30-noyabr kuni “Zakovat” intellektual klubining IX Respublika festivali bo‘lib o‘tadi

festival_1-856x569
2013-yilgi Festival. Foto: “Zakovat”

“Zakovat” intellektual klubi tomonidan navbat bo‘yicha IX Respublika festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu festivalda Respublikaning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etishi mumkin. Bu haqda klub rasmiy saytida qayd etilgan ma’lumotga tayanib, Xushnudbek.uz va Daryo.uz xabar berdi

Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan barcha jamoalar tashkiliy qo‘mitaga o‘z arizasini topshirishi lozim.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu yilgi festival o‘yinlari joriy yilning 30 noyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Tanovor sadosi” restoranida o‘tkaziladi (mo‘ljal: “Zenit” zavodi orqa tomonida).

Soat 9.00 dan jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi.
Soat 9.30 da festivalga start beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni va festivalda qatnashish shartlarini +99890-358-66-04 telefoniga sim qoqib bilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, festivalda dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar ekran orqali bo‘lib o‘tadigan Saralash bahslarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Yana bir e’tiborli tomoni joriy yildan Festival nizomiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, Festivalda ishtirok etgan viloyatlar jamoalari uchun ham ekran orqali bo‘ladigan Saralash o‘yinlariga kamida bitta yo‘llanma kafolatlanadigan bo‘ldi. Ya’ni, Festivalda 1-3 o‘rinlarni Toshkent shahri jamoalari egalllagan taqdirda ham, viloyat jamoalari o‘rtasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan bitta jamoaga egallagan o‘rnidan qat’i nazar ekran sari yo‘llanma beriladi. Shunda, Festivaldan 3 ta emas, balki 4 ta jamoa ekranga chiqish huquqini qo‘lga kiritadi.

Bunday o‘zgarish kiritilishiga sabab, oxirgi ikki yilgi Festival yakunida barcha g‘oliblarni Toshkent shahridan qatnashuvchi jamoalar tashkil qilgan edi. Viloyatlik bilimdonlarga ham qo‘shimcha imkoniyat berish maqsadida shunday qarorga kelindi.

Quyidagi manzil orqali Festival nizomi bilan tanishishingiz mumkin:

NIZOM

O‘zbek tilida o‘tkaziladigan eng yirik intellektual musobaqaga xush kelibsiz!!!

festival_3
2013 yilda o‘tkazilgan Festivaldan lavhalar
festival_2013_13
2013 yilda o‘tkazilgan Festivaldan lavhalar Erudit Chempion jamoa
festival_4
2013 yilda o‘tkazilgan Festivaldan lavhalar
festival_2013_15
2013 yilda o‘tkazilgan Festivaldan lavhalar Erudit  Chempion jamoa  hal qiluvchi raund :)
festival_2013_1
2013 yilda o‘tkazilgan Festivaldan lavhalar G’olibga atalgan kubok va diplomlar
festival_2013_3
2013 yilda o‘tkazilgan Festivaldan lavhalar. Erudit Chempion jamoa
festival_2
2013 yilda o‘tkazilgan Festivaldan lavhalar

Manba: Zakovat.mtrk.uz Xushnudbek.uz Daryo.uz

Добавить комментарий