SVOYA IGRA SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: Svoya igra” o’yini ancha qiziqarli va mashhur intellektual o’yinlardan sanaladi. Uning televizion varianti NTV telekanali orqali efirga uzatilishini ko’pchilik yaxshi bilsa kerak. “Zakovat” Intellektual klubida ham mashg’ulot vaqtlarida bu o’yin bir necha yillardan buyon o’tkazib kelinadi. Shu sababli ham bundan buyon biz saytimizga aynan mana shu o’yinga taaluqli savollarni ham berib borishga qaror qildik. Siz bemalol bu savollardan foydalanib do’stlaringiz bilan o’yinlar o’tkazishingiz mumkin. Avvalambor sizlarni o’yin qoidasi bilan tanishtirib o’tsak.

O’yin qoidasi:

—          O’yinda bir mavzu doirasiga tegishli savollar to’plami beriladi. Mavzu nomi ishtirokchilarga oldindan e’lon qilinadi. Har bir mavzuda 5 tadan savol bo’ladi va savollar ma’lum miqdorda ochko bilan belgilanadi. (10, 20, 30, 40, 50) Ochko miqdori qanchalik katta bo’lsa savollar saviyasi ham shunchalik qiyinlashib boraveradi.

—          O’yinda asosan 5 kishi ishtirok etadi (Bu qat’iy son emas. U sharoitga qarab kam yoki ko’p bo’lishi ham mumkin) Savol o’qilgandan so’ng, kim birinchi bo’lib javob bersa o’sha insonga ochko yoziladi. Kim birinchiligini aniqlash uchun ko’p usullardan foydalaniladi. (Maxsus elektron qurilma yordamida, qarsak chalish orqali, qo’l ko’tarish va h.k.)

—          Agarda savolga ishtirokchi to’g’ri javob bersa unda savolga belgilangan ochkoni oladi. Agarda uning javobi noto’g’ri bo’lsa, unda minus ochkosi yoziladi, ya’ni jamg’argan ochkolaridan qirqib olinadi.

—          Birinchi ishtirokchining javobi noto’g’ri bo’lsa, unda keyingi ishtirokchilar o’z javob variantlarini aytib ko’rishi mumkin. (Javob variantini aytish majburiy emas) Bitta savolga maksimum 3 kishi javob berishi mumkin. Keyingi javoblar qabul qilinmaydi.

—          Savolga to’g’ri javob topgan ishtirokchi keyingi savolning mavzusini va raqamini tanlaydi. Masalan, “Shaharlar mavzusining 40 ochkolik savolini o’qing” deya boshlovchidan so’raydi.

—          Mavzudagi savollar orasida ba’zilari “Mushuk” (Kot v mishke) va auktsion savollari etib belgilangan bo’lishi ham mumkin. Buning ma’nosi quyidagicha:

Mushuk – Agar mushuk deya belgilangan savol tushib qolsa, unda savolni tanlagan ishtirokchi raqiblaridan istalgan birini tanlaydi va o’sha savolga faqat ushbu ishtirokchi javob bera oladi. Bu safar uning javob berishi majburiy hisoblanadi. Agar noto’g’ri javob bersa ochkolar qirqib olinadi. Mushuk savoli tanlanganda, mavzu o’zgaradi va boshqa mavzu bo’yicha savol o’qiladi.

Auktsion – Bunday savollar tanlanganda, ishtirokchilar o’zlari jamg’argan ochkolarini savol uchun tikadilar. Kim ko’proq ochko aytsa savol o’sha ishtirokchiga beriladi va savolga javob berish imkoniyati faqat ushbu ishtirokchida bo’ladi. Bunda ham javob berish majburiy hisoblanadi, agar javob varianti bo’lmasa yoki noto’g’ri javob berilsa unda ochko qirqib olinadi. Auktsionda quyidagi ikki atama ham ishlatiladi:

Nominal —  Bu savolni tanlagan o’yinchi savol uchun tikishi mumkin bo’lgan eng kam miqdordagi ochko hisoblanadi. Bunda savol necha ochkolik bo’lsa, shu nominalda o’ynaladi. Masalan, “Sport” mavzusining 30 ochkolik savoli auktsion bo’lsa, unda o’sha savolni tanlagan ishtirokchi 30 ochkodan kam ochko tikishi mumkin emas.

Vabank – Bu savolga tikilishi mumkin bo’lgan eng ko’p miqdordagi ochko. Bunda o’sha ishtirokchi o’zining jamg’argan barcha ochkosini tikkanligini bildiradi. Agar topsa ochkosi 2 baravar ko’payadi, topolmasa ochkosi 0 ga tushib qoladi. Agarda auktsion vaqtida qaysidir o’yinchi Vabank deya ochkosini tiksa, qolgan ishtirokchilar   ham faqatgina Vabank tika oladilar. Aytaylik, A.ning ochkosi 50 bo’lsa va u Vabank tiksa, unda ochkosi 100 bo’lgan B. ham faqatgina vabank deya oladi, 70 yoki 80 ochko tikishi mumkin emas.

—          O’yin davomida eng ko’p ochko jamg’argan ishtirokchi g’olib sanaladi.

—          Bu o’yinda bir necha o’n kishi ham ishtirok etishi mumkin. Bunda barcha ishtirokchilar guruhlarga bo’linadi va har bir guruhga ma’lum miqdorda mavzular o’ynaladi. (3-4 tadan) Guruhda birinchi o’rinni olganlar Finalga chiqadi (Bu qoidani ham sharoitga qarab o’zgartirish mumkin.)

Intellektual salohiyatni oshirishda katta foydasi tegadigan “Svoya igra” o’yinining qisqacha qoidalari shulardan iborat. Marhamat, endi savollar bilan tanishing.

SAVOLLAR

  1. Tinchlik
  2. O’zbekiston madhiyasida tinchlik so‘zi aynan shuncha marotaba ishlatilgan?

-Bir marotaba

  1. Bu qush 1950 yil dunyo yuzini ko‘rdi?

-Tinchlik kabutari

  1. To‘liq matnda zodagon frantsuz, uni yana progress, quvonch, adolat, zavq, bunyodkor ekanligini ham ta’kidlab o‘tgan edi. Mashhur ta’rifdan faqatgina uning tinchlik ekanligi haqidagisi barchamizning esimizda qolgan.

— Sportga

  1. BMTning bosh qarorgohi yonida tinchlik ramzi sifatida aynan shu shakldagi revolver haykali mavjud?

-Tugilgan revolver

  1. Lotincha shriftda «Tinchlik » so‘zini mobil telefonning sms funktsiya orqali standart holatda yozish uchun qaysi raqamlardan foydalaniladi?
    -84625

 

  1. Tarjima
  2. Qaysi mashhur tulporning nomi o‘zbekchada “buqa boshli” degan ma’no beradi?

-Butsefal

  1. Lotinchaga joy va harakat so‘zlarini tarjima qiling?

-Lokomotiv

  1. Disklar chavandozi so‘zlarini inglizchaga o‘giring va qisqartirib ayting?

-DJ

  1. Ispan tiliga qayiq so‘zini tarjima qiling?

-Kanoe

  1. Qadimgi yahudiy tiliga “xudoni e’zozlamoq” so‘zlarini tarjima qiling?

-Alliluyya

 

3 . -ID-

(bunda –ID- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)

 

  1. Odamlarning ommaviy tarzdagi kasallanishi fanda shunday ataladi?

-Ep idemiya

  1. Idalgo shtati aynan shu mamlakatda joylashgan?

-Meksika

  1. Bu Gollivud aktrisasi 1967 yili Avstraliyada tug’ilgan. 2003 yili “Soatlar” filmidagi bosh roli uchun “Oskar” mukofotini qo’lga kiritgan.

— Nikol K idman

4 0. Ilf va Petrovning statistikasiga ko‘ra , 1928 yili aynan u insonning 30 ta o‘g‘li va 4 ta qizi bo‘lgan ekan.

-Leytenant Shm idt

5 0. Meksikalik ushbu rassom ayol o‘zining syurrealistik suratlari bilan mashhur bo‘lgan?

-Fr ida Kalo

 

4 . Sport

  1. U yerdagi kroket o‘yinida to‘p vazifasini tipratikanlar, klyushka vazifasini flamingo qushlari bajarar edi?

— Mo‘jizalar mamlakatida (“Alisa mo’jizalar mamlakatida”)

  1. Aynan shu yunon qahramoni 1995 yili chempionlar ligasida tengsiz deb topildi?

-Ayaks

  1. Ularning orasida bir qancha hayvonlar, qushlar, odamlar, 2 ta yunon ma’budi va bitta arvoh ham bor?

-Olimpiada talismanlari.

  1. Qaysi sport turi haqida ilk marta kitob bosib chiqarilgan?

— Shaxmat

  1. Ma’lumotlarga qaraganda bu sport turi haqida eng ko’p badiiy filmlar olingan ekan.

— Boks

5 . Qonun

 

  1. AQSh qonunlariga ko’ra hattoki qopqon orqali sichqon tutish uchun ham sizda o’sha narsa bo’lishi zarur ekan.

— Ovchilik guvohnamasi

  1. Ingliz qiroli Eduard birinchi tomonidan qabul qilingan Vinchester statuti bo‘yicha shaharlararo yo‘llarning ikki chetida 200 fut masofagacha bo‘lgan barcha daraxtlar kesib tashlanishi lozim edi. Nima uchun?

-Qaroqchilikni oldini olish uchun.

  1. AQSh VVS kapitani Edvard o‘zining birinchi qoidasini 1949 yili aytgan. Hozirda uning familiyasi anchagina mashhur. Familiyasini toping?

-Merfi

40. O’zbekiston qonunchiligiga ko‘ra uning oddiy, noto‘g‘ri, qiyosiy va yashirin turlari belgilangan?
-Reklama
50. Italiya qonunchiligi bo‘yicha agar bu ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz avval imtihon topshirib litsenziya olshingiz va shundan so‘ng dushanbadan jumagacha ushbu ishni amalga oshirishingiz mumkin.
-Qo‘ziqorin terish

 

  1. Argentina

 

  1. Argentinava Britaniya o‘rtasidagi mojaroli orol?

-Folklend

  1. Diego Maradonna futbolchi sifatida nechta jaxon chempionatida ishtirok etgan?

— 4 ta

  1. Aleksandr Romanovichga ishonadigan bo‘lsak, bir paytlar Buenos-Ayres qirg‘oqlarida suzib yuruvchi bu mahluq odamlarni ancha cho‘chitgan?

-Ixtiandr

  1. Madonna ishtirokidagi “Evita” filmida aynan shu argentinalik diktator hayoti tasvirlangan?

-Xuan Peron

  1. Argentinadagi eng baland cho‘qqi?

-Akonkagua

 

  1. —D E

(bunda –DE- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)

  1. Yunon afsonasiga ko‘ra Kolxida shohining sehrgar qizi?

-Me deya

  1. Bunday «suzuvchi pristanlar» asosan ichki daryo suvlarida harakat qiladi.

Debarka der

  1. Akiro Kurasava suratga olgan qaysi film “ Oskar ” mukofotini olgan?

Dersu Uzala

  1. Italiyada sport musobaqalarida g‘olib chiqqanlar ko‘kraklariga taqiladigan nishon aynan shunday ataladi?

— Sku detto

  1. 1888 yili JARda olmos qazib olishga ixtisoslashgan shu kompaniyaga asos solindi?

DE BIRS

 

8 . Teatr

  1. Aynan u yerga sayohat aktyor Muhammadsoli Yusupovni yanada elga tanitdi.

                                                                   — Toshkentga

  1. Ford teatrida ularning o‘n oltinchisi o‘ldirildi?

-AQSh Prezidentlarining

  1. Kovent Gardenda ikki marotaba 1808 va 1856 yillari, Parijdagi Odeon teatrida 1799, 1806 va 1819 yillari, Moskva Katta teatrida turli yillarda 3 marotaba bo’lgan. Xo’sh nima bo’lgan?

                                                                 — yong’in bo’lgan

  1. Ushbu aktyor 1883 yili arman oilalaridan birida dunyoga kelgan. 1921 yili studentlar drama teatr gruppasini tuzgan. Familiyasini toping.

— Vaxtangov

  1. 18 asrda paydo bo‘lgan odatga ko‘ra Angliya teatrlaridagi birinchi qatorga aynan ular o‘tirishgan?

                                                                 -Tanqidchilar

9 . Avtomobil

  1. Sug‘urta agenti bo‘lgan bu inson faqat shunday avtomobillarni o‘g‘irlar edi?

-Volga

  1. “Lamborjini” firmasining emblemasida qaysi hayvon tasvirlangan?

— Buqa

  1. 1919 yilgi Versal shartnomasiga muvofiq Bavariyadagi aynan shu motor zavodi faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan?

                                                                                      -BMW

  1. Bu inson kauchukni vulkanizatsiya qilish usullarini ochgani bilan bir qatorda mashhur kompaniyaga ham asos solgani bilan tarixda qolgan?

— Goodyear

  1. Ushbu nemis injeneri dastlab Karl Bents va G.Daymler bilan birgalikda ishlagan va keyinchalik o‘z firmasida asos soladi, hozirda uning nomi bilan ataluvchi mashinalar dunyodagi eng qimmat markalardan biri?

-Maybax

1 0 . Kasblar

 

  1. Bulgakov komediyasida u kasb egasining malakasizligi tufayli qaynab turgan qozonga tashlanganligi aytib o‘tiladi?

-Tarjimon

  1. Ushbu temirchining haykaliFlorentsiyada joylashgan?

-Dovud

  1. Yumorist hazilidan: “Muhabbatning ko‘zi ko‘r, lekin nikoh eng zo‘r…”, jumlani to‘ldiring.

— Okulist

  1. Ilya Zimin Rossiyaning NTV kanalidagi aynan shu ko‘rsatuv muallifi?

-“Professiya reportyor”

  1. Ko‘chmas mulklar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi ushbu agentlarning nomini o‘zbekchadagi ma’nosi “mulk” degan ma’noni beradi?

-Rieltor

1 1 . -MO-

(bunda –MO- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)

 

  1. Qaysi tog‘ cho‘qqisini italyanlar Monte Bianko deb atashadi?

Mo nblan

  1. Ushbu fantastik asar qahramonlari professor Aronask, xizmatkori Konsel, garpunchi Ned Lend, endi siz ushbu asarning bosh qahramoni ismini ayting?

— Ne mo

  1. Ushbu musiqiy guruh 1983 yili tuzilgan, “You’re my heart, you’re my soul” nomli qo‘shig‘i superxit bo‘lgan?

Mo dern Toking

  1. Aynan shu orolga portugaliyalik dengizchilar For moza deb nom berishgan?

— Tayvan

  1. Aynan shu italiyalik shoir 1959 yili Nobel mukofoti olgan?

-Kvazi moda

1 2 . -RON-

 (bunda –RON- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)

 

  1. Qatiq va suvning aralashmasi?

-Ay ron

  1. Faktlar va voqealarni davriy ketma-ketlikda bayon etuvchi janr?

-X ronika

  1. Chexiya, Slovakiya, Shveytsiyada yevrodan oldingi pul birligi aynan shunday atalardi.

— K rona

  1. Pushkin personaji Mariya Mi ronovaning otasining unvoni qanday bo‘lgan?

-Kapitan

  1. Remarkning ushbu asari dastlab Berlinning “Fozzishe tsaytung” gazetasida e’lon qilingan?

— «G’arbiy f rontda o‘zgarish yo‘q»

 

1 3 . Usta va margarita

  1. Entsiklopediyalarda unga murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik deb ta’rif berilgan bo‘lib, uni o‘stirish bo‘yicha ustalar asosan Kichik Osiyoda deb aytib o‘tilgan.

-Margaritka

  1. M .Bulgakov 1921-24 y.y.larda aynan shu ko‘chada yashaydi?

-Katta Sadovaya

  1. Asar qahramonlaridan biri aynan shu mashhur mutafakkirni Oq dengizdagi Solovki oroliga surgun qilish kerakligini aytgan.

-I.Kant

  1. Asar oxirida Armavir shahrida bir ziyoli yo‘lda uchrab qolgan katta mushukni ushlab va bog‘lab militsiya topshirgani eslatiladi. Aytingchi u mushukni nima bilan bog‘lagan edi?

-Galstuk

  1. ”Usta va margarita” romani birinchi chop etilganda aynan shu nomga ega edi?

— Qora afsungar

1 4 . Vetnam

  1. Vetnam davlat bayrog‘ida u bitta?

-Yulduz

  1. G.Kissendjer Tinchlik nominatsiyasi bo‘yicha Nobel mukofoti olishiga shu voqea katta turtki bo‘lgan ekan.

-Vetnamdagi urushning tugatilishi

  1. 1976 yilgacha Xoshimin shahri shu nom bilan yuritilgan.

-Saygon

  1. Vetnam tili aynan shu tillar oilasiga mansub.

-Avstrosiyo oilasi

  1. 60 yillarda Vetnam raxbariyatining buyurtmasiga binoan Riga avtomobil zavodi aynan shu markali mashinalardan birini Vetnamga yubordi?

-Chayka

1 5 . Raqamli

  1. Disney multfilmidagi dalmatinlar soni shuncha edi?

-101

  1. “Titanik” filmining litsenzion kassetasi pastki burchagidagi doira ichidagi 12 raqami aynan shu ma’noni anglatadi?

-Tomoshabinning minimal yoshini

  1. 583 probali oltinning aynan shuncha foizini sof oltin tashkil etadi?

-58.3%

  1. Xozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti ilk bor Turkiston Universiteti nomi bilan ish boshlagan. Xo’sh, u qaysi yilda ochilgan edi.

— 1918

  1. G-8 haqida eshitgansiz, bundan tashqari dunyo mamlakatlari orasida D-8 ham bor ekan, bu qanday sakkiztalik?

— Rivojlangan sakkizlik

 

16 .   -KVA-

(bunda –KVA- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)

 

  1. Dengizchilar neptun bayramini aynan shu hollarda nishonlashadi?

-E kvatorni kesib o‘tganda

  1. Ma’lum bir chegara bilan ajratilgan suv hududi?

-A kvatoriya

  1. Qilichbozlik sport turida ko‘rsatilgan qora kartochka aynan shu ma’noni beradi?

-Dis kvalifikatsiya

  1. Bu armiya Xitoyning Guandun yarim orolida tashkil topgan.

Kvantun armiyasi

  1. 1915 yili uning qora va qizili yaratildi. Biroq nimagadir qorasi ko‘proq obro‘ topdi. Uni toping.

— Qora kvadrat (Maleyevich asari)

 

17 . Bosh kiyim

  1. Mavzumizga mos keluvchi mashhur qasamxo‘r zodagon?

— Baron Myunxauzen

  1. Bu davlatning hududi 77 ming kv.km?

— Panama

  1. BMTning tinchlikparvar kuchlarining mavzuga mos nomi?

— Moviy kaskalar

  1. O’zlarining oppoq ro‘dapo kiyimlari va konussimon qalpoqlari bilan 19 asr oxirlarida ular amerika xalqini dahshatga solishgan.

-Ku-kluks-klan

  1. 19 asr o‘rtalarida Parijlik Gibus ismli shaxs aynan shunday shlyapalarni ixtiro qildi?

— Shapoklyak

 

  1. Sayohat va sarguzashtlar
  1. Uning sayoxatiga tulki nuqta qo‘yadi?

-Bo‘g‘irsoq

  1. Kinoga ishonadigan bo‘lsak bu millat vakillarining Rossiyaga sayohati g‘arazli maqsadni ko‘zlagan edi?

-Italyanlar

  1. Marko Poloni ko’pchilik Xitoyga borganiga ishonmaydi. Bunga asos qilib esa, uning qo’lyozmalarida bir narsa haqida umuman ma’lumot keltirilmaganini aytishadi. U nima haqida yozmagan edi?

— Buyuk Xitoy devori

  1. 1828 yili Pushkin rus qo‘shinlari bilan birga Turkiyaning bir shahriga boradi. Qaysi shaharga?

-Arzurum

  1. Jyul Vernning yozishicha u yerga sayohat so‘ngan vulqon krateridan boshlangan?

-Yer markaziga

19 . -GO-

(bunda –GO- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)

 

  1. Yevreylar ibodatxonasi?

-Sina goga

  1. Ushbu yozuv 1923 yili bunyod etilgan?

Go llivud

  1. Ispaniyaning Aragon avtonom viloyati ma’muriy markazi?

-Sara gosa

  1. Bu asar shoir va shifokor bo‘lgan asosiy personaj Yuriyning she’rlari bilan yakunlanadi?

-Doktor Jiva go

  1. Barkarola-mayin va sekin templi italyancha qo‘shiq turi bo‘lib, uni asosan ular ijro etishadi kimlar?

Go ndolerlar

 

20 . Aleksandr

 

  1. B.Yoqubov jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ygan toshni ayting?

-Aleksandrit

  1. Bu aktyorni brigadir Aleksandr obrazi elga tanitdi?

-S.Bezrukov

  1. Petr birinchi o‘zining bu yaqin safdoshini Aleksashka deb chaqirar edi?

-A.D.Menshikov

  1. Ularning orasida Aleksandrismlilari8 ta bo‘lgan?

-Rim papalari

  1. Diplomatiyaning “Elchiga o‘lim yo‘q” printsipi 19-asrda Eronda shu insonbilanbog‘liq holda buziladi.

-A.S.Griboedov

2 1 . Vena

 

  1. Gertsog Leopold VII 13 asrda Venaga aynan shunday status berdi?

-Shahar

  1. Vena shahrida bunday trassalar hozirda ikkita: Ringshtrasse va Gyurtel?

-Xalqa yo‘llar

  1. Yefron va Brogauz lug‘atida keltirilishicha, 19 asrda Vena aholisining 83% aynan shunday toifa shaxslardan iborat ekan.

-Savodxon

  1. 1370, 1562, 1679, 1718 yillari bu shahar aynan shunday falokatga yo‘liqdi?

— Chuma tarqagan

  1. Ushbu qasr sobiq Avstriya imperatorlarining qarorgohi bo‘lgan bo‘lib, hozirda muzeyga aylantirilgan va 1996 yili Yunesko qaramog‘iga olingan.

-Shenbrunn

2 2 . Metall va qotishmalar

 

  1. O’rta asrlarda uning eng sifatlilari Damashqda bo‘lgan?

-Po‘lat

  1. Londonda nimagadir unga temirdanmas balki bronzadan haykal qo‘yilgan? Kimga?

-M.Tetcher

  1. A .S.Pushkinning qaysi she’rida Neva daryosi toshqini haqida aytib o‘tilgan?

— “Mis chavandoz”

  1. Cho‘yan va po‘latni qayta ishlovchi pechlarni aynan shu frantsuz metallurgi dastlab yo‘lga qo‘ygan?

-Per Marten

  1. Cherchilning aytishicha uning chegaralari Baltikaning Shtettinidan Adriatikaning Triestigacha borar emish?

— «Temir parda»

2 3 . -IN-

(bunda –IN- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)

 

  1. Gamletning koshonasi?

-Els inor

  1. Davlat rahbari sifatida saylangan shaxsning tantanali qasamyod qilish marosimi aynan shunday nomlanadi.

Inauguratsiya

3 0. Osiyo Futbol Federatsiyasining rahmari aynan shu Qatarlik janob hisoblanadi.

— B in Xammam

4 0. Ma’muriy markazi Sent-Pol shahri bo’lgan AQShdagi shtat qaysi?

— M innesota

  1. Ushbu mashhur golland huquqshunosi va faylasufining laqabi Barux edi?

-Sp inoza

2 4 . Yevro pa Ittifoqi

  1. Dollarda tsent, yevrodachi?

— Sent

  1. Y I Kengashiga hozirda shu davlat rahbarlik qilmoqda?

-Frantsiya

  1. Y I ning jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi tashkiloti aynan shunday ataladi?

-Yevrobarometr

  1. Y I xaritasiga qaraydigan bo‘lsak 3 ta asosiy programmalar bo‘yicha zonalar amal qilarkan. Bular umumiy YIga a’zo mamlakatlar zonasi, qolgan ikkitasini sizlar ayting?

-Shengen va yevrozona

  1. Bu inson 1956 yil Portugaliyada tug‘ilgan, hozirda Yevrokomissiya raisi hisoblanadi?

-J.M.Barrozu

 

25 . Shaxmat

 

  1. Shaxmat taxtasida aynan shuncha oq kataklar bor?

— 32 ta

  1. 1996 yil katta shov-shuvga sabab bo‘lgan match o‘kazildi. Bir tomonda Garri Kasparov, ikkinchi tomonda esa u dona surdi?

-Kompyuter

  1. Gollandiyaning ushbu shaharchasida 40 yildan buyon yirik xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi?

-Veyk an Zee

  1. Kunlardan bir kuni Moskva ko‘chalaridan birida G.Kasparov oldiga shaxmat ko‘targan muxlis yaqinlashib keladi va doska bilan boshiga tushirib, “Men sizni shaxmatchi sifatida xurmat qilardim, lekin u sifatida emas”,- deydi. Kim sifatida?

-Politik

  1. Ushbu shaxmatchining xotini bilan ijro etgan dueti “20 asrning buyuk pianistlari” albomiga kiritilgan?

-M.Ye.Taymanov

  1. Ikki marotaba takrorla

 

  1. Maqtanmoqning yana bir sinonimi?

-Ko‘z-ko‘z qilmoq

  1. Z.Boyxonovaning ushbu qo‘shig‘i muxlislar mehrini qozondi?

— “Xay-xay”

  1. Frantsuzchasiga “boshni boshga qo‘yib so‘zlashish” aynan shunday bo‘ladi?

— Tet-a-tet

  1. “Uch kishi qayiqda”, “Uch kishi velosipedda” kabi povestlari bilan mashhur ingliz yozuvchisi?

-Djerom Djerom

  1. G.Daneliya ushbu filmining asosiy qismini Turkmanistondagi cho‘lda suratga olgan?

— Kin-dza-dza

27 . Bayramlar

 

  1. Yumoristlar shu kunni “butun dunyo paxmel kuni” deb e’lon qilishni lozim deb topishdi?

— 1 yanvar

  1. O’zR. aynan shu kodeksida 9 ta bayram dam olish kuni sifatida belgilangan?

— Mehnat kodeksida

  1. “Komsomolki” jurnalining bayram sonlaridan birida Chukotkada muzlagan mamont bolasi topilgani haqida xabar beriladi. Qaysi bayram sonidagi?

— 1 aprel

  1. Qadimgi Rimning Tern shahridan bo‘lgan bu mahbusning xat yozishmalari bayramning asosiy ritualini belgilab bergan?

— Valentin

  1. 2 fevral kuni AQShva Kanadada ushbu bayram nishonlanadi?

— Sug‘ur kuni

 

28 . Muzlatkich

 

  1. O’tgan asrning yigirmanchi yillarida Kanadalik ishbilarmonlar AQShdagi muzlatkich ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga qarshi o‘ziga xos kurash boshlashdi, nima uchun?

— Ular muz sotishgan.

  1. Dastlabki muzlatkichlar “Jeneral elektrik” firmasi tomonidan 20 asr boshida chiqarila boshlagan. Ularning ikkita noqulay tarafi bo‘lgan, birinchidan o‘zidan yomon hid chiqargan, ikkinchisini toping?

— Shovqin

  1. Ushbu shartnoma imzolangach kritiklar tomonidan “AQSh xukumati shuncha katta xolodilnikni nima qiladi?”, “Pr.E.Jonson oq ayiqlar uchun park qurmoqchimi?”, degan tanqidlar gazetalarga tinmay yozilgan?

-Alyaskani sotib olish.

  1. Sobiq SSSRda dastlabki muzlatkichlar aynan shu shahardagi traktor zavodida ishlab chiqarila boshlagan?

-Xarkov

  1. 1990 yillar o‘rtalarida AQShda chiqqan ovozli xolodilnik mashinaning temperaturasini, elektroenergiya manbaidagi uzilishlarni, kondensatorni tozalash kerakligi kabi ma’lumotlardan tashqari aynan shuni ham eslatib turardi?

-Xolodilnik eshigi to‘liq berkitilmaganligini

 

29 . Mashhurlar

  1. 1789 yil Nyu Jersi shtatida tug‘ilgan bu inson aytishlaricha Chingachkukning barcha harakatlarini oldindan bilib turgan ekan. Kim u?

-F enimor Kuper

  1. 1951 u daydiga, 1955 yili janobga, 1970 yili masxarabozga aylanadi.Uni toping?

-Raj Kapur

  1. Qo‘rqinchli asarlari bilan mashhur Edgar Alan Po “Onamga” deb nomlangan she’rini aynan shu insonga bag‘ishlagan?

— Qaynonasiga

  1. 1876 yili ushbu shved mexanigi Stokgolmda telegraf jihozlarini tuzatish ustaxonasiga asos soldi.Familiyasini toping.

— Eriksson

  1. Belgiyalik bu qurolsoz aka-ukalar 1880 yildan boshlab o‘zlarining mashhur mahsulotlarini ishlab chiqara boshlashdi.

— Nagan

 

3 0. Haqiqat shu yaqin atrofda

 

  1. Yunon dahosining fikriga ko‘ra haqiqatning onasi u emish?

-Bahs

  1. Gamletning otasining ismi aynan shunday bo‘lgan?

-Gamlet

  1. FBRning ikki agenti haqidagi ushbu mashhur serialda mavzumiz tez-tez takrorlanib turadi?

-X-files

  1. (Mushuk. Mavzu — It zoti) 19 asrda Germaniyaning ushbu kichik shaharchasida katta chorva mollari bozori bo‘lgan va ushbu bozorni qo‘riqlash uchun juda ko‘p mahalliy itlardan foydalanishgan. Yaxshilab o‘ylab ko‘rib, bu shaharchani nomini ayting?

-Rotveyl

  1. Auktsion. V.Voroshilovning tvdagi ilk ko‘rsatuvi aynan shunday nomlanadi?

-Auktsion

 

  1. Aka-Ukalar

 

10 . Aynan shu aka-ukalar haqida F.Dostoevskiy asar yozgan?

-Karamazovlar

  1. Kattasi Yakob, kichigin asin iki Vilgelm edi?

-Grimmlar

30 . Kichigi Adolf Adidasga , akasi Rudolf esa aynan shu firmaga asos soladi?

-Puma

  1. 1 925 yili aka-uka Uornerlar aynan shu kompaniyaga asos solishdi?

-Uorner brozers

50 . 1992 yilgi Yevropa chempionatida Daniya tarkibida aynan shu aka-ukalar yetakchi o‘yinchi bo‘lishdi?

-Laudruplar

  1. Sportc h ilar

 

  1. Qozog‘istonlik ushbu mashhur sportchining daromadi har mavsum da 2 mln. Y evro deb baholanyapti?

-A.Vinokurov (velosport)

20 . AUKSION: 2007 yili bir musobaqa oldidan aynan shu sportchiga reytingda uzoq muddat birinchi o‘rinda turi b , rekord o‘rnatgani uchun 1 raqami shaklidagi tort taqt d im etildi?

-Roje Federer

  1. «Avstraliyalik torpedo» laqabli sportchi?

-Yan Torp

  1. W AVA tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra aynan shu sportchilar dopingning yangi turlariga juda o‘ch bo‘lisharkan?

-Velosiped chilar

33 . I kki marotaba takrorla -2

10 . Germaniya janubidagi kurort sha h ar?

-Baden-baden

  1. Singal tilida kuchsizlik , q uvvatsizlik so‘zini ikki marotaba takrorlang?

-Beri-beri

30 . Qizil suv o‘tlarining hujayra devorlarida bo‘l u vchi ushbu yarimsaxarid q andolat s a noatida keng foydalaniladi?

— A gar-agar

4 0. Mushuk. (Simvol) . 1603 yili Sv.Georgiy va Andrey Pervozvann i ybelgilari birlashtirilishi natijasida u paydo bo‘ldi?

-Yunion Djek

  1. 1978 yili aynan shu ingliz pop guruhi tuzildi?

-Dyuran-dyuran

3 4. Pe nsn e dan pins e tgac h a

  1. Mavzumiz bag‘ishlangan rus yozuvchisi?

-A.P.Chexov

  1. Chexov yoshligida aynan shu taxallus bilan ijod qilgan?

-Ayatosha Chexonte

30 . Chexov shu shaharda tug‘ilgan?

-Taganrog

  1. “ Tilofdagi inson» asarining qahramonlaridan biri qaysi so‘zni takrorlashni yoqtirgan?

-Antropos

50 . Riga avtomobil zavodi 70-yillari aynan shunday avtomobillarga buyurtma ola boshladi?

-Chayka

35 . Ch to ? G de ? K ogda ?

10 . Uning laqabi Fomka bo‘lib, klubda 1977 yili paydo bo‘lgan?

-Boyqush

  1. O stankino teletsentri bari, Gertsen ko‘chasi 47-uy, Qizil presnadagi Xalqaro savdo markazi, Neskuchniy bog‘i. Bu nimalarni anglatadi?

— Bu joylarda “Chto? Gde? Kogda?” ko’rsatuvi suratga olingan

  1. AUKSION: Dastlab vol ch ok x ozirgisidan farqli o‘laro q aynan shu vazifani bajargan?

-Javob beruvchini ko‘rsatgan

  1. 1987 yili “ Chto? Gde? K ogda?” ning 5 ta o‘yini aynan shu davlatda o‘tkazildi?

-Bolgariya

  1. Yaqinda ushbu bilimdonning «МЫ?, MЫ!» nomli kitobi chiqdi?

-Barvdevskiy

 

36 . Pit e r

10 . Pushkinning mis chavandoz she’rida Piterda aynan shunday voqea ro‘y beradi?

-Neva toshadi

20 . Piter tarixida ko‘plab yubileylari bo‘lib o‘tgan, aytingchi uning nechchi yillik yubileyi muddatidan 5 yil keyin o‘tkazilgan?

-250 yilligi

30 . P iterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan bo‘lib, undan o‘tish pullik edi. Piyodalardan 1 tanga, otli q larda n 2 tanga , aravalardan 5 tanga olingan. Eng baland nar x bir rubl nimalardan olingan ?

-Kema l ardan

4 0. 1714 yildagi P yo tr I ning farmo n iga muvofiq Piterga keluvchi har bir kema o‘zi bilan 30 ta, qayi q , 100 ta ot-arava , 3 ta 5-10 futgacha og‘irlikdagi shu narsani olib kelishi shart edi?

-Tosh

  1. Piter gerbida gi yakerlar shaharning port shahar ekanligini bildiradi.Aytingchi unda nega uning gerbida 2 ta yaker tasvirlangan?

-Chunki Piter ham dengiz , ham daryo porti hisoblanadi

37 . Multik

  1. Bo‘riga Papanov, q uyongachi?

-Rumyanova

20.«Argument i i fakt i » gazetasida bir cherepitsa ishlab chi q aruvchi firma reklamasi chi qq an. Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult q axramonning h am rasmi bor. Qaysi qahramon?

-Karlson

  1. Bu kompaniya dastlab bolalarni qo‘rqitib, keyinroq kuldirib energiya ishlab chiqargan?

— Monstrlar shirkati

  1. Suaxili tiliga «xavotirlanishga o‘rin yo‘q» so‘zlarini tarjima qiling?

-Akuna matata

  1. Diego, Manfrid va Sid aynan shu davrda do‘stlashishadi?

-Muz davrida

 

38 . Soy a lar

  1. Mushuk. (Inshoatlar): Vandenberg (AQSh), Kuru (Frantsiya), Kagosima (Yaponiya), Vumera (Avstraliya), Overberg (JAR), San-marko (Italiya), Xarikota (Hindiston)… ushbu qatorni bizga eng yaqini va eng mashhuri bilan davom ettiring?

-Baykonur, bular dunyodagi kosmodromlar.

  1. Planetalarning soyadagi va yori t ilgan q ismini ajratib turuvchi chegara aynan shunday ataladi?

-Terminator

30 . Ushbu mashhur romannig birinchi bobi “Rishele soyasi” deb ataladi?.

-“20 yil o‘tib” (A.Dyuma)

  1. Vonnegut aytishicha, «Chol va dengiz» asari Xemingueyning aynan shu romani qatti q tanqid qilinishi natijasida yozilgan?

-«Daryo ortidagi daraxtlar soyasida»

50 . Ispanchasiga «soya» s o’ zini tarjima qiling?

-Sombrero

Savollar muallifi Raimqulov Nozim ©

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий