12.05.2012 — NURMUROD INOG‘OMOV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol: 2012 yili 11 mayda chop etilgan Syurixning “Tages-Anzeiger” gazetasining bir maqolasida yozilishicha, Vashingtonda o‘tkazilgan konferensiyada olim doktorlar va diyetologlar shuni aytishkanki, agar AQSH aholisi shu yashash sharoitida yashashda davom etaversa, u holda 2030 yilga kelib AQSH aholisinig 42% semizlikka chalinishi haqida gapirilgan. Maqolada yana ko‘rilishi kerak bo‘lgan choralar haqida ham gapirilib o‘tilgan. Maqola nomi esa “……. lar davlati yo‘ldan adashdi” deb nomlangan edi. Savol: Nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan 3ta harfni yozib bering?
Javob: XXL
Izoh: Aholi semirgandan keyin albatta u kiyadigan kiyimlar ham semizlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Maqola nomi “XXLlar mamlakati yo‘ldan adashdi” deb nomlangan edi. XXL bu kiyimlarning eng katta o‘lchamlaridan biri hisoblanadi.
2-savol: Shekspirning “Romeo va Juletta” asarida Romeo Mantuyada Juletta o‘limini eshitgandan so‘ng aptekaga borib zahar sotib oladigan sahna ko‘rinishi bor. Bu sahna ko‘rinishida Romeoning shunday so‘zlari bor: “Aptekada toshbaqa, krokodil va boshqa dengiz hayvonlarining tulumi(chuchelo)si bor” deb aytadi. Hozirgi kunda aptekada bunday narsalarni ko‘rmaymiz, aptekada bunday narsalar nimaga kerak deb aytishingiz ham mumkin. Shekspir bu gaplarni bekorga yozmagan, sababi Shekspir davridagi aptekalarda ushbu aytib o‘tilgan narsalarni ko‘rish mumkin edi.
Savol: Aptekalar ushbu narsalardan nima sifatida foydalanishgan?
Javob: Viveska sifatida foydalanishgan.
Izoh: O‘sha davrdagi aptekalar oynalariga viveska sifatida hayvonlar tulum(chuchelo)laridan foydalanishgan.
3-savol: Bu inson o‘z davrida dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri hisoblangan. Shaxmatga oid maqolalar chop etadigan jurnalist bo‘lib ishlagan. Sovet shaxmatchilari orasida bir hazil bo‘lgan, unga ko‘ra bu shaxmatchi juda “shirin” shaxmatchi bo‘lgan ekan. Albatta bunday hazil qilinishiga ma’lum bir sabab bo‘lgan.
Savol: Kim bu shaxmatchi?
Javob: Iogann Sukertort.
Izoh: “Suker” so‘zi nemis tilida “shakar” degan ma’noni beradi. Shu sababli hamma sovet shaxmatchilari uni hazillashib shirin shaxmatchi deyishgan.
4-savol: 1980-yili chiqqan bir sovet kinofilmini suratga olish jarayonida bir muommoga duch kelinadi. Bu muommo bir qahramon bilan bog‘liq edi. Agarda qahramonning millatiga aniqlik kiritilsa, demak film 2 davlatdan birida sotuvga chiqmas edi. Ushbu muommoni hal qilishning bir yo‘li o‘ylab topilgan, qahramon daniyalik qilingan.
Savol: Film nomini va 2 davlatni yozib bering?
Javob: “Kuzgi marafon”, GFR va GDR.
Izoh: Georgiy Daneliya o‘zining “Kuzgi marafon” filmiga daniyalik professor Xanson roliga “Shpigel” jurnali muhbiri nemis Norbert Kuxenkeni taklif qilgan. Agarda u nemis qilib ko‘rsatilganida, film yoki FRGda yoki GDR ketmas edi. Rejissyor bu muommoni oldindan ko‘rib, qahramonni daniyalik qilib ko‘rsatgan.
5-savol: Bu sovg‘a lo‘lidan bir ayolga sovg‘a qilingan edi. Lo‘lining fikricha agarda ayol bu sovg‘ani saqlab yursa, u holda uning eri unga qattiq bog‘lanib qolishini, agarda u bu sovg‘ani yo‘qotsa, u holda uning eri boshqa ayol bilan birga bo‘lishini aytadi. Ayol bu sovg‘ani uzoq vaqt o‘zida saqlab, o‘limidan oldin uni keliniga topshirishni vasiyat qiladi. Afsus, bu sovg‘a keyinchalik yolg‘ondan darak beradi.
Savol: Siz menga bu sovg‘ani nimaligini ayting?
Javob: Dastro‘mol
Izoh: Otello Dezdemonaga dastro‘molni sovg‘a qilib berayotganda, bu dastro‘molning tarixini aytib beradi.
6-savol: U 1913 yili “Quyosh ustidan g‘alaba” operasida paydo bo‘lgan. U aktiv insoniyatning passiv tabiat ustidan g‘alabaga erishganligini ko‘rsatib bergan. Keyinchalik, u 1915 yili yana paydo bo‘lgan. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng uning yana 3 ta varianti yaratilgan. Ularga bilimdonlar sevimli ishlarini qilayotganlarida ko‘proq duch kelishsa kerak.
Savol: Uni ayting?
Javob: Qora kvadrat.
Izoh: Kazimir Malevich birinchi qora kvadratini dekoratsiya qilib ifodalagan. Keyin 1915 yili u tugallangan holatda ko‘rgazmada namoyish etilgan. So‘ng rassomning o‘zi uni yana 3 xil variantini yaratgan. Krossvordlarda qora kvadratlar bor.
7-savol: Bu “Albaniyalik” asli Albaniyalik bo‘lmasada sizga juda yaxshi tanish. U dunyodagi eng “baxt”li insonlardan biri hisoblanadi. Sababi u yoshligida “kulib turgan bolakay” obrazini yaxshi yarata olgan. Keyinchalik u “donna bo‘lgan Roza ismli qiz” bilan tanishgan. Bu “ikki sevishganning tarixi” juda uzoq davom etgan.
Savol: Kim bu “Albaniyalik”?
Javob: Mashhur italiyalik qo‘shiqchi — Al Bano. Izoh: Al Bano ismini ma’nosi Albaniyalik ma’nosini beradi. “Baxt”, “Kulib turgan bolakay”, “Donna bo‘lgan Roza ismli qiz”, “Ikki sevishganning tarixi” — bu uning qo‘shiqlarini nomi edi.
8-savol: Bir binoning kiraverishida, Qur’oni Karimning 89-surasi “Al-Fadjr”, ya’ni “Shafaq”dan 4 oxirgi oyati yozilgan: “Sen osoyishta bo‘lgan qalb! Sen hudoning oldiga mamnuniyat va erishgan hursandchiliklaring bilan qaytgin! Mening qullarim bilan kir! Mening jannatimga kir!” so‘zlari bitilgan. Ma’lumotlarga qaraganda u yerga juma kunlari va ramazon oyi vaqtida kirib bo‘lmas ekan!
Savol: Bu qaysi bino?
Javob: Toji-Mahal
Izoh: Jannat nazarda tutilgandan keyin juda chiroyli arxetektura bo‘lishi lozim, oyat yozilgandan keyin musulmonlar bor davlatda qurilgan bino, juma kunlari va ramazon oyida kirib bo‘lmasligiga sabab u yerda masjid bor.
9-savol: 2011-yili AVD Arena joylashgan ko‘chaning nomi uning nomiga o‘tkazildi. Albatta mahalliy muhlislar bu ishdan juda xursand bo‘lishdi. Sababi ularning sevimli qahramonlari doimo birinchi bo‘lishga harakat qilardi. Afsuski, u ko‘p vaqtini ikkinchi yoki uchinchi bo‘lib o‘tkazgan, shu sababli ham unga bu narsa juda kuchli ta’sir qilgan, ruhiy jihatdan u sinib qolgan.
Savol: Kim u?
Javob: Robert Enke.
Izoh: AVD Arena bu «Gannover-96» jamoasining uy maydoni hisoblanadi. “Gannover-96” va Germaniya milliy terma jamoasi darvozaboni bo‘lgan Robert Enke 2011 yili ruhiy hastalik sabab o‘z joniga suiqasd qilgan. U ko‘p vaqtini ikkinchi yoki uchinchi darvozabon bo‘lib o‘tkazgan.
10-savol: Pyer Buast: “U hamma katta yutuqni olishni hohlaydigan lotoreyadir” degan. Avraam Linkoln: “U na jannat va na do‘zahdir, u arosatdir” degan. Jon Styuard Mill aytadi: “U qonunda ruxsat berilgan yagona qulchilikning formasidir”.
Savol: Uni 2 so‘z bilan ayting?
Javob: Turmush qurish.
11-savol: Bu mashhur asar oxirgi yillarda ko‘p davlatlarda orginal nomi ostida sotilayotgani yo‘q. Asar nomida masalan indeys, askar, dengizchi degan so‘zlar paydo bo‘lmoqda. Eng ko‘p nashr etiladigan nomi esa “Hech kim qolmadi”dir.
Savol: Qaysi mashxur asar?
Javob: “10 ta negr bolasi”
Izoh: Ko‘pchilik davlatlarda hozirgi paytda irqchilikka qarshi kurashish boshlangan, shu sababli ham asardagi “negr” so‘zi boshqa so‘zlarga almashtiriladi.
12-savol: Blis.
1) Buyuk Britaniya tarixdan ma’lumki dengizdagi 1-raqamli davlatlardan biri hisoblanishgan. Dengiz qonunlariga ko‘ra inglizlar o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan kemalarni qo‘yib yuborishgan ekan.
Savol: Olimlar fikricha nimaning yuzaga kelishi bu narsa bilan bog‘laniladi?
Javob: “Chap qo‘l” qoidasi.

2) Gollandiyaning Eymenden shahri fuqarosi 17 yoshidan boshlab avtomobil haydashni boshlagan va biror marotaba ham qoidani buzmagan.
Savol: Bu inson 84 yoshga kirganda politsiya nimani aniqlagan?
Javob: Unda haydovchilik guvohnomasi yo‘qligini.

3) Boxum Universiteti olimlari aniqlashlaricha bu ishni qilish uchun ayollar erkaklarga nisbatan 20 sekund ko‘p vaqt sarflashar ekan.
Savol: Qaysi ishga ayollar erkaklarga nisbatan 20 sekund ko‘p vaqt sarflashadi?
Javob: Avtomobil parkovkasiga.

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий