24.03.2012 — FARRUX RAFIKOV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol: U avvalllari havorang kiyimda ozg‘in karlik ko‘rinishida tasvirlanar edi. Lekin 1931 yil bir rassom mashhur kompaniyaning buyurtmasiga binoan uni biz bilgan ko‘rinishda tasvirlaydi. Agar gap kim va qanday ko‘rinishda ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, buyurtma bergan kompaniya nomini ayting.
Javob: Coca-Cola.
Izoh: Gap avvalari havorang va 1931 yildan to bizning kunimizgacha semiz qizil rangda tasvirlanuvchi Santa Klaus haqida edi. Santa Klausni bunday rangda tasvirlashni “Coca-Cola” kompaniyasi buyurtirgan.
2-savol: 1682 yil Ispaniyalik sayyohlar De Vako va Koronado Rio Grande qirg‘oqlaridagi hozirgi El-Paso shahri yerlarida to‘xtashadi va mahalliy hindular bilan tezda do‘stlashib olishadi. Mahalliy qabila boshliqlari o‘zlarining Ispaniyalik do‘stlariga shunday nom berishadiki, keyinchalik bu nom o‘sha yerlarning hozirgi nomiga aylanadi. Savol Ispaniyalik sayyohlarga hindular qanday nom berishgan?
Javob: Texas (tekses)
3-savol: Arman topishmog‘iga ko‘ra, uning bir oyog‘i va o‘ttiz qanoti bor. Yordam berib aytamanki, u hatto jangda ham qatnashgan. Menga topishmoqning javobini emas, uning jangdagi raqibini ayting.
Javob: Don Ki Xot
Izoh: Gap shamol tegirmonlari haqida edi.
4-savol: 1980 yillar Italiyada qabul qilingan qonunga ko‘ra, agar siz o‘rmonga qurolsiz kirishga ixtiyor etsangiz, sizda maxsus imtihondan so‘ng beriladigan litsenziyangiz bo‘lishi kerak. Savol: Italiyada qurolsiz o‘rmonga kirmoqchi bo‘lsangiz, qanday litsenziyaga ega bo‘lishingiz kerak?
Javob: Qo‘ziqorin terishga huquq beruvchi litsenziya.
5-cavol: 1791 yil, sovuq dekabr kunlarining biri. Yevropadagi poytaxt shaharlarning birida motam marosimi davom etardi. Mashhur insonni so‘ngi manzilga, Avliyo Mark qabristoniga olib borishardi. Havo harorati borgan sari sovib borar, marosim qatnashchilarining hammasi ortga qaytish harakatida edi. Shunday bo‘lib chiqdiki, qabristonga yetib kelingan vaqtda marhumning oldida tobut ko‘taruvchilar va bir insondan bo‘lak hech kim qolmagan edi. Savol esa shunday: menga marhumning kimligini emas, balki qabristonda marhumning so‘nggi damlarigacha yonida qolgan sodiq insonni ayting.
Javob: Antonio Salyeri Izoh: Marhum – Motsart.
6-savol: Bu predmet 1949 yil tayyorlangan. 1981 yilga kelib bu predmetga qo‘shimcha kumush halqalar qo‘shilishi natijasida uning diametri 59 sm.ga yetdi, vazni esa umumiy 11 kg.ni tashkil qildi. Bu qanday predmet ekanligini so‘ramayman. Siz menga bu predmetda eng ko‘p uchraydigan ikkita yonma-yon keluvchi toponimni ayting.
Javob: Bavariya va Myunxen.
Izoh: Gap Germaniya Bendusligasi g‘olibiga beriladigan sovrin haqida ketayotgan edi. Unga g‘olib jamoa nomlari o‘yib yoziladi.
7-savol: O‘tgan asrning 2-yarmida buyuk davlatlar kosmos sohasida raqobat olib borganligini yaxshi bilasiz. O‘sha vaqtlari Rossiyada kosmonavtika muzeyini tashkil qilish g‘oyasi paydo bo‘ladi va o‘ylab o‘tirmasdan bu muzeyni Kaluga shahrida tashkil qilishadi. Savol, nega aynan Kaluga shahrida?
Javob: Kaluga shahri kosmonavtika asoschisi K.E.Siolkovskiyning ona shahri.
8-savol: Amerikalik aktyor Villi Smit fikriga ko‘ra, Gollivudda ratsizm, ya’ni irqchilik yo‘q. Sen qoramisan yoki oqmisan farqi yo‘q. Gollivudda faqat bitta rang haqida fikr boradi. Aktyorning fikricha, Gollivudda qora va oqdan ham muhim bo‘lgan rang qaysi?
Javob: Yashil.
Izoh: Gollivudda asosan gonorar katta o‘rin tutadi. Gollivudda gonorar asosan dollarlarda o‘lchanadi va dollar rangi yashil.
9-savol: Yaponiya quyi palatasi binosidagi har bir kresloning tagida bo‘yi, eni va balandligi 30 sm. keluvchi, ichi bo‘m-bo‘sh taxta qutilar saqlanadi. Bu qutilar nima uchun kerak?
Javob: Zilzila vaqtida shisha qoldiqlaridan himoyalanish uchun.
10-savol: 1812 yilgi urush vaqtida Moskvadagi jamoat joylarida bu ishni qilgan insonlar katta miqdorda jarimaga tortilgan. Xozirgi kunda bu ishni qilish Amerika qit’asining shimolida va Afrikaning bir qancha davlatlarida ko‘p uchraydi. Bu qaysi ish ekanligini toping?
Javob: Fransuz tilida gaplashish.
11-savol: 1997 yili “Moskva velopoygachilari klubi” faollarining tashbbusi bilan Rossiyaning 20 ta aholi punktlari va shaharlaridan o‘tuvchi trassadan iborat velopoyga tashkil qilinadi. Velopoyganing barcha ishtirokchilariga turli faxriy yorliqlar va esdalik nishonlari topshiriladi. Savol esa quyidagicha. Bu velopoyga trassasining umumiy uzunligi qanchaga teng edi?
Javob: 850 km.
Izoh: Bu musobaqa Moskva shahrining 850 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan. Shaharga 1147 yilda asos solingan.
12-savol: 1984 yil “Amadeus” nomli film Amerika kinoakademiyasi tomonidan Oskarga loyiq ko‘riladi. Bu filmning rejissyori — Milosh Forman, bosh rollarda – aktirisa Salli Fild va aktyor Myurrey Abraxam. Menga esa o‘sha yili Oskar laureatlari orasida bo‘lgan rus millatiga mansub insonning familiyasini ayting?
Javob: Karpov. Anatoliy Karpov. Bu yerda gap shaxmatchilar o‘rtasida topshiriladigan Oskar mukofoti haqida ketmoqda.
13-savol: Angliyaliklar qisqartma va abreviaturalarni xush ko‘rishadi. Ular bu odatlarini ism va familiyalarga ham tatbiq qilishadi. Misol uchun, mashhur siyosatchi Vilyam Gladstounni ular G.O.M. harflari bilan shifrovka qilishadi. Buning ma’nosi “great old man”, ya’ni “buyuk qariya”. Inglizlar yana qaysi mashhur insonni G.B.S. harflari bilan qisqartirishadi.
Javob: Djordj Bernard Shou.
14-savol: Chelyabinsk shahrining gerbida ham, Chelyabinsk viloyatining ham gerbida “IKS” tasvirlangan. Farqi shundaki, viloyat gerbida tasvirlangan “IKS”dagi “IGRЕK” soni shahar gerbida tasvirlangan “IKS”dagi “IGRЕK” sonidan ikki marta ko‘p. “IKS” va “IGRЕK”ni to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting?
Javob: IKS – tuya, IGRЕK – o‘rkach.
15-savol: AQSHda ahloqsiz va vijdonsiz insonlarni «uning ismi Mad» deb atashlari mumkin. Bu bilan amerikaliklar real hayotda yashab o‘tgan doktor Samuel Madni eslashadi. Bu doktorning aybi shuki, o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondoshib, kunlardan bir kun notanish, oyog‘i singan insonga tibbiy yordam ko‘rsatganida edi. Keyinchalik vrach bu qilmishidan ancha pushaymon bo‘ladi. Savol, menga Doktor Samuel Madning pushaymon yeyishiga majbur qilgan bemorni ayting.
Javob: But.
Izoh: Linkolnni teatr binosida o‘ldirib, lojadan sakrab oyog‘ini sindirgan But.
16-savol: Bu ikki tipdagi vagon turlari bir-biridan 8 yilllik farq bilan paydo bo‘lgan. Birinchisi, 1838 yil AQSHda Filadelfiya-Baltimor yo‘nalishida paydo bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi, 1846 yil Buyuk Britaniyada Kembridj-Nyumarkt yo‘nalishida paydo bo‘lgan. Bu ikki tipdagi vagonlarni ayting.
Javob: Chekuvchilar uchun va chekmaydiganlar uchun vagon.
17-savol: Xokkeyda “Qo‘rqoq xokkey o‘ynamaydi” iborasi mavjud. Mohir xokkeychi Anatoliy Ragulinga esa “abadiy qo‘rqoq” laqabi muhrlangan. Bunga sabab 1962 yil Kanadalik xokkeychi Jak Plantni qilgan ishini Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib aynan Ragulin qilgan. Anatoliy Ragulinning qaysi ishi qo‘rqoq laqabini olishiga sabab bo‘lgan.
Javob: Anatoliy Ragulin mashhur darvozabon bo‘lgan va u birinchi bo‘lib Ittifoqda darvozabonlar niqobini kiygan.
18-savol: 90-yillarning oxirida Norvegiyada 1 litr benzinning narxi 13,32 Norvegiya kronasiga teng bo‘lgan. Bu narx mahalliy aholi uchun unchalik qimmat bo‘lmasada, ko‘plab yoqilg‘i quyish shahobchalarida 50 litr hajmda benzin quygan avtomobil sohiblarini uchratish qiyin edi. Nima uchun?
Javob: Negaki 50 litr benzinning narxi 666 kronaga teng bo‘ladi.
Izoh: Yevropada 666 raqamini shayton bilan bog‘lashadi.
19-savol: Ularning orasida Abigayl Smit, Luiza Katrina Djonson, Elis Gatuey Li, Anna Eleonor Ruzvelt va boshqalarni uchratish mumkin. Bu ro‘yhatda turuvchi eng so‘ngi insonning qolganlardan qanday asosiy farqi borligini ayting.
Javob: Qora tanli.
Izoh: Bu yerda gap AQSHning birinchi ledilari, ya’ni Prezident rafiqalari haqida borayotgan edi. Barak Obamaning xotini Mishel Obama esa qora tanlidir.
20-savol: 1815 yildan boshlab Hindistonga boruvchi sayyohlarning kundaliklarida bir inson va bir obyektga bag‘ishlan boblar paydo bo‘la boshladi. Bu qaysi inson va qaysi obyekt?
Javob: Napoleon Bonapart va Suvaysh Kanali
21-savol: Futbolchi Aziz Xaydarovning eslashicha, 2007 yildagi Osiyo kubogi uchrashuvlarining biri — faoliyati davomida to‘qnashuvlardan eng ko‘p aziyat chekkan o‘yini bo‘lgan ekan. “Raqib faqatgina menga ayovsiz tashlanar, to‘psiz bo‘lgan paytlarimda ham qo‘pollik qilardi. Balki bunga sabab o‘yindan bir kun avval matbuot anjumanida stol ustida men tomondan qoldirib ketilgan yozuv bo‘lsa kerak”. Biz sizdan Aziz Xaydarov qaysi jamoaga qarshi o‘ynaganini emas, balki bir kun oldin matbuot anjumanida raqib sha’niga qoldirilgan yozuvni yozib bering.
Javob: IRAN GO HOME
22-savol: So‘nggi savol.
1910 yilgi narx navolarni eshiting:
Pochta markasi — 2 sent;
Avtomobil — 500 dollar;
Fotoapparat — 7 dollar;
Kino bileti — 7 sent;
Soyabon — 1,5 dollar.
O‘sha vaqtlarda ham foyda olish bo‘yicha rekordchi va o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan kompaniyaning bu mahsuloti esa bor-yo‘g‘i 5 sent bo‘lgan. Nimaning narxi 5 sent bo‘lgan?
Javob: Coca-Cola. O‘yinimizni Coca-Cola bilan boshlagan edik, shu bilan tugatdik.

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий