12.05.2012 — ZAFAR MADAMINOV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol: Sizni qo‘lingizdagi tarqatma meterialda Sirojiddin Sayyid qalamiga mansub she’rning ikki misrasi berilgan. Har ikki misrada uch so‘zdan iborat so‘nggi qator tushirib qoldirilgan. Aynan shu uch so‘zli birikmaga mazmun va ma’no jihatdan juda yaqin bo‘lgan uch so‘zli boshqa bir birikmani eshitganimizda ta’bimiz xira tortishi aniq. Sizlar menga tushirib qoldirilgan uch so‘zni yoki she’rni sarlavhasini yozib bering. Vaqt ketdi.

000

Javob: Xizmat hududidan tashqaridadir. O‘ylanmanki, xozir sizlarning telefoningizga sim qoqqanlar ham huddi shunday javobni olishadi. Turnir davomida telefonlaringizni o‘chirib qo‘yishni unutmang.
2-Savol Bir voqeaga bag‘ishlab, AQSHda 1991 yilda 1 dollarlik kumush tangalar bosib chiqarilgan. Tanganing revers qismida o‘rtasidan gorizontal chiziq o‘tkazilgan bir hududning tasviri tushirilgan. Savol: qaysi voqeaga bag‘ishlab bu tangalar bosib chiqarilgan.
Javob: Koreya urushi tugashining 38 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan, 38-gradus paralleldan o‘tkazilgan chegara chizig‘i. Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida.
3-savol: U siklonlarning sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antitsiklon chetlarida paydo bo‘ladi. Uni ba’zi manbalarda qasirg‘a deb ham atashadi. XX asr so‘ngida yuz bergan bir voqeaning nomida ham u bor. Hattoki, ikki jamoa bo‘lib o‘ynaladigan, har birida olti kishidan iborat ishtirokchi qatnashadigan o‘zbek milliy harakatli bolalar o‘yini ham shunday nomlanadi. Betxovenning ushbu kompozitsiyasi ham aynan unga bag‘ishlangan. Uni toping.
Javob: Bo‘ron
Izoh: Bo‘ronlar siklonlarning sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antitsiklon chetlarida paydo bo‘ladi. XX asr so‘ngida yuz bergan bir voqea – “Sahrodagi bo‘ron”.
4-savol: Respublikamizdagi bu joy nomining kelib chiqishi quyidagicha: 18-19 asrlarda bu yerda yaqin hududlarda yetishtirilgan g‘alla ekinlari to‘planadigan katta ombor bo‘lgan. Keyinchalik shu ombor tufayli bu hudud shunday atala boshlagan. Yordam sifatida aytishim mumkinki, mashhur bir shaharga shimol tomondan kirib borishda albatta shu hudud, aniqrog‘i, shu nomdagi tuman kesib o‘tiladi. Ushbu hudud nomini toping.
Javob: Dang‘ara.
Izoh: g‘alla ekinlarining yana bir nomi bu donli ekinlar. O‘simliklar va boshqa ekinlar poyalari yoki donlari birgalikda g‘aram deb atalgan. Qo‘qon xonligi ombori shu yerda bo‘lgan.
5-savol: Avvalgi o‘yinlarda xokku, endi tanka. Eslatma: tarjima tanka yozish qoidalariga to‘g‘ri kelmagan.
Vakayama Bokusi tankasi:

Oqshom xasrati!
Qirmiz xasrati!
Ozgina IKS!
Xushbo‘y ko‘katlarning hidiga
To‘lib ketar o‘shanda xonang.
IKS so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?
Javob: Sake
6-savol: Blis.
1. 2009 yilda AQSHda bir inson tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlab 1 dollarlik kumush tangalar bosib chiqarilgan. Tanganing orqa, ya’ni revers tomonida kitob o‘qiyotgan bolaning surati tushirilgan. Savol, bu tanga kimga bag‘ishlab chiqarilgan?
2. 2001 yilda AQSHda bir muzey ochilishi munosabati bilan 1 dollarlik kumush tangalar bosib chiqarilgan. Tanganing revers tomonida bizon surati tasvirlangan. Birinchi kelgan fikrdan qochingda, bu tangalar qaysi muzey ochilishiga bag‘ishlab tushirilganligini yozib bering.
3. Uning original variantida — Ben Stiller, Kris Rok, Devid Shvimmer va Djard Pinket Smit. Rus tilidagi versiyasida esa — Konstantin Xabenskiy, Oskar Kuchera, Aleksandr Sekalo va Masha Malinovskayalar. Savol, bularning barchasini qaysi geografik obyekt birlashtiradi?
JAVOBLAR:
1 — Lui Brayl – Tangadagi kitob o‘qiyotgan bolaning ko‘zlari ko‘r.
2 — Amerika hindulari milliy muzeyi — bizonlar hindular hayotida katta rol o‘ynaydi.
3. Madagaskar – gap “Madagaskar” multfilmi haqida. Bu insonlar ushbu multifilmda she’r — Aleks, zebra — Marti, jirafa — Melmana va begemot — Gloriyaga ovoz berishgan.
7-savol: Bu ota XX asrning boshida tug‘ilgan. Ota o‘zining ikkinchi farzandidan 50 yoshga katta. Eng kichik farzandidan esa 62 yosh katta. Otaning 1 va 5-farzandlarining ismi bir xil bo‘g‘indan boshlansa, 2 va 6-farzandlarining ismi bir-biridan faqat bosh harflari bilan farq qiladi. 4-farzandning ismi esa 5-farzand ismining so‘nggi bo‘g‘ini bilan bir xil talaffuz qilinadi. Sizlar menga 1 minutdan so‘ng yuqorida eslab o‘tilmagan farzandlar ichida eng mashhuri bo‘lgan 3-farzandning ismini yozib bering.
Javob: UYEFA (1954 yil 15 iyunda tashkil topgan)
Izoh: FIFA 1904 yilda tashkil topgan. 1-farzand — Konmebol 1916 yil, 2 — AFK — 1954 yil, 4 – KAF — 1957 yil, 5 — Konkakaf 1961 yil, 6 – OFK — 1966 yil.
8-savol: Nemis tilida “bier” – bu pivo degani, “fidle” – skripka. Bu ikki so‘z birlashganda hosil bo‘lgan “bierfidler” so‘zi qanday ma’noni bildiradi.
Javob: Yomon musiqachi
9-savol: AQSHlik yozuvchi Vashington Irving Yevropaning bir hududiga sayohatidagi esdaliklarida bir kasb egalarining juda ham yaxshi yashashlari, o‘z ishlaridan katta foyda ko‘rishlari haqida gapirib o‘tadi. 1732-yilda tug‘ilgan fransuz va 1792 yilda tug‘ilgan italyan ham bu kasb egalarini yodga olib o‘tishadi. Oramizda bu kasb egalari xizmatidan bugun ham foydalanganlar borligi aniq. Ushbu kasb egalarini toping.
Javob: sartarosh
Izoh: Vashington Irving Andalusiyaga sayohat qilgan. Bomarshe 1775 yil “Sevilyalik sartarosh” komediyasini yozgan. Joakkino Rossini bu komediyani bastalagan.
10-savol: Muxammad Alining “Sarbadorlar” asarida yozilishicha, asar voqealari bo‘lib o‘tgan Samarqand shahrida yilning ma’lum bir vaqtida bir oy davomida onda-sonda yosh bolalar tomonidan “badbo‘y qo‘shiqlar” deb nomlangan qo‘shiqlar kuylangan. Ammo bunday qo‘shiqlar har doim ham kuylanavermagan. Faqatgina bir holat yuz bersagina shunday qo‘shiqlar kuylangan. Gap yilning qaysi davri haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, qanday holatda bunday qo‘shiqlar kuylanganini aniq qilib yozib bering.
Javob: Ramazon oyida bolalar ramazon qo‘shiqlarini kuylashgan. Agarda uy egasi o‘z eshigini ochmasa, badbo‘y qo‘shiqlar kuylangan. Bu qo‘shiqlarda uy egasining xasisligi, cho‘loqligi, semizligi yoki shunga o‘xshash turli kamchiliklari aytilgan.
11-savol: Uning adashi bir ishni amalga oshirganlar orasida birinchi bo‘lsa, familiyadoshi esa 1606 yilda Yangi Gvineya orolining janubiy qirg‘oqlarini va Marjon dengizini zabt etadi. Oradan 402 yil o‘tib uning o‘zi Yevropani zabt etilishda hal qiluvchi paytda asosiy rolni o‘ynaydi. Yana oradan 4 yil o‘tib, Yevropaning kichik yangi yerini to‘laqonli zabt etilishida u yana asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Uning kimligini toping.
Javob: Fernando Torres
Izoh: Ismdoshi Fernando Magellan. Familiyadoshi esa Luis Vayes de Torres. Fernando Torres Yevropa chempionati finalidagi gol va Barselonani Nou Kampda (Yangi yer) mag‘lubiyatga uchratishdagi asosiy figuralardan biri bo‘lgan.
12-savol: U bir mamlakatda bir toifa insonlar orasida mashhurlikka erishgan. Qo‘lingizdagi tarqatma materialda uning bir qismiga ishlangan so‘zlar va rasmlardan iborat jumboq berilgan. Ushbu jumboq javobini tarqatmadagi ketma-ketlikka yaxshilab e’tibor bergan holda topib, yozib bering.

jumboq

Javob: “Zakovat” qo‘shig‘i.

Ko‘z ilg‘amas ummonning bor adog‘i,
Bog‘-u, dala, o‘rmonning bor adog‘i,
Xatto moviy osmonning bor adog‘i,
Ammo oliy tafakkurda sarhad yo‘q.

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий