Yolg‘onga Allergiyam Bor

Tanlov uchun!

Yolg‘onga Allergiyam Bor

U doim “aldaydi”. U “aldash”ni yaxshi ko‘radi. Uning kasbi “aldash”dan iborat. U qancha ko‘p “aldasa”, xalq orasida uning obro‘si shuncha ortib boradi. Savol: u kim?

Ushbu savol bundan 7-8 yil avval “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvida ekran orqali berilgandi. Men topa olmaganman. Sababi, futbolga qiziqmaganligim uchun emas (javob futbolchi edi), balki ekran o‘yinlarida savoldagi qo‘shtirnoqni ko‘rib bo‘lmasligida edi. Savolning mantig‘i ham aslida shunda edi. Lekin men ko‘pchilik qatori oddiy, o‘z manosida tushunganman. Ya’ni aldamchi — chalg‘ituvchi ekanligini tushunmaganman. Tushunishni xohlamaganman. Lekin xohlash kerak ekan. Hayotda to‘g‘ri nimaligini bilganimiz kabi yolg‘onning ham borligini his qilib turish kerak ekan.

7 yoki 8 yoshlarda edim. Maktabdagilar 3 so‘mdan pul yig‘ishadigan bo‘lib qolishdi (u paytda 3 so‘mga ko‘p narsalar olsa bo‘lardi J). Kechqurun dadam ishdan kelganda pul so‘radim. Dadam o‘shanda qancha kerak ekanligini ham so‘ramadi va “cho‘ntagimda pul bor, o‘zing borib ol”, dedilar. Qarasam, bir “pachka” 3 so‘mlik borakan. Menga 3 so‘m kerakligini bilsam ham, o‘shandan 15 so‘m oldim va qolganini joyiga qo‘yib qo‘ydim. Dadam buni sezmadilar ham hatto (ancha o‘ziga to‘q oila hisoblanardik). Maktabga borib, rosa narsalar olib yedim. Yeryong‘oqli shirinligi zo‘r bo‘lardi. J Lekin pulim tugamadi. Uyga qaytgandan keyin qo‘shnimnikidan yana ko‘p narsalar oldim. Mana shu joyda “jinoyatim” ochilib qoldi. J Qo‘shnimiz uydagilarga bu haqda aytgan edi va kechqurin meni “sud” qilishdi. O‘shanda dadam bir gap aytgandilar: “O‘g‘lim, bor boyligim seniki, lekin sen o‘ylaganingni aytmading. Niyatingni aytmaslik ham eng katta yolg‘on. Agar o‘ylaginingni ochiq aytganingda rost gapirishga “duxing” yetganida seni qilgan o‘g‘irliging ikkinchi planga o‘tardi. Hech qachon unutma, boshqa narsani o‘ylab, boshqa gapni ayta ko‘rma. Ko‘ngil bilan dil to‘g‘riligi bu eng katta baxt”, degandilar. Ishonasizmi o‘sha yoshda eshitgan bu gapim bir umr nafaqat o‘g‘rilik qilmaslik, birovni haqidan qo‘rqish, balki doim o‘ylaganini aytishga, yolg‘onni iloji boricha kamroq ishlatishga undab keladi. Umuman yolg‘on ishlatmayman desam, shu gapning o‘zi eng katta yolg‘on bo‘ladi. Chunki biz ham oddammiz, deb o‘zimizni oqlaymiz. Bahona bo‘lsa, doimo topilgan. Topiladi. Masala boshqa tarafda. Bizga hech bo‘lmasa, harakat qilib ko‘rish imkonyati berilgan. Bu imkonyatdan foydalanasiz yoki yo‘q, albatta, bu ham o‘z ixtiyoringizda.

8888

O‘sha voqea sababmi, bilmayman, kimdir menga nisbatan o‘ylagan fikrini aytmasa yoki undan ham yomoni — yolg‘on gapirsa va buni men sezib qolsam, kechira olmayman. Negaligini so‘ramang. Bilmayman. Shunchaki yolg‘onga allergiyam bor.

Yaqinda bildim, siz-u biz bilgan o‘sha yolg‘onlar ham nisbiylik jihatdan turlarga bo‘linarkan. Bilmasdim. Bildirishdi. Yaxshiyam, shu Eynshteyn janoblari nisbiylik degan atamani muomalaga kiritib ketgan. Demak:

1. Shunchaki yolg‘oncha. Faktning yolg‘onligi, bunga agar u yaqin odaming bo‘lsa, e’tibor qilmasa ham, bo‘larmish. Yaxshilik yo‘lida aytilgan yolg‘on ekan. Misol ham keltirishdi: Uylanganingizdan keyin, aytaylik, xotiningzning mazasi yo‘q. Siz ishdan kelganda “Qalaysan?”, desangiz-u, “Men zo‘rman”, deb kulib kutib olsa, bu yolg‘on gapirishga kirmasmish. Xo‘p dedim, ko‘ndim.

2.    Yashirin yolg‘on. Buni o‘zim o‘ylab topdim. Ya’ni u aytish kerak bo‘lgan faktini aytmadi. Sez kech bildingiz. Bu ham o‘zini hurmat qilgan odamlarni qattiq ranjitadi. Shaxsan men, agar u yaqin odamim bo‘lsa, kechira olmayman.

3.     Ayniqsa va ayniqsa, bo‘lmagan yolg‘on. Shunaqasi ham borakan? Qaysi holatda menga yolg‘on ishlatmaysan, desam, ayniqsa, mana bu masalalarda aldamayman, deydi. Qizig‘-a? Bungayam men ko‘na olmadim.

4.    Aytgandim shekilli. Suhbat boshida yolg‘onni yomon ko‘rishingni, bu prinsip masalasi ekanini aytasan va ochiqchasiga gaplashishga kelishasan. Lekin vaqti kelib bu yolg‘on emas, aytgandim shekilli, deydi. Sening qanaqa ekaningni bilsa ham, yolg‘on gapiradi. Eng xavfli tur shu.

Umumam olganda o‘ylaganini doim ayta olish yoki hech narsa demaslik yoki yolg‘on gapirish — bular hammasi alohida tushunchalar. Men bir postda birlashtiraman deb chalkashtirib yuborgandirman. Olingan obyektlar ham jo‘ngina, tor doiradek tuyulishi mumkin. Lekin jamiyatdagi eng katta qallobliklar ham shunaqa mayda yolg‘onlardan boshlanadi. Eto IMHO!

Men kichkinaligimda Rey Bredberi seriallarini ham yaxshi ko‘rar edim. Menga hammasi ham yoqardi-kuya, lekin voqealarini aniq-tiniq eslaydigan serialimdan birida, tabiatning qudrati bilan odamlar suhbatdoshining fikrini o‘qiy oladigan bo‘lsa, qanday holatlar kelib chiqardi, degan savollarga javob qidiradi. Mana shu qismi juda ham qiziq va dolzarb. Odamlar siz bilan suhbatlashadi, lekin bir vaqtning o‘zida miyasida fikrlar, o‘y-xayollar kechadi. Ular ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Bizning tabiatimiz juda qiziq. Suhbatdoshimizni g‘irt ahmoq deb hisoblaymiz-u, lekin sen aqllisan, deymiz va aksincha. Mana shu masalalar meni ko‘proq qiziqtiradi. Balki bu ko‘pchilik to‘g‘ri deb hisoblamasa ham, o‘zimni “realist” deb da’vo qilishimdandir, yana bilmadim.

Ijtimoiy tarmoqlarda yaqindagina bir qiz bilan tanishgansiz, uning gap-so‘zlari sizga ma’qul, lekin rasmini ko‘rdingiz va xayolingizda uni xunuk ekan, deb hisoblasangiz, sen xunuk ekansan, deb unga ayta olish ham bu bir baxt, men sizga aytsam. Men shunaqa baxtli Jinniman! :)

Men “Twitter”ni ham yaxshi ko‘raman. Chunki ko‘p kuzatganman, odamlar nimani o‘ylasa, shu zahoti yozishga harakat qiladi. Ba’zi tvitlarning g‘alatiligi ham aynan mana shu sabab. Masalan, “sex” haqida o‘ylab, “romantika” haqida gapiradigan odam g‘irt qallob. Men shunday deb o‘ylayman har holda. O‘ylaganlarini boricha yoza olganlarni hurmat qilganman doimo. O‘sha “Twitter”da hamma samimiy, o‘ylaganini yozadi, deyishdan butunlay yiroqman. Shu joyiga ham Eynshteyn nazariyasi aralashadi. Menga ko‘proqday ko‘rinadi-da har holda.

Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir

(o‘zbek xalq maqoli) 

Yaxshilik yo‘lida aytilgan yolg‘on bir kun kelib haqiqatga aylanadi

(Hind mifologik ma’budi Krishna. «Zita va Gita» filmidan)

Qarashlar har xil, fikrlar turlicha, lekin men boshimga qilich kelsa va yo‘lg‘on gapir desa, yolg‘on gapirmayman, deya olmayman. Shunchaki avval hozir yolg‘on gapirmasam, sen meni o‘ldirasan, men shundan qo‘rqyapman deyman, chunki shuni o‘ylayotgan bo‘laman.

Shuncha gaplarni yozish, aqllilik qilish kerakmi, deydiganlar topiladi, shunaqalar topilsa va menga bu haqda shartta aytsa, men xursand bo‘laman. Chunki siz o‘ylaganlaringizni ro‘y-rost ayta boshladingiz.  :)

Izoh: chunki bu narsalarni yozmasam ham bo‘lmasdi. Sababi, yuqoridagi prinsipimga to‘g‘ri kelmasdi. O‘yladim va yozdim. Xulosa o‘rnida, yuqorida yozilgan tanlov uchun degan jumlani ham oxirida qo‘shib qo‘ydim. Sababini o‘zingiz tushundingiz, menimcha……

2 thoughts on “Yolg‘onga Allergiyam Bor

  1. Aldamchi dunyo, yolg’on dunyo deymiz aslida siz , men va ulan birlashsak bir butun olam ya’ni dunyo bolamiz! endi oziz o’ylab koring 7 milliardan ortiqro yolgonchilardan tashkil topgan dunyo Rostgo’y dunyo bolarmidi?))

  2. Aldamchi dunyo , yolg’on dunyo deb aybni dunyoga ag’darib qoyamiz. aslida osha dunyoni siz , men va ular birlashsak hosil qilamizku! endi o’zingiz o’ylang 7 milliarddan ziyodroq yolg’onchi tashkil etgan dunyo qayerdanam Rostgo’y dunyo bo’lsin?!))

Добавить комментарий