17.03.2012 — DONIYOR SHOKIROV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol: AQSHning Luiziana shtati fuqarosi Uilbert Raydo “Layfer” nomi shaxsiy gazetaning egasi sanaladi. 2000 yili u tomondan ishlangan film Amerika kinoakademiyasi tomonidan “Oskar” mukofotiga tavsiya etiladi. Lekin unga mukofot nasib etmadi, buning eng katta sabablaridan biri shunda ediki, Uilbertga mukofot bilan birga yana bir qimmatli narsani berishga to‘g‘ri kelardi. Savol quyidagicha, o‘sha qo‘shimcha mukofot nima edi?

Javob: Ozodlik. Uilbert Raydo qotilligi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahbus edi. AQSHda esa qamoqxonadagi mahbuslar o‘zlarining ko‘p nusxadagi gazetalarini chiqarish imkoniyatiga egalar. “Layfer” gazetasini tarjima qilsak nomi o‘zbekchada “Umrbod maxbus” degan ma’noni anglatadi.

2-savol: Antionioni burnining uchi g‘arq pishgan olchaga o‘xshab, doimo qip-qizil, shuning uchun uni odamlar “Usta Olcha” deb atashardi. Uning do‘sti Jeppettoga esa boshidagi sap-sariq parigiga ishora qilib “Zog‘ora non” deb laqab qo‘yilgandi. Diqqat savol, bu ikki usta yaxshi taniydigan va doimo hushchaqchaq kun kechiradigan oila nomini 1 daqiqadan keyin yozib bering?

Javob: Pinokkiolar oilasi. Ota — Pinokkio, ona — Pinokkiya, bola — Pinokki.

3-savol: Oliy hukmdarlarning amri doim vojib bo‘lgan. Biz bu qahramonning qismatida ham shunga guvoh bo‘lamiz. U umrbod hukm qilingan tutqunlikdan ozod qilingan bo‘lsada, Oliy hukmdor buyrug‘iga ko‘ra o‘zi hibs qilingan zanjirning bir halqasidan yasalgan uzukni taqib yurishga majbur bo‘lgan. Qolaversa, uzukni ko‘zi ham begona joydan olinmagan. Siz menga bu maxsus uzuk egasini ayting?
Javob: Prometey. Uzukka ko‘z u bandi qilingan qoya parchasidan Zevs buyrug‘iga ko‘ra o‘rnatilgan. Bu bilan Zevs Prometey hali ham o‘sha qoyaga bog‘langan degan ishora qilmoqchi bo‘lgan.

4-savol: O‘zbekiston xalq yozuvchisi Anvar Obidjon ijodida 3 qatordan iborat xokku -“uchchanoqlar”ni uchratish mumkin. Bunda uchchanoqlarning har bir qatorida 7 tadan bo‘g‘in mavjud va ular xuddi xokkular singari falsafiy ma’no anglatadi. Uchchanoqlardan biridan parcha o‘qiyman: Yasholmasdi kuldirmay Birovlarga bildirmay Yig‘lab oldi … Marhamat qilib, nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan so‘zni aniqlang?
Javob: yomg‘irda.

5-savol. A.S.Pushkin, “1827 yil 1 oktyabr” she’ridan parcha: Tangri yor bo‘lsin jo‘ralar, sizga – Bo‘ronlarda-yu tiriklik dardida, Yot diyorda ham olis dengizda, Ham u qorong‘u yerning qa’rida… Ushbu she’r kimlarga bag‘ishlangan?
Javob: Dekabristlarga, ular orasida Pushkin bilan litseyda birga o‘qigan do‘stlari Kyuxelbeker va Pushchigin singari kishilar ham bo‘lgan.

6-savol. Olim Ibrohim G‘ofurov ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak u “juda aqlli mavjudot”, sababi, unga inson saksondan birini ishlatmagan “IKS” lar qo‘shilib turadi. Siz o‘sha mavjudot va “IKS”ni nimaligini ayting?
Javob: Mavjudot bu – yer, IKS — miya.

7-savol. 2007 yil “Sharq” aksionerlik kompaniyasida “XX asr: SIYOSAT, INSONLAR, TAQDIRLAR” nomli nashr chop etildi. Unda XX asrning eng mashhur shaxslari haqida maqolalar jamlangan va har bir mashhur uchun atalgan maqolaga o‘ziga xos sarlavha tanlangan edi. Misol uchun M.Gorbachevga “Qayta qurish arxitektori”, Mahatma Gandiga “Buyuk qalb” kabi nomli maqolalar tayyorlangandi. Diqqat savol, kimga bag‘ishlangan maqola “Buyuk azoblanuvchi” nomi ostida berilgan edi?
Javob: Ernesto Che Gevara.

8-savol. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asarida Hazrati Ali bilan bog‘liq rivoyat keltirilgan, unga ko‘ra Ali janglarning birida og‘ir yaralanadi va dushman o‘qining uchi suyagigacha yetib boradi. Oqibatda og‘riq zo‘rligidan o‘qni tortib chiqarishni iloji bo‘lmaydi. Shunda bir usul yordamida o‘qni sug‘urib olishadi, Savol, nima Alining og‘riqni unitishiga sabab bo‘lgan?
Javob: Namoz. O‘qni Hazrati Ali namoz o‘qiyotgan paytda sug‘urib olishgan.

9-savol. Blis.
1. Bu davlatni 1741 yildan boshlab eronlik bosqinchilarni mamlakatdan quvib yuborgan Ahmad ibn Said avlodi boshqarib kelmoqda.
2. 1962 yilda bu davlat Misr bilan birgalikda Birlashgan Arab Respublikasini tuzgan edi.
3. Bu davlatning davlat dini islom, davlat tili fransuz. 4 aprel milliy bayrami Mustaqillik kuni sanaladi.

Javoblar:
1. Ummon
2. Suriya
3. Senegal

10-savol. Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” asari qahramoni janob Lokamp 1923 yil rezina buyumlari fabrikasida reklama bilan shug‘ullangan paytida kuniga ikki mahal rahbariyatdan pul olar va bir obyektga yugurardi. Savol, Lokamp har kuni 2 mahal qayerga yugurardi?
Javob: Do‘konga. Urushdan keyingi inflyatsiya vaqti. Pul o‘sha paytlar soat sayin qadrsizlanardi. Oylik esa kuniga ikki mahal berilardi. Ishchilarda maosh tarqatilgandan so‘ng ikki soat tanaffus e’lon qilingan o‘sha paytlarda. Lokampning maoshi o‘shanda 2 milliard markani tashkil etgan.

11-savol. “Kommersant” jurnalida yozilishicha Iroqqa birinchi bor tashrif buyurgan Rossiyalik jurnalistlar o‘z reportajlarini shu jumla bilan boshlashni yoqtirishar ekan. Diqqat savol, bu jumlani ular qaysi kinofilmdan o‘zlashtirib olishgan?
Javob: “Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmidan. Jurnalistlar esa o‘z reportajlarini “Bag‘dodda hammayoq tinch” deb boshlashga odatlanib qolishgan.

12-savol. Mallakagan yarim orolining mahalliy aholisi qadimdan noan’anaviy duellarni o‘tkazib kelishadi. Bunda qurol sifatida kaklik patlaridan foydalaniladi. Savol quyidagicha xalqimiz orasida keng tarqalgan maqollardan qaysi biri ushbu duellarga rasmiy shior qilib tanlanishi mumkin ekaligini toping!
Javob: Oxirgi kulgan, mazza qilib kuladi. Bu duellarda ishtirokchilar qush patlari bilan bir-birlarini qitiqlarini keltirishadi, albatta oxirgi bo‘lib kulgan qatnashchi g‘olib deb topiladi.

Manba: ww.zakovat.mtrk.uz 

Добавить комментарий