Birinchi baribir birinchida!

Nega unaqa? Nomi g’alatiroq. Nima ekan u birinchi? Birinchi uchrashuv, sevgi, do’stlik har narsa bo’lishi mumkin…..

Hozir Dinara opani (Dinara Dultaeva) WordPress da yozgan «Professorning Tushuntirish Hati» degan blogpostini o’qib qoldim. Qayerdan diysizmi? Shu kunlarda hamma yoqda  duv-duv gap bo’layotgan o’sha O‘zbek Bloggerlar Chempionatida qatnashayotgan ekan. Bundan zarracha hayron qolganim yo’q. Negaki bunday chempionatlar aynan Dinara opagan o’xshagan saviyali yoza oladigan blogerlar uchun tashkillashtirilgan. Faqat meni e’tiborimni tortgan narsa Dinara opadan o’zbekcha post bo’ldi. Adashmasam bu birinchisi edi (aynan dinarauk.wordpress.com manzili nazarda tutilayapti). Adashmagan ekanman. Hatto «In Uzbek» degan alohida sahifa ochilibdi. Bu juda yaxshi. Chunki shahsan men ushbu blogga ko’p marotaba kirib tursam ham, lekin doimiy o’quvchisi emasman. Sababi esa ma’lum. Ingliz tilimni mazzasi yo’q :-)Birinchi o’zbek tilidagi post menga ma’qul. Juda samimiy, qisqa, lo’nda o’ziga hos! Xullas birinchini o’zida udar :)

Birinchi birinchi birinchi… Ushbu postni o’qib o’tirib talabalik davrimni(jurnalistika fakultetidagi) yodga oldim ustozlarimni esladim. Har biri o’ziga hos har biri o’zgacha. Lekin birinchi marotaba darsga kirish bilan talabalarni e’tiborini o’sha fanga qiziqtira olgan, faqat birinchi darsini o’zi bilanoq esda qolib ketganlari biroz kamroq. Chunki talabalarni ayniqsa bo’lajak jurnalistlarni uncha-buncha narsalar bilan hayron qoldirish qiyin. Demak bugun birinchi dars haqida gaplashamiz. Ro’yhatimizda bir o’tirishda esga kelgan darslar va o’qtuvchilar bor. Ular quyidagilar. Olimjon O’sarov (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot kotibi) o’sha paytda ham xozir ham. Halim Saidov: «Yangiliklar jurnalistikasi». O’tkir Hoshimov va shu Dinara opa. Unda hali Cardiff ga ketmagan paytlari. Ro’yhat bundan ham uzun bo’lishi mumkin edi. Chunki jurnalistikada bunday domlalar ancha har holda.

Darsga kirib keldi. Hamma baravar salom bergandan so’ng, sizlarga savol dedilar: «Nega biz o’rdak yoki g’ozni tuhumini emas tovuq tuhumini sotib olamiz? Nega? Ahir o’rdak yoki tovuqni tuhumi ancha katta va foydaliku shuni bilsak ham negadir doim borib tovuqni tuhumini so’raymiz. Nega?»  O’ylash uchun vaqt berdilar hamma har hil javob aytdi. O’sha paytlari ham zakovat degich ko’rsatuvni mashg’ulotlariga qatnab yuradigan kamina mantiqni uyog’idan kirib bu yog’idan chiqdim. Lekin bergan barcha javoblar noto’g’ri bo’lib chiqdi. O’zlaridan orginal javob «Chunki tovuq tuhumini reklama qiladi! :)» Reklama bu Publik Relations, Publik Relations bu PR deb darsni davom ettirdilar. Shundan beri PR degan yozuvni ko’rsam albatta shu dars esga tushadi. Bu kimni darsi ekanini xalqaro jurnalistikada o’qiganlar yaxshi biladi. Bu Olimjon O’sarov edi. Bu kishini yaxshigina monipuliatorlik qobilyati borligi haqida esa nasib qilsa boshqa darslarda, aniqrog’i blogpostlarda gaplasharmiz!

Jurnalistik sohada keyinchalik juda ko’p marotaba eshitganim «It odamni tishlasa yangilik emas, Odam itni tishlasa manabu haqiqiy yangilik» degan gapni birinchi marta Halim akani birinchi darslarida eshitganman. Hozirgacha yangiliklar jurnalistikasiga mehrim bo’lakcha ekanligiga ham  shu gap sababchidir balki.

O’tkir aka Hoshimovni birinchi darslarini ham juda yaxshi eslayman. Deyarli hamma keldi hatto boshqa universitet talabasi ham. Ustoz bitta darsni o’zida shunaqa ko’p va qiziqarli ma’lumotlarni aytib tashadilarki dars ohirida «Sizlar menga savol beriylar. Men javob beraman. Shunda dars yanada qiziqarliroq bo’ladi» deganida ishonasmi hech kim savol berolmagandi. Boshqa universitetdan kelgan Doniyor Shokirov menga qanaqa jurnalistsizlar savol berolmasalaring deb kulgandi o’shanda. :) Lekin 3 yoki 4 darsdan keyin o’zimni ko’p yillar qiziqtirib kelgan savolga ustozni o’zidan javob olganman. Javob berishdan oldin esa ular bu savolga hayotimda birinchi marotaba javob berayapman degandilar o’shanda. Bu savol javob haqida ham boshqa bloglarda nasib qilsa… Raxmatli ustozni joylari jannatdan bo’lsin Omin!

Dinara opa esa darsni kichkinagina tajriba bilan boshlagan edilar. Qog’oz ruchka oldik va ular savol berdi, biz javob yozdik. Savollar tahminan quyidagicha edi: (Bu 2009-yilda bo’lgandi)

1.Haftada nechi marotaba Televizor ko’rasizlar va qaysi kunlari necha soatdan?

2.Beeline nima? Beeline deganda nimani tushunasizlar

3.Sal amaliy. Tasavurlarizga 10 so’mlik tangani keltiriylar va shuni bir urinishda dumalog’ini chiziylar.

Tajribani qilib ko’rmoqchi bo’lganlar diqqatiga: Javoblarni o’qimasdan bajarganiz maqul.

 O’sha paytdagi kaminani javoblari: 2009-yil 2-kurs paytim

 1.Haftada 7 kun yaniy har kuni kamida 3 soatdan

2.Beeline telifon kompaniyasi

3.Ishonmassiz juda katta chizvorganman. uni ichiga 2 ta tangani sig’dirsa bo’lardi :)

O’sha paytlarda haqiqatdan TV ni juda ko’p ko’rar edim. Meni jurnalistika fakultetiga ham aynan shu narsa yetaklab kelgan edi. Gazeta yoki boshqa OAV larini juda kam kuzatardim.

Sinfda hammani natijasi har hil chiqdi. Dinara opa bo’lsa Televideniya katta kuch deya darslarini davom ettirdilar. Shu voqea hech esimdan chiqmaydi. Keyin oradan vaqt o’tdi . Taqdirni qarangki ular Cardiffdan qaytgandan keyin yana fakultetimizga dars berishga keldi. Men unda 4-kurs edim adashmasam. Ular yana ikkinchi kurslarga bizga o’tgan fanlaridan darsga kira boshladi. Birinchi darslariga o’zlaridan ruhsat olib kirdim. Buni qarangki, o’sha tajribani yana o’tkazdi. Endi men jurnalistikada 4 yilcha o’qib qo’ygan jurnalistikaga kirgandan buyon TV ni uncha ko’rmaydigan kurtoyroq bo’lib qolgandim. :)

Savollarga javobim.

1. Shanba yakshanba kunlari 2 soatdan

2.Beeline bu- arini uyasi degani. Inglizchada Bee Ari line esa yo’l, in kabi tarjimalari bor.

3. Yana ishonmassiz tangani razmer razmerigacha to’g’ri chizibman :)

O’shanda natijalarim va fikrlarim Dinara opaga ko’rsatib bu tajribani oldin ham qilganimni aytib rosa kuldim. Keyin  bu haqda kichkinagina blog yozaman degandim. Bugunga nasib qilgan ekan shukur. Televideniya katta kuch hatto odamlarni tasavvurini o’zgartirib yuborishga qodir katta kuch….

  Aytgancha bundan tashqari birinchi darsni Beethovetnni 9-semfoniyasini eshitish bilan boshlaganimizni ham hech unutmayman. Bu hissiyotlarga tasir qila oluvchi kinojurnalistika darsida edi.

 Xullas, o’qidim, o’yladim, yozdim. Hamma narsani birinchisi maroqli, birinchisi qadrli, esda qolarli.. Bu chempionat ham adashmasam birinchisi. Darvoqe bu chempionatda birinchi bosqichdan o’tib, birinchi o’rinni olish uchun qanday blog post yozsam ekan deb birinchi marta o’ylab qoldim! :)….

Hayotimizda birinchilar ko’p bo’lsin!

Добавить комментарий