Blog Post Yohud Blog Tost

Avvalombor Assalomu alaykum uzoq yaqindan kelgan aziz mehmonlar!

Internet yaxshi narsa. Shunchalik yaxshi narsaki hozir internetning imkonyatlarini oddiy hayot qonunyatlaridek qabul qilamiz. Vertual dunyo allaqachon har birimizning ongu- shuurimizga singib ketgan. Vertuallikda biz uchun har hil mavqega, har hil kategoriya ega bo’lgan insonlar yashaydi. Shunaqa bo’lishi tabiy, ahir real hayotdayam shunaqaku dersiz, siz haqsiz. Lekin shunday yaxshi bir kun keladiki siz nafaqat o’zgalar hayotiga balki o’z hayotingizda ham muhim ahamiyat kasb qilgan insonlarni (ustozingiz, sinfdosh, kursdosh va hakozalar) bilan bog’liq yaxshi yomon gaplarni ham o’zidan emas aynan internetdan bilasiz. Ushbu kun allaqachon yetib kelgan. Yana internetda ijtimoiy tarmoq (twitter facebook) lentasi degan undanam ajoyib narsasi bor. U shunchalar ajoyibki hatto biror eski tanishingdan hol ahvol so’rab; «Nima gaplar?» «Nima yangiliklar?» «Tinchmisan» degan zerikarli va deyarli bir hil javob beriladigan savollarni uning «lichka” «DM»siga yozib o’tirishingga hojat yo’q. Sababi, bu «lenta» deb atalmish ajoyib narsa senga o’sha eski tanishingni hozir qanday kayfiyatda ekanligiyu, hatto bugun tushuda nimani ko’rganligigacha, ayni paytda qanday musiqa eshitayabdiyu, kimdan qancha qarz olganligigacha, «haqiqiy sevgisi» sabab organizmida qanday o’zgarish paydo bo’lganligiyu hatto vannaxonada geniylarni nima qilganligi haqida, hamma hammasini «ixtiyoriy majburiy» ravishda bilib turishingni imkonini beradi. Zo’ra?

Shunday quyoshli kunlarning birida Facebook menga bir emas ikkita kursdoshimni to’yi bir kunda bo’layotganini aytdi. Ajoyib hushxabardan xursand bo’lib facebookning o’sha «funksiyasi» ostida har ikkalasini ham tabrikladim. Boya aytganimdek «Lichkasiga» boshqatdan tabrik hati jo’natib o’tirmadim. Bunga o’z o’zidan xojat yo’q edi. O’sha paytda O’zbekistonda edim. Toshkentga ham bir necha marotaba bordim. Lekin «Og’ayni to’y boshlab qo’yibsan tabriklayman. Bizga nima xizmat? deb oldiga ham o’tmabman men jinni. (Nega shunday qilmaganimni sababini esa bilmayman) Lekin gapni ochig’ini aytaman to’yni qaysi sanaga belgilanishiga rosa qiziqdim. Sababi agar 1-martgacha bo’lsa va meni aytishsa to’yga borib tabriklamoqchi edim.

Shu voqeadan tahminan 1 oycha o’tib mana bugun ularning to’yi bo’layabdi. Men esa Xitoydaman. Bugun o’sha «ajoyib lenta» menga to’y oldi jarayonlarini o’zgalar twiti orqaligina bildirayabdi. Mayli nima ham derdik yetkazganiga, boriga shukr.

P/S: O’sha lenta bir vaqtlar menga faqat internet orqaligina tanish bo’lgan (albatta keyin bir nechta davralarda birga bo’lingan) @Bek_Sohib ni to’yiga taklifnoma jo’natgandi. Afsus bora olmaganman.

Shunchaki bu postni yozishimdan maqsad kuyov bo’lmish @muhrim (Muhrim A’zamxo’jayev)ni tabriklash, u haqidagi iliq fikrlarimni aytishni xohlayman. Zero xursandchilik kunida faqat shunday fikrlar aytiladi. Hayotida unutilmas kunida yonida yelkadosh bo’lib hizmat qilmayotgan bo’lsamda uni ushbu xursandchiligiga sherik ekanimni bildirishni niyat qildim. Marosimda yo’qligimga bir nechta faktorlar bor. Eng kattasi albatta bu chet elda ekanim. Shuni aytib qo’yishim kerakki internetdagi o’zaro fikr almashunuv jarayonidagi komflektlar bunga faktor bo’la olmaydi. Shunaqa bo’lishi kerak aslida. (agar safsata sotmayotgan bo’lsam) U bilan hayotda hech qachon yoqalashib urushib qolganimni eslay olmeman. Yo’q bunaqa bo’lmagan. Darslarda biror masalada fikrimiz bitta joydan chiqmasa albatta tortishar edik. Lekin odatda u bir pag’ona yuqoriroqda bo’lardi. Men undan juda ko’b narsalarni o’rganganman. Internetdagi dastlabki pochta va sot set profellarimni shu ochib bergan. (2008-yillar) Keyinchalik do’st bo’lib ketganim ko’p yaxshi odamlar bilan aynan Muhrim tanishtirgan. @Abror (Abror Qodirov) @DoniyoShakirov @uzeconomist (Hama Foziljonov) @T_Yusupov (To’lqin aka) bundan tashqari Azamat aka Atajanov, Farxod aka Fayzullaev, Olimxo’ja aka Bo’ronov xullas internet jurnalistika olamidagi ko’pgina yaxshi insonlar bilan ham bevosita Muhrim orqali tanishganman.

Muhrim 2008-yil 2-sentyabrda birinchi marta jurnalistika fakultetida biz uchun dars boshlanganda potokdagi 50 ta talabani ichida jurnalistika sohasida rasman ishlaydigan yagona xodim edi. (adashmasam Chempion gazetasi 2008 avgustlaridan chiqa boshlagan) 4-kursni bitirayotganimizda nechta kursdoshim ishli bo’lganini aniq bilmaymankuya lekin shu 4 yil ichida Muhrim ko’pchilik uchun o’rnak bo’la oldi. Darslarda qanday qatnashgan yoki qatnashmaganligi bu 2-darajali malala. Lekin kreativ fikrlashi, yangi yangi g’oyalarni o’ylab topishi, qalamini o’tkirligini ko’pchilik qatori men ham xurmat qilaman.

Muhrim ijtimoiy tarmoqlar o’ylab topilganu lekin unchalik ommalashmagan paytlardayoq (2008-2009) telefondan 1 ta sms ni hamma kursdoshlarga yuborib qayta sms qabul qilib olish orqali ham yashash qiziqarli bo’lishini taminlar va hayot go’zal ekanligini takidlar edi. Smslar da biror kino haqidagi fikrlarimiz, ertaga darsdan keyin «nimanidir» boshlashimiz, bunga kim qanday munosabat bilgirgani yozilgan bo’lar edi. Zamonaviy til bilan aytganda hozirgi twitter lentasi telefonimizda sms ko’rinishida aylanardi :)   (qanday zo’r davlar ediya)

281120101578
O’sha Smslar aylanayabdi. :)
281120101580
Kursdoshlar. Jahon, men, Murod, Muhrim, Elyor. Rasimni Yusufali olgan. Qaysidir futbol o’yinini ko’rgani Murodlarnikiga borgandik. Yoki Murodni tug’ulgan kuni edi.

Muhrim yaxshi maslahat bera oladigan bola. O’zi haddan ortiq sodda harakterga ega bo’lsada jiddy masalalarda maslahat so’ralsa maslahat bera oladi. Yoshim undan 1 yosh katta bo’lsada undan ko’p sohalarda fikr so’rardim. U bilan avtobusda ketish zo’r edi. 3-4 astanovka birga ketsez hatto Google bilmaydigan narsalarni aytib beradi. Uni kuldirish oson. Xandon otib kulishini ko’rsangiz unga qo’shilib kulvorasiz.

Muhrim IQ darajasi ham yuqori bola. U bilan qiziqishlarimiz intelektual o’yinlar sohasida ham o’xshash, Faqat unda bu sohaga hafsala kamroq. Agar hafsalasi kuchayib ketib qolsa u bu sohada Xushnuddan ham mashhurroq bo’lib keta oladi. U «Bren-Ring» intelektual ko’rsatuvida bizni asosiy raqibimiz bo’lgan «Alfa» jamoasida o’ynardi. Zakovat kursisiga ham mendan oldin o’tirdi…

Muhrim «dux»i ancha baland bola. Zero jurnalistikada «dux» qalamni qanchalik o’tkir bo’lishini belgilab beruvchi mezon. 1-kursligimizdayoq 1-darsni o’zida o’qtuvchimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot kotibi Olimjon O’sarovni qancha oylik olishi, qanday moshina minishi, bu oylikka rostan shunaqa moshina beradimi yo’qmi? degan savollarni o’ziga berib fikr talasha olgan talaba.

Muhrim «Kun.uz» ni ochgan paytda ham hozir ham Jizzaxdagi uyimga borsam sinfdoshlar orasida «Kun.uz» haqida gap chiqsa meni kursdoshimniki deyman. Kursdoshing shunday ishlarni qilganda sen nima qilib yuribsan deb so’rashsa «Nimadir» qilib yuribmanda deyman :)

Xullas siz bu bola vertual dunyoda nimalar qilganini, qayerda qanday maqola va bloglar yozganligini yaxshi bilasiz. Men esa u haqida hayotda nimalar bilishimni yozdim.

Agar to’y bazmida qadah ko’tarib shuncha gapni gapirganimda kimdir o’rnidan turib: «Qisqaroq qiling Sklifasovskiy» deyishi aniq edi :)

Shuning uchun ikki yosh baxtli bo’lsin! Shu yoshlarni baxti uchun qadah ko’tarishilaringgizni so’rayman. Qani oldik!

Darvoqe bugun 14-mart ayrim sharq davlatlari Xitoy, Koreya ehtimol Yaponyada ham «Sevishganlar kuni» nishonlanayabdi. 14-fevraldan rosa bir oy o’tib ular yana bir marta sevishib ko’radi. Endi bunisi haqiqiy va milliy bo’larkan :)

Qani oldik!

P/S: @Davletovuz Muhrim to’yida aroq qo’ymasligini yozuvdi. Demak kola bilan amallayverasizlar :)

Yana o’sha @Davletovuz’ning hozirgina bevosita to’ydan xabar bericha Muhrim to’yda aroq qo’yayabdi ekan.

Добавить комментарий