qora ekan deb o’ylamang boshingizdan o’tsa tushunasiz. Bo’lmasa «na…» kerak qoida degan narsa agar unga amal qilinmasa.

Добавить комментарий