Bloggerlar chempionati haqida

Bundan 2 yilcha oldin Muhrimni «Muhrim unaqa» «Muhrim bunaqa» deb — ijtimoiy tarmoqlar haqida yozgan postiga javob berish uchun blogspot.com’dan blog ochgandim. O’shanda yozgan gaplarimni yozmasam bo’lmay ketganidan blog ochishga to’g’ri kelgandi. Lekin bu blogni davom ettirish niyatim bo’lmagan. O’sha paytlari Muhrimdan tashqari Visola Qarshiboyevani o’qirdim.  Aborni Jakartada yozgan «Yomg’irga termulib» postini Davron Tuhtaboyev(@UzDavr) ni Hindiston haqida yozgan bloglarini o’qib men ham chet elga chiqsam shunaqa postlar yozaman deb havas qilganim rost. Post yozish uchun chet elga chiqish shart emasligini bilaman. Lekin menda oxirgi postlar aynan o’zga yurtda yozildi. Gap xozir bu haqda emas. Hamma joyda gapirilaverib ko’pchilikni joniga ham tegishga ulgurgan o’sha birinchi o’zbek bloggerlar chempionati haqda ikki og’iz.

Birinchidan menimcha bu tadbir har qanaqasiga ham pilus bo’ldi. Internetda o’zbekcha kontent ko’paydi. Menga o’xshagan dangasalarni yozishga yaxshi ma’noda «majbur» qildi. Bu chempionatsiz ham bloggerlar yozgan, bundan keyin ham yozaveradi. Bu to’g’ri. Lekin bloggerlarni doimiy o’quvchilar soni ko’paydi. Chempionat kimlarnidir kashf qildi. Bloggerlar orasida blog yozish yoki uni o’qivchilar savyasi ancha oshdi. Ko’pchilik shu chempionat bahonasida blog tushunchasi haqida birinchi marotaba bildi. Shaxsan men Laziz Hamidovni bundan 3-4 yil oldin Internet Jurnalistikasi bo’yicha media konferensiyada blog jurnalistikasi bo’yicha Muhrim bilan tortishib qolgan paytdan buyon tanisamda lekin uni blogger sifatida aynan shu chempionat orqali o’zim uchun kashf qildim. Bundan tashqari kecha WhatsApp’da  Zakovat guruhida men bilgan bir nechta ancha aqilliy insonlar blog ochib yurgizish niyati borligini aytdi. Demak bu chempionatni tasiri ancha sezilganidan darak beradi. Har xil sohadan bo’lgan insonlarni blogini o’qish esa ancha qiziqarli men sizga aytsam. Bunga o’zi asli biolog bo’lgan Dilnavoz Berdiyevani blogini misol qilsa bo’ladi.

Xullas, chempionat va uning atrofidagi fikrlarni(ijobiy salbiy) ijtiomiy tarmoqlar orqali yetarlicha o’qidik va fikr bildirdik. Faqat har kim o’zidan qo’ymasin degandek ishtirokim haqida ikki og’iz. Nomeralogiya kasalligi chempionat boshlangandan oldin bor edi. Butun chempionat mobaynida menga hamroh bo’ldi. 99 raqami haqida yozdim. Ism familyam alfabitda oxirroqda bo’lishini bilganim uchun ham 116 ishtitokchidan 99-raqam tegishiga umid qildim. Lekin alfabit tartibida joylashtirilganda menga 104-raqam nasib qildi, Vaholangki 4 raqamini yetarlicha yomonlagandim. ))

1

1-bosqich saralash natijalari e’lon qilinganda joylashgan joyimdan rosa xursand bo’lib ketdim. Endi ro’yhat alfabit bo’yicha emas olgan ochkolar bo’yicha yozilgandi. Kamina bo’lsa 38-o’rinda edim  :)

44

Shunaqa qilib birin ketin g’alabalar bo’ldi. Men chempionat boshida saralashdan o’tishimga aniq ishongan edimkuya lekin 3-bosqichdan o’tishimga ishonmagandim rosti (o’sh yozganim o’zimga ham uncha yoqmagan edi) Men uchun hal qiluvchi bosqich bo’lgan 4- bosqichda esa boshida 14-raqamda qatnashgan bo’lsamda texnik sabablar tufayli muhlislar ovoz berish jarayonida mendek raqamlarga irimchi blogger aynan 13- raqam nasib qildi, Taqdirimdan aylanay :)

2

Va nihoyat finalchilar aniqlanganda esa ro’yhat quyidagi ko’rinishda bo’ldi. Meni joyim esa 11-o’rin :)

5 11- o'rinXullas, Men bu Chempionatni 38 o’rin bilan boshlab 11- o’rin bilan tugatdim. :)

Qolgan barcha aqilliy gaplar menimcha boshqalar tomonidan gapirib bo’lindi. Finalda yutgan Muhrim, Inoyat Xon, va Shermuhammad akani tabriklayman. Abror bilan Kama Noir akaga ham balet qilgandim. Lekin ular finalda qatnashmadi. Bu loyihani yana davom etishiga umid qilamiz endi.

Добавить комментарий