Men 85 % ni Ichida Borman!

Yangi yil yangilanib eski yil eskirib bo’ldi. O’tgan kunimiz tanix kelasi kunimiz kelajak bo’lib qolaveradi. Hayotimiz rejalar tuzish va shu rejalar ijobati uchun harakat qilishdan iborat. Lekin yangi rejalar maqsadlar tuzish uchun esa allbata oldingilariga qaraladi. Bu doimo takrorlanib turuvchi oddiy jarayon. Yil yakuni va yil boshi esa bunday sarhisob uchun juda qulay vaqt. Ko’pchilik qatori men ham o’tgan 2013 yilda ayrim ishlarni qildim ayrimlariga ulgura olmadim. Bugun ilk marotaba o’tkan yil sarhisobini blog qilib yozishim balki bu ham yangi yildan odatga aylanar. Lekin men buni sarhisob emas shunchaki o’tgan yilda hotiramda qolib ketgan voqea(voqeachalar) deb nomlagan bo’lardim. Demak 2013 yilda hayotimda ro’y bergan eng esda qolarni voqealar quyidagilar! Bularning ko’pchiligi ilk marotaba ro’y berishi.

  1.  2013 yil 13 yanvarda  eski yangi yil kuni Twitter mikro bloglar servisidagi faoliyatimning 3 yilligini nishonladim. Bu ham men uchun katta bir voqea edi.. Aslini olganda xozir yozmoqchi bo’lganlarimni ham deyarli barini yil davomida twitter sahifamda muhirlaganman shuning uchun ham u qadrli.
  2. Fevral oyida o’z soham bo’yicha ish topdim aniqrog’i rasmiy ishga qabul qilindim. Biroz vaqt o’tib juda kichkina bo’lsa ham bir firmani rahbarlik lavozimi ishonib topshirishdi. Ilk marotaba yuridik maqomga ega bo’ldim. :) Ilk marotaba buyruq chiqardim. Qo’l qo’yib pechat bosdim. :) Juda qisqa vaqt ishlagan bo’lsam ham har holda hokimyat, soliq va bank kabi davlat idoralariga ishim tushdi o’zim uchun juda ko’p narsalarni o’rgandim. Buning uchun menga bunday imkonyatni bergan “YURIDA NYSA"firmasini rahbari Akrom akadan juda minnatdorman.
  3. 2013-yil intelektual mofaqiyyatlar yili bo’ldi men uchun. Dastlab Toshkent kanalidagi «Auksion» ko’rsatuvida ancha mofaqiyatli qatnashdim. Kitob javonim Auksionda yutilgan 10 ga yaqin kitoblar bilan to’ldi. @Xushnudbek boshlovchilik qilgan  paytlarda hatto turkim o’yinlar chempioni ham bo’ldim :) Keyin 2013-yilning 28-aprel sanasi ham men uchun esda qolarli bo’ldi. Aynan shu kuni Zakovat intelektual ko’rsatuvining ekran o’yinlariga yo’llanma beruvchi VIII-Zakovat Respublika festevalida «Erudit»(Isroil Zohidjonov) jamoasi safida Respublika chempioni bo’ldim. Aytish kerakki intelektual o’yinlar mening eng sevimli mashg’ulotim. Zakovat festevali esa bir yilda bir marotaba bo’ladi va unda butun Respublikadan ancha bilimli yoshlar qatnashadi. Ushbu natija esa  men va mening jamoamning 4-5 yillik tinimsiz mashg’ulotlari samarasi edi. Aynan shuning uchun ham ushbu g’alaba men uchun juda qadrli.
  4. Aynan 2013 yilda Xitoyning Xinjiang Pedagogika Universitetining xalqaro iqtisod fakultetiga magistratura bosqichida o’qish uchun hujjatlarimni topshirdim va grant asosida o’qishga qabul qilindim.
  5. Hayotimda birinchi marotaba samalyotda chiqdim! O’zbekistonni tepadan tomosha qildim kechasi edi lekin menga yoqdi  :)
  6. Ilk marotaba haqiqiy kuaizida(xitoyda ovqatlanishda ishlatiladigan tayoqchalar) ovqatlanib ko’rdim. O’rganishimni o’ziga 1 oy vaqt ketti :) Haqiqiy uyg’ur lag’monini uyg’urlarni o’zidan olib yeb ko’rdim. Umuman ovqat masalasida ko’p gapirishim mumkin lekin tezroq yozmasam qornim juda och qolib ketdi :)
  7.  Aytgancha chet elku mayli lekin 2013 yilda O’zbekistonni ham bazi viloyatlariga birinchi marotaba bordim. Xususan Qashqadaryo bilan Surhandaryoga. Ushbu safat tasurotlari esa yozib e’lon qilinmagan  blog ko’rinishida qolib ketti….
  8. Chet eldagi O’zbekistonlik talaba sifatida «O’zbekiston ovozi» gazetasiga internet orqali  intervyu berdim. Buning uchun esa Temur A’zamga tashakkur
  9. Jaa maydalashib ketdi demangkuya lekin ilk marotaba MDH davlatlaridan tashqari Afrikaning Movretaniya Tunisidan tortib Chingizxon nevaralarigacha do’st ortirdim. Mangolyalik do’stim men uchun qadrli … 😉
  10. Va nihoyat eng katta yutuqlarimdan hali Buyuk Xitoy devoriga chiqolmagan bo’lsam ham «Buyuk Xitoy Veb devorini» zabt etishga erishdim. Xitoydan turib faoliyatiga blogk qo’yilgan Twitter Facebook va YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlarga kira oldim. Hatto xozir siz o’qiyotga googlening ushbu blog servis faoliyati ham blok qilingan :)

2013 yilda topganlarim qatori yo’qotganlarim ham bor. Aniqrog’i bazi bir narsalardan hafa bo’ldim bazi narsalar kichik armonga aylandi. Bularni ham yozmasam bo’lmas!….

  1. Firmaga rahbarlik qildim lekin uni faoliyatini uzoqqa olib bora olmadim. Firma juda yosh edi. Men esa undanam yosh va tajribasiz edim. Armonim uni istiqbolli faoliyatini ko’rish nasib qilmadi. Yosh ketdi…
  2. 5 6 yil zakovat kulubi mashg’ulotlarida qatnashdim. Xatto Respublika chempioni bo’ldim. Lekin ekran o’yinlarida qatnashishga kelganda chet el safari chiqib qoldi va o’yinlarda qatnasha olmay qoldim. bu ham xozircha armon…
  3.  Xitoyga keldim birinchi marotaba chet elda yangi yilni kutib oldim hammasi zo’r lekin bu safar ham oila azolarim bilan bayramni kutib ololmadim….
  4. Surhandaryoga to’yga bordim lekin o’z singlimni to’yida qatnasha olmadim. Sababi esa ma’lum…

Xullas shunaqa gaplar!. Bu gaplarim kim uchundir oddiy hol kimnidir hatto g’ashini keltirishi mumkin. Lekin bu shunchaki o’zim uchun sarhisob o’zim uchun esdalik halos. Yil davomida bundanda yozishga arzigulik voqealar anchadir balik ahir yil 365 kundan iborat. Lekin men bir o’tirishda esimda qolganlarnigina yozdim halos. Bular shunisi bilangina qadrli men uchun! Sanalgabnlar ichida 10 ta ijobiy 4 ta salbiy xolatni eslay oldim.

Demak yil juda yaxshi o’tdi. Demak men 85 % ni ichida borman!  :)

Добавить комментарий