26.05.2012 — ZUHRIDDIN YOMIDDINOV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol: Onoriy Bustos Domekning Argentinada chop etgan kitobi tez orada o‘z muxlislari hamda tanqidchilarini topadi. Xose Luis Borxes uning asarini Adolfo Kaserosning asarlari bilan soltishtirib, yozuvchi haqida shunday deydi: “Uning asarlari na Adolfo Kaserosning yozgan asarlariga, na mening yozgan asarlarimga o‘xshaydi”.
Savol: Onoriy Bustos Domek kimning taxallusi?
Javob: Xose Luis Borxes va Adolfo Kaserosning birgalikdagi taxallusi
Izoh: Uning yozgan asarlari na Adolfo Kaserosning mensiz yozgan asarlariga, na mening usiz yozgan asarlarimga o‘xshaydi.
2-savol: U tug‘ilganida bu ism bilan nomlanishining sabablaridan biri uning otasining MakDonalds restoranlarini yoqtirishi bo‘lgan. Keyinchalik bu xislat uning o‘ziga ham o‘tgan. Kunlardan birida og‘ir operatsiyalardan so‘ng hushiga kela solib xotinidan gamburger olib kelishni so‘raydi. Savol: U kim?
Javob: Ronaldo Luis Nazario De Lima
Izoh: MakDonalds ramzi Ronald ismli masxaraboz.
3-savol: Muallif Sumo musobaqalari natijalari haqidagi maqolani o‘qib X (katta iks) ga bag‘ishlangan xokkuni yozadi:

Butun doxyo tuz bilan qoplangan
Natija qanday bo‘larkin
May oyining x (kichkina iks) si.

Savol: Birinchi va ikkinchi X lar o‘rnidagi bir so‘zni aniq yozib bering.
Javob: Basyo va basyo
Izoh: Katta IKS – inson, mashhur xokkuchi M.Basyo, kichkina iks — sumo mosobaqasining nomi.
4-savol: Quyida ro‘yxatni yozib oling:
1. Formula-1 bo‘yicha 2011 yilning so‘nggi gran prisi, ya’ni Braziliya gran prisi g‘olibi
2. Qadimgi Rim Konsullaridan biri
3. Eduardo Saverinning yaqin do‘sti
4. “Yig‘layotgan qotil” filmidagi bosh rol ijrochisi va h.k.
Savol: Yuqoridagi ro‘yxatga kiritilishi mumkin bo‘lgan 1956 yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan inson tomonidan qoldirilgan eng katta yodgorlikni ayting.
Javob: Mark Vayl nomidagi “Ilhom” teatri
Izoh: Ro‘yxat bo‘yicha 1. Mark Uebber. 2. Mark Tulliy Sitseton. 3. Mark Sukerberg. 4. Mark Dakaskos. Bu ro‘yxatga kiritilishi mumkin bo‘lgan inson Mark Vayl 1996 yilda “Ilhom” teatriga asos solgan.
5-savol: Regbichi Djonni Uilkinson har bir o‘yinda o‘rtacha 2 tadan drop gol urishi odatga aylanib qolgan. Mazkur statistikadan xabardor mutaxassislar Angliya terma jamoasi har o‘yinni shunday hisob bilan boshlaydi deb hazillashardilar. Yaqinda o‘yinlarning birida o‘yin davomida jamoasi yutqazayotganiga qaramay jamoasiga mazkur hisobdagi g‘alabani olib kelgan inson 2008 yilgi qaysi terma jamoa a’zosi bo‘lgan?
Javob: “Zakovat” bilimdonlar terma jamoasi
Izoh: Har bir drop gol uchun regbida 3 ochko beriladi (2 tasi 6 ochko). Savolning 2-yarmi “Zakovat” o‘yinlari haqida edi. O‘z jamoasiga 6-0 hisobidagi g‘alaba olib kelgan inson bu Nizomiddinxo‘ja Nig‘monov va u 2008 yilning final o‘yinida “Zakovat” terma jamoasi tarkibida o‘ynagan.
6-savol: Bu mudhish hikoya ishtirokchilarining to‘rttasini ismi quyidagicha bo‘lgan: Piroya, Eoya, Flegona, Etona. Savol: O‘z nomini harakat vositasiga bergan beshinchi ishtirokchi nomini ayting.
Javob: Faeton
Izoh: Gelios xudosining aravasini tortadigan beshta tulpor laqabi haqida gap ketmoqda.
7-savol: Piyodalar uchun — 5 sm., yuki bor piyodalarga – 7 sm., yengil avtomobillarga – 26 sm., yuk tashuvchi “UAZ” avtomobillariga – 37 sm., “Zil” transportiga – 45 sm., traktorlarga – 60 sm. Savol: Mazkur meyorlar buzilsa, natija qanday bo‘ladi?
Javob: Muz yorilib ketadi.
Izoh: Yuqoridagi raqamlar muzning qalinligi haqida edi, ya’ni shunday qalinlikdagi muz inson va transportlarni ko‘tara olishi haqida.
8-savol: Uning o‘limining sababi kuchli charchoq bo‘lgan va u Mavzoleyda dafn qilingan. Uning keng peshonasi esa uning qobiliyatidan dalolat bergan. Uning iqtidori esa 12 ta talantga tenglashtirilgan. U faqat bir inson oldida boshini eggan. Sizlar u kimning oldida bosh egganligini yozib bering.
Javob: Aleksandr Makedonskiy
Izoh: Gap uning oti Butsefal haqida borayotgandi.
9-savol: Bir necha yil oldin Argentina Prezidenti Nestor Kirxner o‘zining vatandoshlaridan biri bilan uchrashadi. Prezident o‘z vatandoshini xizmat safaridan qaytib kelgani bilan tabriklaydi, uning vatandoshi esa o‘z navbatida prezidentga bir predmetni sovg‘a qiladi. U inson bu predmetdan 2006 yil 9 iyul kuni foydalangan edi. Sizlar bu predmetning nomini toping.
Javob: Qizil kartochka. Argentinalik futbol hakami Orasio Elisonda bu kartochkani Zayniddin Zidanga ko‘rsatgan edi.
10-savol: Vilgelm fon Simenson ismli inson uni 1919 yilda Germaniyada “yaratadi”. Ammo uni amaliyotga joriy qila olmaydi. Bu ishni fransiyalik Moris Lore amalga oshirgan. Bu yangilik Fransiyada 1968 yil 1 yanvarda joriy qilinishidan oldin uni Afrikaning Kot-d’Ivuar davlatida sinovdan o‘tkazishadi. Hozirda 80 ga yaqin mamlakatlarda uning bir qancha variantlari mavjuddir. 1990 yillardan so‘ng, u O‘zbekiston, Rossiya, Estoniya kabi davlatlarda ham amalda qo‘llanila boshlandi. Sizlar uni yozib bering.
Javob: QQS (Qo‘shilgan qiymat solig‘i)
11-savol: Xitoy maqoliga ko‘ra IKS doimo katta bo‘lar ekan. Tushlar ta’biri to‘g‘risidagi kitobda IKS qisqa muddatli xursandchilikni angalatishi aytilgan. Bizda esa xitoy maqoliga o‘xshash maqol bor. Unda ro‘zg‘ozda ishlatiladigan predmet esga olinadi. Sizlar o‘sha o‘zbek xalq maqolini yozib bering.
Javob: IKS — bu qarmoqqa ilinib, ammo qochishga muvaffaq bo‘lgan baliqdir. Xitoyliklar maqoliga ko‘ra qarmoqni uzib qochgan baliq doimo katta bo‘lar ekan. Bizda esa “Yo‘qolgan pichoqning sopi oltindan bo‘ladi” degan maqol bor.
12-savol: Bir kuni mashhur yozuvchi Mixail Lermontov Kavkazdagi xizmati davomida o‘zining uch xizmatdoshi bilan sayohatga yo‘l oladi. Yo‘lda sodir bo‘lgan voqeani eslab adabiyotshunos Pavel Fokin bir asarning boshidagi voqealarni eslaydi. Qaysi asar?
Javob: “Uch mushketyor”
13-savol: Formula-1 poygalarida Monoko Gran prisidagi tunnel trassaning eng xavfli qismi hisoblanadi. Bunga sabab poygachilar tunnelga kirganlarida yorug‘likning keskin pasayishidir. Poygalarning birida yorug‘likdan tashqari tunnel yana bir xavf tug‘dirish ehtimoli borligi kuzatiladi. Shu sababli tashkilotchilar poyga boshlanmasidan oldin tunnelga yong‘in o‘chirish mashinalarini chaqiradilar va ularning xizmatidan foydalanadilar. Tashkilotchilar nima sababdan yong‘in o‘chirish mashinalarini chaqirishga majbur bo‘lganliklarini toping.
Javob: Yomg‘ir sababli
Izoh: Sababi ochiq trassa yomg‘ir natijasida nam bo‘lgan, tunneldagi yo‘l esa o‘z-o‘zidan quruq bo‘lgan.
14-savol: 20 asrning 70-yillarida o‘rmonchilar daraxtlarga, fermerlar esa yilqilarga belgi qo‘yishning yangi usulini o‘ylab topadilar. Hozirda bu usul insonlar tomonidan boshqa maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Bu maqsadni amalga oshirishdan oldin maxsus ekipirovka kiyish talab etiladi. Sizlar bu ish qanday atalishini bir so‘z bilan yozib bering.
Javob: Peyntbol
15-savol: “Mag‘lub etilmaganlar” nomli hikoya voqealari Amerikada 19 asrning birinchi yarmida sodir bo‘ladi. Unda quldor o‘z quliga bir turdagi bellashuvni taklif qiladi. Agar qul BU ISHNI amalga oshira olsa, ozod etiladi. Quldor bu bellashuvda, o‘zining quliga nisbatan ustunlikka ega ekanligini hisobga olgan holda aytingchi, BU ISH deganda biz nimani nazarda tutdik?
Javob: Shaxmatda qora donalar bilan yutish.
16-savol: Tavassur qiling, Amerika. 1930-yillardagi inqiroz davri. Ishsiz qolgan insonlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida avvalgi yaxshi davrlarni eslashardi. Chunki ularning hech qanday mol-mulklari qolmagan. Lekin bu ular uchun muammo emasdi. Negaki ular bir yangilik tufayli mol-mulklarni sotib olishga yana qodir bo‘ladilar. 1 daqiqadan so‘ng, o‘sha yillarda ishsiz qolgan sobiq savdo agenti Charlz Darrouning ixtirosini yozib bering.
Javob: Monopoliya o‘yini
17-savol: Xitoylik Yun Kvan ismli inson o‘z uyi oldida 3 mertlik piramidani yasagan. Bu piramidaga material sifatida o‘zining ish faoliyati davomida chiqqan chiqindilardan foydalangan. Bu chiqindilar 28000 ming dona bir xil tipdagi predmetlar edi. Bu piramida insonlarga o‘z vaqtida profilaktika amalga oshirish kerakligini eslatib turardi. Aytingchi, Yun Kvanning kasbi nima?
Javob: Jarroh-stomatolog
18-savol: 2007 yilning 15 dekabridagi uchrashuvda “Blekbern” jamoasi hujumchisi Roke Santa Kruz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ladi. Santa Kruz o‘z gollarini boshiga bir narsa kiygan holda nishonlaydi. Sizlar Santa Kruz boshiga nima kiyganligini aniq yozib bering.
Javob: Santa Klaus qalpog‘i

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий