Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti I ochiq kubogi savollar

Tashkent_State_University_1977Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universitetida karvonboshi dorilfununning tashkil e’tilgaligining 97 yilligi hamda «ZAKOVAT» Intelektual kulubining 15 yilligi munosabati bilan «Milliy Universitet 1-ochiq kubogi» intelektual turniri tashkil etildi. Turnirda turli universitetlarda 18 ta jamoa qatnashdi. Turnir zakovat fistevali qoidalari asosida tashkil qilindi va yakinda «Poliglot» jamoasi g’alaba qozongani xabar qilindi. G’olib jamoaga 1-ochiq chempionatning kubogi topshirildi. Quyida «Nimadir.uz» ushbu turnirda o’ynalgan savol javoblarni taqdim qiladi. Siz ham o’z bilimingizni sinab ko’ring. Savollar Zakovat TV o’yinlari oliy liga ishtirokchisi Xondamir Rahmatov tomonida tayorlandi (tahrir) va o’qildi.

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti I ochiq kubogi savollar

  1. Sharqda X umumiy bo`lgan insonlarni ko`kaldosh deb atashgan. G`arb olimlari asosan o`z Y larini X sifatida tan oolishga odatlanishgan. Maksim Gorkiy esa o`zining Y sifatida o`z hayot yo`lida uchratgan insonlarni tan olgan. Agarda bu rasmiy savol bo`lganida edi, oramizdagi jamoalardan biri bo`sh qog`oz varaqasini topshirsa ham bo`lardi.

Savol: X toping.

Javob: “Al`ma-Mater”.

Izoh: Y – bu universitet. Alma-mater esa Milliy Universitetning norasmiy nomi hisoblanadi. Oramizda esa “Alma-mater” nomi bilan qatnashayotgan jamoa bor.

  1. Shu kuni AQSh va Buyuk Britaniya elchilari Jordj Kennan va Frenk Roberts Bolshoy Teatrga bayram konsertiga taklif qilinishgan edi. Elchilarni hayratga solgan narsa shu ediki bayram Popov tomonidan radio ixtiro qilinganligining 50 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan edi. Konsert boshlanishi bilan hafsalalari pir bo`lgan har ikkala elchi teatrni tark etar ekan “Biz rus xalqi o`z Markonisi bilan faxrlanishiga qarshi emasmiz. Ammo nishonlash uchun bundanda kattaroq sabab borligi aniq” deb aytadi.

Savol: Voqea aniq qaysi yili qaysi sanada sodir bo`lgan?

Javob: 7-may, 1945-yil.

Izoh: Turnirimiz ham aynan mana shu sanda bo`lib o`tmoqda.

  1. Yaqinda Virjiniya Universitetida talabalar orasidagi maishiy yolg`onlar o`rganib chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko`ra talalar asosan notanish insonlarga, do`stlariga, o`z onalariga va boshqa tanishlariga ko`p yolg`on gapirishar ekan. Qizig`I shundaki bur o`yxatda otalar pastki o`rinlarni egallashgan. Ammo bunga ota va talaba farzand orasidagi o`zaro ishonch hissi sabab bo`lmagan albatta.

Savol: Buning sababini toping.

Javob: Talabalarning otalari bilan kam muloqot qilishi.

  1. Uning ibtidoiy shakli XVI asrga kelib barham topadi. XVII asrdan esa yangisi, daxshatlirog’i boshlanadi. Ayniqsa, Fransiyada. U nafaqat erkaklar , balki ayollar orasida ham ommalashdi. Yekaterina II uni dastlab 15 yoshida ko’rgan. Germaniyada esa talabalar orasida keng tarqalib, yaqin- yaqingacha uni o’zlari uchun sharaf bilib kelganlar.

Savol: Gap nima haqida ketayotganini anglagan bo’lsangiz , biz uni 1979-yili qayerda ko’rishimiz mumkin bo’lganligini  2 ta so’z b-n ayting

Javob: Chinor ostida

Izoh: O’sha yili “Chinor ostidagi duel” filmi ekran yuzini ko’rgan. Yuqorida gap duel haqida ekanigi anglagan bo’lsangiz kerak.

  1. 1740-yili Eron shoxi Nodirshox Buxoro xonligini zabt etib , bu hududdagi “BUYRAK” ni o’zi bilan olib ketadi. Oradan biroz vaqt o’tib “BUYRAK” joyiga qaytarildi. Bunga sabab Nodirshoxning tush ko’rgani bo’ladi.

Savol: Siz menga buyrakni emas, o’sha “BUYRAK” oxirgi marta qachon qo’zg’atilganini ayting.

Javob: 1941-yil 21 iyunda

Izoh: gap A. Temur qabridagi nefrit  toshi haqida edi. “Nefrit” yunoncha so’zdan olingan bo’lib buyrak degan ma’noni anglatadi.

  1. Bill Klinton prezidentlik saylovidan oldin qariyb barcha AQSh shtatlarini o`z saylovoldi dasturi bilan aylanib chiqadi. So`ngra Klintonning ijtimoiy so`rov markazi o`z nomzodining aholi orasidagi mashxurligini tekshiradi. Dastlabki natijalar o`ta qoniqarsiz bo`lganligi tufayli, Klinton aksariyat shtatlarga qaytadan turne uyishtiradi. Faqat bundan oldin u o`z stilistlari maslahatiga ko`ra hayotida umuman qilmagan bir ishni qiladi. Natija kutilganidan ham a`lo bo`lib chiqadi. Oradan biroz vaqt o`tib Klinton saylovda g`alaba qozonadi.

Savol: Aniq qilib ayting, u aynan qanday ishni amalga oshirgan edi?

Javob: Okontovka. (Sochning ensa qismini tekislash)

  1. — BLITS.
  2. 2014-yilyakunlaribo`yichabo`libo`tganOskarmarosimidanamoyishetilganmanguxotiraroligidabuinsonniuchratishmumkin. Garchiuningo`zi 86 yoshidavafotetganbo`lsada, uningqarindoshlarianchayinuzoqumrko`rishgan.

Kutilmagan savol: Yuqorida ta`rifi keltirilgan inson onasi nechi yil umr ko`rganini toping.

  1. Ushbu unvon o`rta asrlarda Fransiyada paydo bo`lgan bo`lib, lotinchadan boshliq, bosh deya tarjima qilinadi.

Savol: Unvonni topgan bo`lsangiz mashxur personaj bu unvonga necha yoshida erishganini toping.

  1. Ro`yxatni yozib oling: 1000110. Yaqinda informatikaga bag`ishlangan portallardan birida har biri georgiy lentasiga o`rangan mana shu raqamlar ketma ketligi tasvirlangan kollaj e`lon qilindi.

Savol: Kollajda berkitilgan sonni toping.

Javoblar:      1. 97

  1. 15.
  2. 70

  1. VIDEO SAVOL. Savol Abdurasul Abdullayev tomonidan berilgan.

  1. 1815-yil restavratsiya davridagi Fransiya Milliy kengashi deputatlar palatasi juda achinarli bir ahvolda edi. Bu holni ko’rgan kimdir Taleran oldida “Nahotki kimdir bunday qalang’i qasang’ilar vatanni qutqarishiga ishonadi” deydi ayanchli ohangda. “Kim bilsin” dedi Taleran bir mashhur tarixiy xodisani misol keltirdi.

Savol: Qanday hodisa?

Javob: Rimning g`ozlar tomonidan qutqarilishi.

  1. Sovet ittifoqida 5,45 мм lik pisolet o’qining ixtirochisi familiyasi e’lon qilinganda ko’plar taajubga tushishadi. Ba’zilar umuman ishonishmaydi.

Savol: Buning sababi nimada edi?

Javob: U inson ayol kishi edi.

Izoh: A.D.Denisova.

  1. TARQATMA.

2015-05-09_013953

Uning uzunligi sal kam ikki ming kilometrga teng. U 1915-yildachopetilganqo`lingizdagikarikaturadatasvirlangan.

Savol: Uni ikkita so`z bilan yozib bering.

Javob: Shveytsariya chegarasi.

Izoh: Birinchi Jahon Urushida Shvetsariya neytral davlat hiisoblanganligi barchamizga ma`lum.

  1. Rus xalqida qadimdan saqlanib qolgan irimga ko’ra do’zaxda qozonlar tinmasdan qaynab turar ekan. Ammo yilda bir marotaba ularni o’chirishar ekan va bu kunda do’zoxda hech kim azob chekmas ekan.

Savol: bu kunda yerda aniq qanday hodisa yuz beradi?

Javob: Pravoslav Pasxasi nishonanadi.

  1. Qadimgi turkiy xalqlarda to`y va aza marosimlari 40 kunlab davom etgan. Biz bu ma`lumotni turi ertaklar va afsonalar orqali eshitganmiz. Balkim to`yning bu darajada uzoq cho`zilishi zamirida baxtni iloji boricha ko`proq nishonlash istagi, a`zaning 40 kun davom etishida esa olamdan o`tgan insonga bo`lgan hurmatni namoyon etishga bo`lgan urinish yotar. Ammo bundan ko`zloangan bir amaliy maqsad ham bo`lgan albatta.

Savol: Qadimgi turkey xalqlar yashash tarzidan kelib chiqib aytingchi nega to`y va aza marosimlari o`ta uzoq davom etgan?

Javob: Ko`xgmanchi hayot kechirishgan. Va olisdagi qarindoshlar ham ulgurib kelishga imkon yaratish.

  1. Buni qarangki Londond metrosi dastlab tashkil etilganda metro vagonlarida u yo’q bo’lgan ekan. Metropoliten ma’murlari uni yo’qligini ikki sabab bilan izohlashgan. Ammo keyinchalik metro yo’lovchilari uni yo’qligidan diskanfort bo’laverganliklari uchun ular metro vagonlarida paydo bo’ladi.

Savol: Metro vagonlarida nima paydo bo’lgan.

Javob:Oyna (deraza).

  1. Merlin Charchning kasbi rassom. Rasom bo’lgandaki o’ziga xos. U chizgan rasmlda Jaklin Kenedi, Vudi Alen, Jon Goti, Don King, P-diddy, Zakariyas Musavikabi odamlar tasvirlangan. Ularning aynan rasom tomonidan chizilishi o’ziga xos bir odat tufayli.

Savol:Rasom ularni qayerdaligida chizgan?

Javob:Sud zalida

  1. Duplet:

— Bir musiqa portal foydalanuvchisi hayotni unga o`xshatadi. Unda ham oldinga qadam bosish juda oson. Ammo ortga qadam tashlash un bir muncha harakat qilishga to`g`ri keladi.

Savol: Uni toping.

— Hajviy saytlardan birida ushbu adabiy personajning animatsiyon allegoriyasini uchratishimiz mumkin. Dastavval u ikki oyoqlab oldinga ikki qadam tashlasa, so`ngra to`rt oyoqlab ortga bir qadam tashlaydi. Biroz vaqt o`tgach u bir muddat ikki oyoqlab harakat qilgan bo`lsada, so`ng teskari prosess boshlanadi. Ikki oyoqlab oldinga bir qadam, to`rt oyoqlab ortga ikki qadam tashlay boshlaydi.

Savol: Ushbu adabiy personaj ism sharifini to`liq yozib berish.

Javoblar:      1. Musiqa pleyeri.

  1. Poligraf Poligrafovich Sharikov.

II TUR

  1. O`z vaqtida Yekaterina Medichi agar o`zi rejalashtirgan ishlaridan biri ko`ngildagidek yakunlansa Ierussalim ya`niQuddusga ruhoniyni piyoda yuborishga so`z beradi. Medichio`zko`zlaganmaqsadigaerishgach, ruhoniybosibo`tadiganyo`l 3 martauzoqlashishiuchunungaaynanshundayharakatqilishnibuyuradi.

Savol: Qanday?

Javob: Ikkiqadamoldinga, birqadamorqaga.

  1. Xasan haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari yolg`on gapiradi va qolgan kunlari esa faqat rostni. Xusan esa Payshanba, Juma va Shanba kunlari yolg`on ishllatib, qolgan kunlari rost gapiradi. Kunlardan bir kuni ular orasida shunday suhbat bo`lib o`tdi:

Xasan: — Kecha men yolg`on gapiradigan kunlarning biri edi

Xusan: — Kecha men ham yolg`on gapiradigan kun edi.

Savol: Ushbu suhbat haftaning qaysi kunida sodir bo`lganini toping.

Javob: Payshanba.

  1. Unibolaligida karnay deyishar edi. O`z vaqtida esa uni bongga yoki reaktiv minamyotga tenglashtirishgan. Hatto N.S.Xurushov ham bir ma’ruzasida men albatta U emas man deb ta’kidlagan. Aytishlaricha undan nega aynan shu ish bilan shug`ullanayotgani haqida so`rashganida, nima qilay qo`limdan boshqa ish kelmasa deya javob bergan ekan. Endi esa kutilmagan

Savol: Savolimiz qahramoni nega doimo kirill alifbosini qaytarib yurganini toping.

Javob: Duduqlikdan xalos bo`lish uchun.

Izoh: Gap Yuriy Levitan haqida ketmoqda.

  1. Kishinyovlik 23 yoshli amaldor XVIII asrdagi asosiy paradoksni – ya`ni ma`orif va qulchilik orasidagi bog`liqlikni quyidagicha izohlaydi: “Pyotr I maorifning so`zsiz natijasi hisoblangan xalq ozodligidan qo`rqqan emas. Chunki u o`z buyukligiga ishongan va Napaleondan ham ko`proq insoniyatdan nafratlangan”.

Savol: Ushbu amaldor ismi sharrifini to`liq qilib yozib bering.

Javob: Aleksandr Sergeyevich Pushkin.

  1. Bir hikoyadan: “ Undan hech kim qochib ketolmaydi: bir kunmas bir kun uning oldiga hamma keladi. O’zi kelmasa ham , galalashib keladi.” Ko’rinib turganidek, uni oldiga hammamiz boramiz.

Savol: Men sizdan uni so’ramayman, u tufayli kimlarning dardi bartaraf etiladi?

Javob: bukrilar

Izoh: Yuqoridagi parcha Nusrat Rahmatning “Go’rkov” hikoyasidan olingan edi. Xalqimizda  “Bukrini go’r tuzatadi” degan naql bor

  1. Blits.

Kayfiyatni ko`taruvchi blits:

1: Kunlardan bir kuni Pikassoga tanish shifokor uning kartinalaridagi odamlar sog`lig`I joyidamasga o`xshaydi deydi. Pikasso esa uning fikrini tasdiqlab ajoyib javob beradi. S: Uning javobini toping?

Javob: To`g`ri, lekin ular sizning mijozlaringizdan uzoqroq yashashi aniq!

  1. KVN jamoalaridan biri bahor oylarida shaharni yorqinroq qilish maqsadida bu ishni qilishni maslahat beradi. Bu ishning asosiy qahramoni o`z vaqtida Pikassoga shuhrat keltirgan edi. Savol: O`sh ishni toping.

Javob: Kabutarlarni bo`yoqlar bn boqish.

  1. KVN jamoalaridan biri chiqishlarga rang baranglik qo`shish maqsadida o`z hazillarini qulog`I og`ir yoshlar intellektual klubi hayriya fondiga bag`ishlashlarini aytadi. Ushbu klub nomi sizu-bizga tanish nomdan 2 marta uzun. Savol: O`sha nomni toping?

Javob: Nima? Nima? Qayerda? Qayerda? Qachon? Qachon?

  1. VIDEO SAVOL. Savol Umid Narimov tomonidan berildi.
  2. Sharq klassik adabiyotida ma’shuqa og’zini kichraytirib tasvirlash hodisasi kuchlidir. Xususan, og’izni pistaga, mim harfiga, nuqtaga o’xshatishadi. Fuzuli bunda pista va g’unchaga qiyoslasa hazrat Navoiy Laylini tasvirlar ekan yuqoridagilar bilan cheklanmay hatto nuqtadan ham kichik holda og’izni tasvirlashga qoyolmaqon tarzda erishadi.

Savol: Hazrat Navoiy Layli og’zini qanday tasvirlaydi?

Javob:og’zi yo’q edi deb.

  1. Birinchi Jaho Urushi yillarida nemis josusi Georg Brekov Angliyada Redjinald Roulnd nomiga berilgan AQSh pasporti bilan istiqomat qiladi. U tez-tez ingliz pochtasi orqali mahfiy xabarlar yuborib turgan. Albatta ingliz pochtasi hatto urush davrida ham benuqson faoliyat olib brogan. Brekov navbatdagi posilkani jo`natganidan biroz vaqt o`tib uni qo`lga olishadi.

Savol: Georg posilka jo`natishda qanday xatoga yo`l qo`ygan edi?

Javob: Adresni continental formatda yozgan. (davlat – shahar – ko`cha — uy).

  1. TARQATMA.

2015-05-09_014453

Qo`lingizdagi avstaraliya zooparki tomonidan e`lon qilingan ikkita reklama plakati. Savol: Masimal aniqlikda yozib bering, ushbu reklama plakatlari nima harid qilisjga undamoqda?

Javob: Fillar tomonidan chizilgan suratlar.

Izoh: Dali, Van Gog.

11.Ikkinchi Jahon urushi yillarida nemis razvedkasi o`ta kulguli xatoga yo`l qo`yadi. Cherchill va Ruzveltning Kasablankada uchrashishi haqidagi habarni olgach uchinchi reyx razvedkasi Cherchillni qo`lga olish bo`yicha ipidan ignasigacha o`ylangan ajoyib reja tuzishadi. Ammo Buyuk Britaniya premier ministri ular kutgan joyda paydo bo`lmaydi.

Savol: Razvedkachilar Cherchillni qayerda qo`lga olishni rejalashtirishgan?

Javob: “Oq uy”.

Izoh: Razvedkachilar “Kasablanka” so`zini ham tarjima qilishgan.

  1. G’.G’ulomning “Shum bola” asaridan parcha: “O’zim sog’-salomatman. Qo’lim ixtiyorimda. Oyog’im ra’im bn yuradi. Ko’zim ixtiyorimda. Xunuk narsalarga istamasam qaramayman. Og’zim, jag’im, tishim jodidek, istagan xashakni qirqib chiqarishga yaraydi. Ammo badanda bir sarkash a’zo bor, u mening ixtiyorimdan tashqari, o;zboshimcharoq. Unga mening hukmim o’tmaydi. Bilmaganlar bilsin u a’zo kamdan kam kishilarga vafo qilgan. U badan mulkining hokimligini ba’zan qo’limdan olib qo’yadi.”

Savol: Buyuk yozuvchi qaysi tana a`zosiga yuqoridagi ta`rifni bergan?

Javob:Qorin. (Oshqozon)

  1. 1848-1849 – yillarda butun Yevropa bo`ylab revolyutsiyalar avj oladi. Bu hodisa tarixda “Xalqlar bahori” nomini olgan. Faqatgina bir nechta davlatlardagini revolyutsiyalar sodir bo`lmagan. Bular Niderlandiya qirolligi, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Rossiya Imperiyasi va Usmonli Turklar davlati. Bu davlatlarni revolyutsiya chetlab o`tishiga obyektiv sabablar albatta mavjud. Masalan Usmonli Turklar davlati islom vas hariat qonun qoidalari bo`yicha boshqarilganligi bois aholi uchun davlat muqaddas tushuncha hisoblangan. Ammo Britaniyadagi holat boshqalaridan tubdan farq qiladi. 19 asr o`rtalarida inglizlarni revolyutsiyadan asrab qolgan sabab 20 asr boshlarida Birlashgan qirollik aholisini sotsialistik inqilobdan ham saqlab qolgan ekan. Bu holatni mutahasislar aynan mana shu sabab tufayli inglizlar o`z agressiyalaridan halos bo`lishganligi bilan izohlashadi.

Savol: O`sha siz va bizga juda yaxshi tanish sababni bir so`z bilan yozib bering.

Javob: Futbol.

  1. Duplet. Bulgakovning “Ityurak” qissasi bo`yicha.

— Ityurak qahramoni Filipp Filippovich Preobrajenskiy Poligraf Poligrafovich Sharokovni turli insonlar ta`siridan himoya qilishga urinadi. Va xizmatkori Zinaga shu ishni qilishni buyuradi.

— Preobrajenskiy o`z shogirdi bilan bo`lgan suhbatlardan birida SSSR hukumati siyosatini tanqid qiladi. Uning fikricha bir vaqtning o`zida 2 ta kemada suzib bo`lmaydi. Preobrajenskiy nazarda tutga 2 ta qayiqning biri bu ispan revolyutsionerlariga ko`rsatilayotgan yordam bo`lsa, aynan Moskvaga aloqador bo`lgan ikkinchi qurilishi toping.

Javoblar: 1: Kitobni yoqishni, 2: Tramvay yo`li qurilishi.

  1. Internet tarmog`ida e`lon qilingan karikaturada qirol darbadar asrtistlarga Uni sovg`a qilayotgani va shu orqali ularni o`troq hayot kechirishga chaqirayotgani tasvirlangan.

Savol: Qirol nima sovg`a qilganligini bitta so`z bilan yozib bering.

Javob: Parda.

Izoh: Ko`chma teatrlarda parda bo`lmaydi. Biz ham shu savol bilan turnirimizga mantiqiy yakun yasaymiz.

Qo`shimcha savollar

“Sharqshunos” va “Poliglot” jamoalari uchun qo`shimcha savollar o`qildi.

  1. Bu dunyoga mashxur olim o`z o`limidan keyin ko`zlarini London Qirollik Jamiyatiga vasiyat qiladi. Bundan ko`zlangan maqsad Tomas Yung bilan bo`lgan bahsga nqta qo`yish edi. Ushbu olim vasiyati bajariladi ham. Ammo bahs Yung foydasiga hal bo`ladi.

Savol: Gap qaysi olim haqida ketmoqda?

Javob: Dalton.

Izoh: Bu savolga har ikkala jamoa to`g`ri javob berdi.

  1. O`z vaqtida Venetsiyada “Leone” nomli tangalar zarb qilingan. Tanganing revers tomonida siz sezganinggizdek sher tasvirlangan edi.

Savol: Avers tomonidachi?

Javob: Muqaddas Mark.

Izoh: Bu savolga “Poliglot” jamoasi to`g`ri javob berdi va Kubok sohibiga aylandi.

Добавить комментарий