PASPORTOFOBIYA

Aslida xozir yozmoqchi bo’lganlarimni bir ikkitagina gap qilib, Muhrimni “Dodam” deb yozgan postini oxiriga komentariy ko’rinishidagina yozib qoldirmoqchi edim. Lekin o’sha kuni postni telefondan o’qidim. Negadir telefondan koment yoza olmagandim. Shu bilan bir ikki kundan keyin, blogimda to’liqroq qilib ayrim narsalarni yozdimu, lekin uning «chornovik» qismida qolib ketgandi. O’shanda postni o’qib: Meni 8 yoshimdan keyingi hayotim kechgan bizni uy ham pishgan g’ishdan qurilganligini, bu uy ham deyarli haligacha mahallada yagonaligiyu, odamlar uni qizil g’ishtli uy deb mo’ljal olishi haqidagi gaplarni, Muhrim Toshkentchasiga aytganda , o’zining Dodasi haqida yozganlaridan ilhomlanib, men ham Zominchasiga aytganda Otam raxmatlini mahallada qanday obro’ga ega bo’lganiyu, Dadamni butun shaharda mendan yoshi katta insonlarni bari tanishlarini, 20 yildan oshiqroq gaz sohasida, shahargazda rahbar bo’lib ishlaganlaridan, hamma ularni “Rais” deb chaqirishini, boshqa shahardan birinchi marotaba shaharimizga kelgan kursdoshlarim shahar bo’ylab taxiga o’tirib Dadamni ismlarini xato aytsa ham, uyimizga to’g’ri olib borganini, shunga o’xshagan gaplar bilan boshlagan ekanman o’sha postni. Lekin bugun bu yozilganlarni qayta yozishimga bir voqea sabab bo’ldi.

Yaqinda Xitoydagi o’qishimni 2-semestrini boshlangan ilk kunlari, qayta registratsiya uchun ertaga hamma o’z paportlarini olib kelishini aytishdi. Shunda meni pasportim yonimda, deb chiqarib berdim. Lekin boshqa davlatdan kelgan kursdoshlarim hayron bo’lib menga savol berishdi. Nima sen pasportingni doim yoningda olib yurasanmi? Men: — Ha har doim uydan chiqayotganimda telefonimni tekshirganday pasportimni ham olvolaman dedim. Ular: — Nega? Nima qilasan? Men: — Har extimolga qarshi, kerak bo’lib qolishi mumkinku dedimu, uyog’iga davom e’tolmadim. Chunki haqiqatda bu narsa faqat men bilangina shunday edi. Hech bo’lmasa yo’lda internet kafega kiramanku, shunga kerak deb qutilib qo’ya qoldim. Men yashayotgan Urumchi shahrida intetnet kafega kirib kompyuter yoqtirish uchun passport so’rashadi. Bu albatta shart. Pasportsiz kompyuter yoqtira olmaysiz. Lekin bu boshqa masala. Men o’sha vaziyatda passport olib yurish kasalligiga qachon mubtalo bo’lganligim haqida o’ylab qoldim.

2007-yil birinchi marotaba jurnalistikada o’qishga topshirib, kira olmay uyga kayfiat rasvo bo’lib qaytib ketayapman. Yolg’iz o’zimman. O’sha paytlari Sobir Raximov deb ataladigan(xozirgi Olmazor) metro bekatini shundoq yonginasidagi “stayanka”dan Dashtobodga ketadigan transportlar(mashrutka) bo’lardi. Men mashrutka(estana)daman. Shu payt oldimga O’zbekiston xalqi juda yaxshi taniydigan ustoz ijodkor, keldilar va siz Dashtabodga ketayapsizmi uka dedi. U kishini TV orqali yaxshi taniganim uchun ham mashinadan tushib, salom berdim. Xizmat? Ha Dashtabodga ketayapman dedim. O’zimni tanishtirgandan keyin. Dadamni tanir ekanlar :) Sizdan iltimos, manashu bola siz bilan birga ketsin Dashtobodgacha dedi. Ne ko’z bilan ko’rayki men bilan bir fakultetga topshirgan o’zimni sinfdosh o’rtog’im ekan. Men bu kap-katta bolaku deb ichimda aytib qo’ydimu, lekin ustoz bilan xayrlashib, mayli mayli deb qo’yaqoldim. Gap nimada ekanini esa yo’lda ketish mobaynida haligi sinfdoshimdan bilib oldim. Ma’lum bo’lishicha mandatdan qaytayotgan sinfdoshimni metrodan chiqishda Melisa to’xtatgan. Qo’lida nafaqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat balki DTM qog’ozigacha bo’lgan sinfdoshimni haligi melisaner o’zining savollariga yaxshi javob bera olmaganlikda va shubhali shaxs deb gumon qilib oyog’ini yerga tekkizdirmasdan Tuman Ichki Ishlar bo’limiga olib ketgan. U joydan shaxsini tasdiqlab, bu aslida jinoyatchi emasligini tushuntirish uchun esa, men sizga aytgan xaligi inson ovora bo’lishga majbur bo’lgan. Bu gaplardan keyin, menga nega o’z sinfdoshimni omonat topshirganini tushundim.

2008 yil. Men Xalqaro jurnalistikada birinchi kurs, haligi sinfdoshim 2-kurs edi. U 2 yildan beri Toshkentda yashardi. Biz Chorsuning eski shahar qismida birga kvartirada turardik. Bir kuni shoshilib o’qishga ketayotgandik Chorsu bozorini o’rtalariga yetib qoludik. Sal uzoqrog’da turgan melisalarga ko’zi tushgan o’rtog’imni talabalik guvohnomasi uyida qolib ketgani yodiga tushib qoldi. Shu payt u orqaga qaytib, olib kelaman dedi. Men o’zi shundoq ham kechikayapmizku bir kun olmasang olmabsanda desam ham unamadi. Orqada qaytib ketdi. Men “Og’zi kuygan qatiqni ham puflab icharkanda?” dedimu yo’limda yolg’iz davom etdim.

2009 yil qaysidir yakshanba kuni. Erta tongdan “Zakovat” ko’zrsatuvini syomkasi uchun kiyinib yo’lga chiqdim. Yo’lim bevosita metroda borishni taqazo qilar edi. U paytlari melisalar metroni kiraverishida emas ichki qismida turishardi. Shu melisalardan bittasi oldimga kelib Muhrim aytganday “Chest” bermasdan hujjatlarimni so’radi. Buni qarangki shoshilganimdan puldan boshqa hamma narsalarni uyda qoldiribman.

— Pasportim uyda. dedim.

— O’qiysizmi ishlaysizmi?

— O’qiyman.

— Qayerda?

— Jurnalistika fakultetida.

— Unda talabalik guvohnomangizni ko’rsating.

— U ham uyda, axir bugun yakshanbaku men o’qishga ketmayapman.

— Unda sizni shaxsingizni kerakli joyda aniqlaymiz. Men bilan borishizga to’g’ri keladi.

Aytib qo’yishim kerak, meni ko’rinishim u darajada ham shubhali emasdi. Har holda syomkaga ketayotganim uchun ustimda oq ko’ylak, kastyum shim, sochlarim taralgan edi.

Men syomkamga kech qolaman. Unaqa qilmang. Men siz bilan hech qayerga bormayman. Shu yerda hal qiling dedim. Bu tortishuvimizni ko’rgan boshqa, ko’rinishidan mansabi kattaroq melitsaner kelib“chest” berib, o’zini tanishtirdi va nima bo’layotganiga qiziqdi.

— O’rtoq kapitan bu fuqaroni birorta ham shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo’q dedi haligi melitsaner

Shunda ozroq “siyosat” qilishga to’g’ri keldi.  :)

— O’rtoq komandir! Men sizlar o’ylagandaka jinoyatchi yoki shubhali shaxs emasman. Palon — palon joyda o’qiyman ismim palonov palonovich. Manabu fakultetimizni dekanatini telefon raqami. Faqat bugun ishlamaydi. Xohlasangiz tekshirib ko’ring. Xohlasangiz haqiqatdan shu yerda o’qiydi degan “spravka” olib kelib beraman. Sizlarga yana nima kerak? Faqat ertaga. Bugun xoziroq ketishim shart. Aks xolda manabu joyga kech qolaman. Bu esa o’zimning tel raqamim dedim. Gaplarim orasida Jurnalistikada o’qishimni urg’u berib aytganday bo’ldim. Haligi kapitan qayta “chest” berib, menga oq yo’l tilarkan ulardan hafa bo’lmastlikni, buni “hizmatchilik” ekanini takidladi. Shu voqealar sabab bo’lib men “PASPORTOFOBIYA”ga chalinib qolgan bo’lsam ne ajab?

Men xavsizlik choralariga umuman qarshi emasman. Aynan shunday melisalarimiz borligi uchun ham bizni vatanimizni ichki tinchligi, barqarorligi taminlanayapti deguvchilar toifasidanman. Men qonunlarimizda, fuqoro shaxsini tasdiqlovchi hujjat(passport)ni agar u Toshkentda bo’lsa, vaqtinchalik ro’yhatga qo’yilganligini ham tasdiqlovchi varoqcha bilan birga olib yurishi majburiy degan norma bor yoki yo’qligini ham bilmayman. Lekin aytmoqchi bo’lganim masalani boshqa tarafi ham bor…

Men yarim yildan ber chet elda yashayapman. Ishoning men yashayotgan shahar nafaqat xitoy uchun, balki dunyoning har qanday “qaynoq” nuqtalari bilan tenglashtirilishi mumkin bo’lgan joy. Bu yerda xavsizlikni taminlashga xarakat maksimal darajada. Hatto shaharning ma’lum qismlarida shundoq aholi gavjum joylashgan joyning o’zida, xarbiylarga ko’zingiz tushushi mumkin. Ularni bu yerdaligi va sabablari albatta alohida masala. Lekin shaharning men yashayotgan qismida, meni hali birorta melitsioner ( politsiyachi, Xitoyda melitsiyadan politsiyaga allaqachon o’tilgan. Quyida melitsa so’zlari kelgan o’rinlarda politsa deb tushunilsin) to’xtatmadi. Shubhali emassan diya ko’rmang. Chunki men mahalliy uyg’urlarga ham, xitoyliklarga ham o’xshamasligimni juda yaxshi bilaman. Ko’p extimolki ular ham buni biladi. Xorijliklarni mahalliy aholiga nisbatan xafliroq, balki, “josusdir?” deb shubha qilish, mantiqiy jihatdan haqiqatga yaqinroqku har holda. Har kuni qayerga boraman, nima ishlar qilaman, bularni meni to’xtatmasdan turib ham bilib olishlarini esa juda yaxshi bilaman. Chunki bu jarayonlar allaqachon tizmga solingan. Butun shahar to’lalichicha kameralashtirilgan. Davlat ahamyatiga molik strategik inshoatlarni qo’yib turing, markaziy ko’chalardan tortib, «tratuarlar»ni tepasiga qarasangiz ham kameralarni ko’rasiz. Go’yo bu men qaysidir golliwud kinosida ko’rganimdek, bir insonni butun faoliyati kino qilib tasvirga olishayotganga o’xshaydi. Biz esa aktyorlar :) Davlat qo’ygan kameralar u yoqda tursin, har bir do’kon, maishiy hizmat ko’rsatish inshoatlarini egalari ham, binoni ichki qismidan tortib, tashqarisigacha kuzatuv kameralarini qo’yib tashashgan. Buni ular o’g’rilardan himoyalanish chorasi deb izohlashadi. Kameralar siz tasavur qiladigan darajadan ham ko’proq. Bu yerda “Internetga chiqib ketish imkoniyati bizga qaraganda ko’proq” :) Lekin bu masalani oddiy bir kichkina bo’lakchasi halos. Aslida shu kameralarning haddan ziyod ko’pligi o’zi ham bir muammo…

Kamera

Yaqinda TV da 2 ta o’g’ri qanday qo’lga tushurishganini ko’rsatishdi. Bu jarayonda politsiya, faqat oxirgi qo’lga olish qismidagina qatnashgan. O’g’rilar bir ayolni bank kartasini olib, shahar bo’ylab bankomatlardan bo’lib-bo’lib pul yechishgan. Politsiya esa shunchaki markaziy boshqaruv xonasidan kameralar yordamida ularni harakatini kuzaib turgan. Fuqaroni murojatidan keyin esa shunchaki boyagi shaxsni qo’lga olgan. Kechasi bo’lgan ish, ertalabgacha jinoyatni ochilishi bilan tugagan. Men bu davlatni biror tomonini maqtab, o’zimiznikini kamsitmoqchi emasman. Aslo! Aytib qo’yay, Komunistik davlatni menga yoqmaydigan taraflari ham tiqilib yotibdi. Kuzatuv kameralarini inson huquqlari masalasida qanchalik ahamyatli ekanini ham bilmayman. Bu ham baxsli masala. Har xolda, liftda kamera bo’lishi mumkinligini aniq bilgan odam, o’z harakatlariga extiyotkorroq bo’ladi 😀 Bularni barchasi oddiy Goliwud kinolariga o’xshab ko’rinishi mumkin. Lekin Men xohlagan narsa, hamma o’z ishini qilsinu, lekin erkin fuqaro o’zini xavsiz sezishi uchun, uni yo’lda to’xtatib “hizmatchilik” ekanini eslatib turishlari shartamas menimcha. Shunda menga o’xshagan “PASPORTOFOBIYA” bilan kasallanganlar soni ancha kamaygan emas, butunlay yo’qolib ketgan bo’lardi…

Добавить комментарий