15.09.2012 — UMID NARIMOV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-cavol: Tarqatma material

savol-1

Qarshingizdagi tasvirlarni maksimal qisqalikda ifodalab bering.
JAVOB: “A” harfi.
Izoh: Misr iyeroglifida buqa boshi “A” harfini anglatgan. Musht imo-ishoralar tilida “A”ni bildiradi. 3-rasmdagi tasvir esa dengizda “A” harfini kodi hisoblanadi. Oxirgi to‘rtinchi tasvir finikiya alifbosida Alefni, ya’ni “A” harfini anglatgan. O‘yinimizni birinchi savolini “A” harfi bilan boshlashga qaror qildik.

2-savol: Savol juda qisqa. Braziliyaning Buizos shaxrida qaysi fransuz aktrisasiga haykal o‘rnatilgan.
JAVOB: Brijit Bordo.
Izoh: Alfavitni davom etirgan holda ikkinchi savolimizni javobi “B” harfidan bo‘lganini maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisobladik. Uni Ustiga Mamlakat va shaharlarning “B” harfidan boshlanishi Bridjit Bordoga kichik bir sha’ma edi.

3-savol: Ushbu savolga maksimal aniqlikdagi javobgina qabul qilinadi. Hindlar shaxmatda bu figurani turgan joyidan bir qadam oldinga va dioganal bo‘yicha to‘rtta tarafga bir qadamdan yurgizishgan. Savol bu qaysi shaxmat figurasi va nima uchun shunday harakatlantirishgan?
JAVOB: Fil. Bu yurish filni to‘rtta oyog‘ini va xartumini ifodalar ekan. (Shaxmat doskasida uchinchi katakda fil turadi. Savolimiz ham uchinchi)

4-savol: “Obitel zla — 4: “O‘limdan keyingi hayot” filmida bosh qaxramon Elis Alyaskadan qaytarkan o‘zining kichik samalyoti bilan zombilarga to‘lib ketgan Los-Anjeles shahridagi bir muassasa binosini tomiga qo‘nadi. Binoda besh oltita kishi jon saqlayotgan edi. Ushbu bino atrofi zombilar bilan o‘rab olingan bo‘lib u yerdan chiqib ketishning iloji yo‘q bo‘lgan. Filmda bir personaj Elis va boshqalarga ushbu binodan chiqib ketish yo‘li borligini aytadi. Savol: Agar siz Elis qanday muassasa tomiga qo‘nganini bilgan bo‘lsangiz, ushbu binodan chiqib ketish yo‘lini aytgan personaj qaysi roli bilan mashhurlikka erishganini toping.
JAVOB: Maykl Skolfild
Izoh: Elis qamoqxonani tomiga qo‘ngan. Uentuort Miller esa “Pobeg iz tyurmi” teleserialida qamoqxonalardan qochishni rejalashtiradigan Maykl Skolfild roli bilan mashhur. Buni qarangki, “Obitel zla-4”da ham u bu ish bilan shug‘ullanishga urinib ko‘rgan.

5-savol: Uning eng qadimgisi Tutanxamonni tobutidan topilgan. O‘rta asrlarda U muayyan bir ijtimoiy funksiyani ham bajargan. Fransiya qiroli Genrix IV davrida UNI tashlanishi natijasida 12 minggacha dvoryan hayotdan ko‘z yumgan. Savol UNI toping.
JAVOB: Qo‘lqop.
Izoh: Genrix IV davrida dvoryanlar orasida duelga chiqish modaga kirgan. “Qo‘lqopni tashlash” iborasi esa duelga chaqirish ma’nosini anglatadi.

6-savol: (boshlovchiga eslatma: qoraytirilgan so‘zlarga alohida urg‘u berib o‘qish kerak)
Beruniyning yozishicha, hindlarni janubiy shaharlarida xurmo va narjilga o‘xshagan bo‘yi uzun daraxtlar o‘sar ekan. Mamlakatning o‘rta va shimoliy qismida esa to‘z nomli daraxt o‘sishini yozib qoldirgan. Savol nima uchun Beruniy bu daraxtlarni o‘zining qo‘lyozmalariga kiritgan?
JAVOB: Chunki bu daraxt xom ashyosi mos ravishda o‘z hududlarida yozuv vositasi – ya’ni qog‘oz vazifasini bajargan ekan.
Izoh: Savolda ham uch marotaba yozuv bilan bog‘liq so‘zlar ishlatildi.

7-savol: Tarqatma material.

post-43-13468590399944

Qarshingizdagi rasm O‘lik dengizining janubi-g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan tog‘da suratga olingan. Fotosurat markazida achchiq toshdan tashkil topgan qoyachani ko‘rib turibsiz. Savol, ushbu qoyachani ikkita so‘z bilan yozib bering.
JAVOB: Lut Alayhissalomning xotini.
Izoh: Lut qavmi to‘g‘risidagi afsonadan xabaringiz bo‘lsa kerak.

8-savol: U 1919 yili 10 fevral kuni Alyaskaning Nom shahrida dunyoga kelgan. Bir necha yil shaharga oziq-ovqat olib kelish bilan shug‘ullangan. Hayotining so‘nggi damlarini Klivlendda o‘tkazdi. Nyu-Yorkda unga o‘rnatilgan haykal tagida uchta so‘z bo‘lib, ulardan biri “chidamlilik” so‘zidir. Savol: uni toping.
JAVOB: Balto
Izoh: 1925 yili Nom shahrida difteriya epidemiyasi tarqalganda Balto qo‘shni shahardan antioksin olib kelib, bir qancha odamlarning jonini saqlab qolishga yordam berganligi sizlarga ma’lum (haykal tagidagi chidamlilik, sadoqat, aql so‘zlari bitilgan).

9-savol: Bu shaharga 1899 yili oltin izlovchilar tomonidan asos solingan. Ikkinchi jahon urushi paytida Amerika samolyotlarini SSSRga yetkazib berilishida ushbu shahar orqali o‘tgan aviatrassadan foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu shahar NOMi dunyoga har yili o‘tkaziladigan poyga bilan tanilgan. Yordam sifatida shuni aytishimiz mumkinki, bu poyga Ankoridj shahri yaqinidan boshlanadi. Savol: biz sizdan bu poyga qanday poyga deb so‘ramaymiz, siz bizga gap ketayotgan shahar NOMini yozib bering.
JAVOB: Nom.
Izoh: Ayditarod deb nom olgan itlar poygasi Ankoridj shahridan boshlanib, Nom shahrida tugaydi. Sezgan bo‘lsangiz kerak, bu poyga Balto yurgan marshrut bo‘yicha o‘tkaziladi. Oldingi savolda Baltoni Nom shahrida tug‘ilganligini ham aytib o‘tgan edik.

10-savol: Den Braunning “Da Vinchi siri” asarida yozilishicha, Eyfil minorasi Fransiya uchun unchalik ham mos kelavermas ekan. Bunga argument sifatida ramzlar bo‘yicha mutaxassislar ikkita atoqli otni misol keltirishadi. Savol ushbu atoqli otlarni yozib bering.
JAVOB: Pipin va Napaleon. (Pipin Pakana va Napaleon Bonapart javoblari ham qabul qilinadi)

11-savol: Futbol bo‘yicha 2012 yilgi Yevropa chempionatida Angliya quyidagi shior bilan ishtirok etdi. “Bitta kubok, ikkita mamlakat, uchta ….”. Savol: uchta nima?
JAVOB: Sher.
Izoh: Angliya Gerbida uchta sherni tasvirini ko‘rish mumkin.

12-savol: Diqqat qiling savolda o‘zgarish bor. TЕRMINATOR noqonuniy yo‘l bilan olib kelingan yashirincha tovar. TЕRMINATOR ta’riflanganda kerosin, zuluk va yarim yil so‘zlari ishlatilgan. Narxi 3 so‘m 12 tiyin. Savol: TЕRMINATOR so‘zini qaysi so‘z bilan almashtirdik?
JAVOB: Titanik
Izoh: “12 stul” asarida “Titanik” nomli bo‘yoq shunday ta’riflangan: “issiq-sovuq suv ham, sovun ko‘pigiyam, kerosin ham kor qilmaydi. Zulukday qora. Bir shishasi yarim yilga yetadi. Narxi 3 so‘m 12 tiyin”. “Titanik” filmi rejissyori Jeyms Kemeron “Terminator” nomli filmni ham suratga olganidan xabaringiz bor.

13-savol: Braziliyaning mayda chaqalari — sentavosining avers qismida janubiy xoch yulduzi tasvirlangan. Revers qismlaridagi tasvirlar esa nominaliga qarab o‘zgarib boradi. 50 sentavolik tangada Braziliyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Joze Marii da Silvы Paranyus Juniora tasvirlangan. 25 sentavolik tangada esa Braziliyaning birinchi prezidenti feldmarshal Manuela Deodoru da Fonseka tasvirlangan. Shuningdek 10 sentavoligida imperator Pedru I, 5 sentavolik tangada Braziliya mustaqilligi uchun kurashgan Juakina da Silvы Shavyerani tasvirini ko‘rish mumkin. Savol: 1 sentavolik tangada kim tasvirlanganligini toping!
JAVOB: Pedro Kabral Izoh: Braziliyani aynan Kabral ochgan.

14-savol: Tarqatma material. (Boshlovchi she’rni o‘qimasligi shart)

Otlar yelar,
yo‘llari oppoq,
Tuyoqlari, yollari oppoq,
Oq libosda chavandozlari –
Annaning sonsiz lashkari.

Humoyun Akbarov qalamiga mansub ushbu she’rning bitta joyida 3 ta harf tashlab ketilgan. Ushbu 3 ta harfni yozib bering.
JAVOB: MUQ.
Izoh: Muqanna qo‘zg‘aloni “oq kiyimlilar” qo‘zg‘aloni nomi bilan mashhur. She’r nomi “Muqanna hayoli” deb nomlangan.

Otlar yelar,
yo‘llari oppoq,
Tuyoqlari, yollari oppoq,
Oq libosda chavandozlari –
MUQannaning sonsiz lashkari.

15-savol: Markiz de Sadning hikoyalaridan birida bir personaj shunday deydi: “Agar xonada pashsha bo‘lmasligini xohlasang, unda xonadan shakarni chiqarib tashla”. Hikoya qahramoni bu bilan jamiyatdagi qanday salbiy holatni yo‘qotish yo‘lini tushuntirmoqchi bo‘lganligini maksimal aniqlikda yozib bering.
JAVOB: Mamlakatda gadoylikka qarshi kurash (Fransiyada gadoylarni yo‘qotish)
Izoh: Personaj o‘z fikrini quyidagicha tushuntiradi. Gadoylarga qanchalik ko‘p sadaqa bersang, ularning soni ko‘payib boradi. Ularni yo‘qotishning eng samarali usuli ularga sadaqa bermaslikdir.

16-savol: “Obitel zla” mavzusini davom ettiramiz. Pol Andersonning “Obitel zla” filmida “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” va “Alisa ko‘zgu ortida” ertaklariga shama qilingan holatlarni ko‘rish mumkin. Masalan, imperatorning ismi Qizil Qirolicha, virus “T” tajribalari oq quyon ustida o‘tkaziladi, press-papye “Alisa ko‘zgu ortida” va hakozo. Savol, filmda ertakka nisbatan qo‘llanilgan asosiy shamani toping.
JAVOB: Bosh qaxramon ismining Elis ekanligi.
Izoh: Birinchi turni 4-savolida Elis haqida sizga aytib o‘tgandik.

17-savol: (Savol boshqa savol bilan almashtirildi)
Mashhur ispan rassomi Salvador Dali Franko hokimiyat tepasiga kelgach AQSHga ketishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik qadrdon yurti Kataloniyaga qaytib keladi. Umrining oxirlarida bir kasallikka chalinib ijod qilishdan to‘xtagan. Savol: ushbu kasallikni bitta so‘z bilan ifodalang!
JAVOB: Parkinson.
Izoh: Rang ajrata olmasdan ham rasm chizish mumkin, ammo qaltiragan barmoqlar bilan rasm chizish amri mahol. Parkinson kasalligining asosiy belgilaridan biri bosh va ko‘rsatkich barmoqlarning qaltirashi hisoblanadi.

18-savol: Tarqatma material.

Untitled-1

Mutaxassislar fikricha ularni qarindoshlaridan farq qilishiga sabab ayrim pigmentlarni yetishmasligi ekan. Bundan tashqari ko‘zlarining moviyligi bilan ham farqlanadi. Savol: Uni ikkita so‘z bilan ifodalang.
JAVOB: Oq yo‘lbars.
Izoh: Qarshingizda 2012 yili Shaxnazarov tomonidan sur’atga olingan “Oq yo‘lbars” nomli filmdan olingan lavha. Unda nemislarning “Oq yo‘lbars” laqabli tanki ko‘rsatilgan.

19-savol: Franklin o‘z biznesidan tashqari poygachi otlarga juda qiziqqandi. Tennesi shtatidan yer sotib olib 30 ta otxona, poyga uchun trek, hayvonlar uchun ko‘rgazma maydoni tashkil qilgan. O‘limidan keyin bo‘lsa ham 1940 yilda uning xo‘jaligidan Gallahadion (Gallaheydon) laqabli ot “Kentukki Derbi” poygasida g‘alabaga erishdi. Savol, Franklinning eng mashhur brendini toping.
JAVOB: Snikers
Izoh: Franklin Mars o‘zining mashhur brendi “Snikers” shokolodiga sevimli otini nomini bergan.

20-savol: Qadimgi hindlar tillani raso deyishgan. Savol: Hindlarda Rasoyana deb atalgan fanni biz qanday ataymiz?
JAVOB: Alkimyo.
Izoh: Alkimyogarlar har qanday buyumdan tillani yaratishga urinishlari bizga sir emas.

21-savol: Vikipediyaga ko‘ra, taxminan 1170 yillarda Gilyermo oilasida “yaxshi o‘g‘il dunyoga keladi”. Savol, ushbu o‘g‘ilning ismini yozib bering.
JAVOB: Leanardo (Leanardo Pizanskiy yoki Fibonachchi javoblari ham qabul qilinadi)
Izoh: Fibonachchi – versiyalarga ko‘ra Figlio Buono Nato Ci o‘zbekchada — “yaxshi o‘g‘il dunyoga keldi” degan ma’noni anglatadigan iboradan kelib chiqqan ekan. (Darvoqe Fibonachchi to‘g‘risidagi savol Fibonachchi raqamlaridan birida o‘ynalyapti)

22-savol: Siyosatchilardan biri tomonidan aytilib, biroz o‘zgartirilgan sitataga diqqat qiling. “…Hattoki ular yovvoyi, shavqatsiz, vahshiy, fanat bo‘lishlariga qaramasdan, biz dunyo rahbarlari sifatida, umumbashariy ezgulik uchun, eskisigayam yangisigayam tegmaymiz”. Savol, eskisi va yangisini toping.
JAVOB: Kioto, Tokio.
Izoh: ushbu sitata Garri Trumen Yaponiyaga atom bomba tashlashdan oldin so‘zlagan nutqidan olingan.

23-savol: Sportdialog.ru saytidaga maqolalardan birida nima uchun amerikaliklar yevropacha futbolni sevmasliklari haqida yarim hazil yarim chin 5 ta sabab ko‘rsatilgan. Birinchisi — amerikaliklar birorta ham ashulani bilmasligi, ikkinchisi — futbol amerikada onalar sporti ekanligi, uchinchisi — futbolda rivojlanish uchun imkoniyat bo‘lganligi-yu, lekin uni qo‘ldan chiqarganligi, to‘rtinchisi — amerikada sportdagi bezorilikning yo‘qligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Savol: maqolada keltirilgan beshinchi sababni toping!
JAVOB: Amerikaliklarning futbol o‘ynashni bilmasliklari.

24-savol: Tarqatma material.

Untitled

Qarshingizda 2009 yili suratga olingan filmning posterini ko‘rib turibsiz. Savol ushbu filmning orginal nomini toping!
JAVOB: “Ya”
Izoh: Igor Voloshinning avtobiogrofik kinofilmi “Ya” deb nomlangan. Poster markazida Ya harfini ko‘rishingiz mumkin. Bugungi o‘yinimizni “A” harfi bilan boshlagandik, “Ya” harfi bilan tugatamiz

Добавить комментарий