10.03.2012 — SARDOR JO‘RAYEV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol: Hozirda filmlarning byudjetini eshitib, yoqamizni ushlaymiz. Bu filmning byudjetini topish esa sizga ancha qiyinchilik tug‘dirishi aniq. Ma’lumotlarga ko‘ra aktyorlar ham tanish-bilish, qarindoshlar orasidan tanlab olingan ekan. Dramaturg Oleg Shishkinning mashhur klassik asarning davomi sifatida yaratilgan pyesasida esa bosh qahramonning o‘limiga ushbu film sababchi bo‘ladi.
Savol: ushbu filmni toping.

JAVOB: Poyezdning kelishi.
Izoh: Vikipediyaga ko‘ra, filmda suratga tushgan aktyorlar aka-uka Lyumyerlarning tanish-bilishlaridan ekan. O.Shishkinning “Anna Karenina-2” pyesasida esa Anna Karenina shu filmni ko‘rib, qo‘rquvdan jon beradi.
2-savol: BUNI BAJARISHning turlicha usullari mavjud: matematik aniq, amerikancha, Onassis kabi, Kavendish, sharqiy yoki buni Lord Brumvel qilgani kabi va xokazo. Mashhur faylasuf BUNI BAJARISHni yoqtirmaganligi uchun hamkasb-professorlar bilan emas, oddiy oshxonada talabalar bilan tushlik qilgan.
Savolda BUNI BAJARISH so‘zi bilan qaysi 2 so‘z almashtirilgan?

JAVOB: Galstuk bog‘lash.

3-savol: Diqqat, savolda o‘zgartirish mavjud.
Bir havaskor yozuvchining “TOM XENKSning keyingi hayoti” asari ko‘proq yumoristik xarakterga ega. Hikoyada yozilishicha, TOM uyga qaytganidan so‘ng birmuncha vaqt o‘tgach, moliyaviy jihatdan qiynalib qoladi. Shunda u o‘zining eski kasbiga qaytishga qaror qiladi va oyoqqa turib olish uchun qilgan birinchi ishi o‘z do‘sti va hamrohini sotib yuborish bo‘ladi.
Diqqat, savol: yuqorida TOM XENKS ismi bilan qaysi mashhur asar qaxramoni nomini almashtirdik?
JAVOB: “Robinzon Kruzo”
Izoh: Hikoyada Robinzon Kruzo puldan qiynalgandan so‘ng eski kasbi – qul savdogarligi bilan yana qayta shug‘ullanishga qaror qiladi. Dastlabki mablag‘ga ega bo‘lib olish uchun u do‘sti Jumavoyni sotib yuboradi. Aktyor Tom Xenks esa “Odamlardan yiroqda” filmida zamonaviy Robinzon rolini ijro etgan.
4-savol: Metodist cherkovi asoschisi Djon Uesli ularni la’natlagan, o‘rta asrlarda kema kapitanlari matroslarni uni bortga o‘zlari bilan olishlariga ruxsat berishmagan, bugungi kunda shaxtyorlar konga tushayotganlarida uni olishmaydi, xonadon o‘g‘rilari esa uydan hamma narsani olishsa ham, uni uy egalariga qoldirishadi. Shunday bo‘lsa-da ularning mashhurligi umuman kamaymaydi. Ularni 2 so‘z bilan yozib bering.
JAVOB: O‘yin kartalari.
5-savol: Tarix qiziq faktlarga juda boy. Shunday qiziq voqealardan biri 19-asrda bir hududda ham yuz bergan. Bu hududda 6 oktyabr juma kunidan ertasiga 18 oktyabr yana juma kuni kirib kelgan. Ba’zilar bu voqeaning aybdori sifatida ayol kishini ta’kidlab kelishadi. Lekin tarixiy faktlar bu fikrning xatoligini aniq isbotlab turibdi.
Qanday mashhur voqea haqida gap ketayotganligini aniqlab, ushbu hududni toping.
JAVOB: Alyaska.
Izoh: Rossiya imperiyasi tomonidan 1867 yilda Alyaskaning AQSHga sotib yuborilishi natijasida bu hududda amaldagi Yulian kalendari o‘rniga Grigorian kalendari qo‘llanila boshlangan. Ba’zilar Alyaska Yekaterina davrida sotib yuborilgan deb o‘ylashadi, ammo tarixdan ma’lumki, Alyaska Aleksandr II davrida sotib yuborilgan.
6-savol: Tarqatma material.

,,

1978 yilda shok-rok musiqachisi Elis Kuper tomonidan o‘tkazilgan ommaviy kampaniya natijasida tarqatmada nomlari ko‘rsatilgan 9 ta homiy har biri 27 ming 777 dollarni (umumiy 250 ming dollarni tashkil etgan) hayriya fondiga o‘tkazishgan va buning natijasida 1978 yil 14 noyabrda Uning yangi versiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Uning originalini prodyuser Den Bliss 2005 yilda yeVau (e-bey) auksionida 450 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘lgan. Uni 2 so‘z bilan yozib bering.
JAVOB: Gollivud belgisi, Gollivud yozuvi.
Izoh: Tarqatmadagi raqamlar bejizga emas. Agar ushbu raqamlarni ingliz alifbosidagi harflar bilan almashtirsak, HOLLYWOOD so‘zi kelib chiqadi.
7-savol: Diqqat, savolda o‘zgartirish mavjud.
Yashirin reklama tushunchasi ko‘pchilikka tanish bo‘lishi tabiiy. Marketing tilida “Prodakt pleysment” deb nomlanuvchi reklamaning bu turidan bugungi kunda o‘zimizda ham juda keng foydalanishmoqda. Vikipediyada yozilishicha, uning tarixi 1929 yilda paydo bo‘lgan “KAPITAN VRUNGЕL” personaji bilan bog‘liq ekan. Aynan VRUNGЕL tufayli davlatning butun hududida bir qishloq xo‘jalik mahsulotining iste’moli 30%ga oshgan. Aytingchi, qaysi mahsulot haqida gap ketmoqda?
JAVOB: Ismaloq.
Izoh: Savolda “KAPITAN VRUNGЕL” so‘zi “Dengizchi Popay” personaji bilan almashtirilgandi. Ushbu multfilmni ko‘rganlar bilishadiki, Popay ismaloq iste’mol qilgandan so‘ng mislsiz kuchga to‘lib-toshib ketgan.
8-savol: “Adelning g‘aroyib sarguzashtlari” filmida bir muzeyning eksponatlari tirilishadi, Parij bo‘ylab sayohat qilishga otlanishadi. Ular Qirollik saroyini tomosha qilib turib, bu yerda U yetishmayotganligini aytib o‘tishadi. U 1989 yilda Fransiya prezidenti Mitteran homiyligida paydo bo‘ladi. Den Braunning “Da Vinchi siri” asari qaxramonlaridan biri kapitan Bezu Fash U ni “Parij yuzidagi chandiq” deb ataydi. Savol: U ni toping.
JAVOB: Piramida.
Izoh: Tirilgan eksponatlar Ramzes va uning xizmatkorlari mumiyalari edi. 1989 yilda Luvr muzeyining kirish qismida oynavand piramida bunyod etiladi. Ko‘pchilik an’analarni qadrlovchi parijliklar fikricha bu zamonaviy inshoat umumiy qiyofani butunlay buzib qo‘ygan.
9-savol: Dengizchilarning qadimgi an’analaridan biri sifatida tatuirovkalar ham muhim ahamiyatga ega. Tatuirovkalar yordamida dengizchilar dengiz xudolarining sahovatiga erishishga va uyga sog‘-omon qaytib kelishga harakat qilishgan. Dengiz, qora mushuk, taqa kabi tasvirlar omad keltiradi deb hisoblangan. Bundan tashqari yana bir turdagi tatuirovkalar ham keng tarqalgan ediki, ular o‘ziga hos amaliy vazifani ham bajarishgan. Qanday turdagi tatuirovkalar haqida gap ketayotganligini topgan holda ular bajargan amaliy vazifani yozib bering.
JAVOB: Qaysi dinga e’tiqod qilishini aniqlash uchun.
Izoh: Bu yerda diniy tatuirovkalar haqida aytib o‘tilgan. Bunday suratlar ham ancha keng tarqalgan. Dengizchilar qandaydir ofatlar tufayli halok bo‘ladigan bo‘lsa, uni qaysi din vakili sifatida narigi dunyoga kuzatishni aniqlab olish uchun o‘ziga hos amaliy vazifani bajargan.
10-savol: Tarqatma.

eb3d1adbca9367cc66123e198876a388

Ushbu tarqatmada siz Angliya premyer ligasining chempionlik kubogini ko‘rib turibsiz. Kubok Royal Jewellers kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Kumushning 925 probasidan qo‘yilgan, asosi malaxitdan. Malaxitning yashil rangi futbol maydonini eslatadi. Kubokning dizayni Angliya davlat gerbidagi uch sher geraldikasiga asoslangan. Ikkita sher kubokning ushlagichlarida joylashganligini ko‘rishingiz mumkin. Suratga e’tibor bergan holda uchinchi sherni topib yozib berishga harakat qiling.
JAVOB: Uchinchi sher kubokni boshi uzra ko‘taruvchi g‘olib jamoa kapitanidir.
11-savol: Duplet.
1. U faqat hozirgi zamonda yoziladi: muallif ayni paytning o‘zida ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisadan olgan bevosita taassurotini yozib boradi. Uning an’anaviysi nomga ega bo‘lmaydi va g‘arb uchun odatiy bo‘lgan ifodaviy vositalardan foydalanilmaydi.
Savol: Uni toping.
2. Tug‘ilganda uni Kindzaku deb atashgan, balog‘atga yetganda esa Munefusa nomini olgan. U shogirdlari tomonidan berilgan oddiy chayla-uyda yashab yurganda u yerga o‘z qo‘llari bilan banan palmasini ekadi va aynan shu daraxt biz uni taniydigan taxallusini olishiga sabab bo‘lgan deb hisoblanadi. Ushbu taxallusni siz ham yozib bering.
JAVOBLAR:
1. Xokku, xayku.
2. Matsuo Basyo.
Izoh: 2. Ba’zi tadqiqotchilar fikricha “Basyo” so‘zi “banan” so‘zidan kelib chiqqan.
12-savol: “Qizil Burda” yumoristik jurnalining rasmiy saytidagi quyidagi xokkuni 2 so‘z bilan yakunlashga harakat qiling.

Jarangdor tomchilar bilan,
Yana o‘zlaridan xabar berishdi,
….

JAVOB: Tepadagi qo‘shnilar.
Izoh: Malumot uchun, “Qizil Burda” jurnalida nafaqat xokku, balki boshqa turli an’anaviy janrlarda hajviy she’rlar nashr etiladi.
13-savol: 1997 yilda suratga olingan ilmiy-fantastik janrdagi “Kontakt” filmida bosh qaxramon o‘zga sivilizatsiyalarni izlash loyihasi ishtirokchisi bo‘ladi. Uzoq yillik izlanishlardan so‘ng nihoyat kosmosdan o‘zga sivilizatsiyadan signal olinganda, bu voqea butun dunyoga shov-shuv bo‘lib ketadi. Filmning lavhalaridan birida ushbu voqeani e’lon qilayotgan teleboshlovchi bir tadbirning shu paytgacha nohak o‘tkazilganligini va uni endi ta’qiqlash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tahminini ta’kidlab o‘tadi. Aytingchi, teleboshlovchi qaysi tadbirni nazarda tutgan?
JAVOB: “Koinot go‘zali”, “Miss Vselennaya”. “Dunyo go‘zali” tanlovi qabul qilinmaydi.
Izoh: Biz yagona sivilizatsiya emas ekanmiz, u holda “Koinot go‘zali”ni o‘zimiz tanlashimiz adolatga to‘g‘ri kelmaydi.)))
14-savol: Vikipediyaga ishonadigan bo‘lsak, O‘rta asrlarda ritsarlik turnirlarini dastlab shunday atashgan. Keyinroq, 18 asrda esa xuddi shu ritsarlik turnirlariga tayyorlanish qurilmasi sifatida uning hozirgi shakliga o‘xshash ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Uni deyarli butun dunyoda uchratish mumkin, faqat u hozirda insonning bir davri bilangina bog‘liq deb aytishimiz mumkin. U haqidagi topishmoqda mashina, arava, raketa va albatta, ot ishtirok etadi. Agar nima haqida gap ketayotganligini fahmlagan bo‘lsangiz, aytingchi, uning AQSHdagisi Buyuk Britaniyadagidan qanday muhim farqqa ega?
JAVOB: Harakat qilish yo‘nalishi bo‘yicha. AQSHda soat strelkasiga qarshi, Buyuk Britaniyada soat strelkasi bo‘yicha.
Izoh: Gap karusellar haqida ketayotgan edi. Ular haqidagi mashhur topishmoq: “Agar siz mashinada bo‘lsangiz va sizning to‘g‘ringizda ot, orqangizda raketa bo‘lsa, siz qayerdasiz?”
15-savol: Duplet.
Olimpiada o‘yinlari ramzlari.
1. Olimpiada ramzlari orasida salyut (salomlashish, qutlov) ham o‘ziga hos muhim o‘rin tutadi. Olimpiyacha salyut Rim salyutiga o‘xshab ketadi, ammo bunda qo‘llar balandroq ko‘tariladi. Bunday salomlashish Parijdagi 1924 yilgi 8-Olipiadada hamda Berlindagi 1936 yilgi 11-Olimdiada o‘yinlarida qo‘llanilgan. Ammo II Jahon urushi yakunlangandan keyingi davrda salyut rasman taqiqlanmagan bo‘lsa-da, bir sabab tufayli qo‘llanilmay kelinmoqda. Qanday sabab tufayli?
2. Olimpiada o‘yinlarining 1-rasmiy talismani sifatida 1972 yil Myunxendagi Olimpiya o‘yinlarida dunyoga namoyish etilgan Valdi taksa iti tan olinadi. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining rasmiy saytida yozilishiga ko‘ra, Valdida haqiqiy sportchiga xos bo‘lgan chidamlilik, qat’iyat, epchillik kabi sifatlar borligi uchun ham uni tanlab olishgan. Ammo Valdi boshqa bir jihati bilan ham boshqa talismanlardan ajralib turadi. Ushbu jihatni siz menga yozib bering.
JAVOBLAR:
1. Natsistlar salyutiga o‘xshashligi uchun.
2. Valdi talismanlar orasidagi yagona uy hayvoni.
16-savol: Tarixchilar fikricha, barchasiga Gollivud aybdor ekan. 16 va undan yuqori yoshdagi 12069ta insonlar bir savol yuzasidan so‘rovdan o‘tkazildi hamda tadqiqot asosida quyidagi natijalar olindi:
Mashhur shaxslar:
1. Uilyam Uolles — 42%
2. Chingizxon – 38%
3. Mussolini – 33%
4. Gitler – 11%
5. Uinston Cherchill – 9% va xokazo.
Voqealar:
1. Balga yaqinidagi jang – 52%
2. 100 yillik urush – 44%
3. Sovuq urush – 32% va xokazo.
Shuni aytib o‘tish lozimki, ushbu ro‘yxatning qarama-qarshisi ham mavjud.
Sizdan sinaluvchilarga qanday savol berilganligini so‘ramaymiz. Aytingchi, yuqoridagi ro‘yxat qanday javob asosida yuzaga kelgan?
JAVOB: Uydirmalar, hayotda mavjud bo‘lmaganlar, o‘ylab topilganlar.
Izoh: Yuqoridagi ro‘yhatdagi tarixiy shaxslar va voqealar ko‘rsatilgan foizdagi insonlar tomonidan uydirmalar deb atalgan. Ushbu ro‘yhatdagiga qarama-qarshi ro‘yxatda esa sinaluvchilarning katta qismi Robin Gudning tarixiy shaxsligiga, marsliklar rostdan ham Yerga hujum qilishganligiga ishonishlarini aytib o‘tishgan. Bunday tasavvurlar albatta, tarixchilar fikricha Gollivud filmlari ta’sirida yuzaga kelgan, ya’ni insonlar qaysi hayolot-u, qaysi haqiqatligini ajrata olmay qolishdi.
17-savol: Shahrimizdagi ma’lum bir turdagi kiyim-kechak mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘kon “X (iks) va Y (igrek)” deb nomlanadi. X (iks) 1924 yilda yozilgan asar nomi bo‘lib, unda X(iks) larning ismlari aytib o‘tilmaydi. Y (igrek) esa mashhur tetralogiyaning bosh qaxramoni. U asarning to‘liq nomida dastlab bir kasbda, keyin esa boshqa buyukroq kasbda namoyon bo‘ladi.
Savol: X (iks) va Y (igrek) ni toping.
JAVOB: “Uch baqaloq va Gulliver”, “Tri tolstyaka i Gulliver”
Izoh: Do‘kon katta razmerdagi kiyim-kechak bilan savdo qiladi. Yuriy Oleshaning “Uch baqaloq” asarida uchta baqaloqlarning nomlari aytib o‘tilmagan: ular Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi deb nomlanishgan. Mashhur tetralogiya esa “Gulliverning sayohatlari” asari bo‘lib, uning to‘liq nomi quyidagicha: “Dunyoning ba’zi bir uzoq davlatlariga sayohat, to‘rt qismda: avval xirurg, keyinchalik bir necha kemalar kapitani Lemyuel Gulliverning hikoyalari”.
18-savol: (Savol o‘quvchiga eslatma: o‘qish jarayonida so‘z tushirib qoldirilgan uch nuqtali joylar haqida ogohlantirilmasin)
Ushbu ma’lumotni diqqat bilan yozib oling: “Spartak … — 2010 yil dekabr, Chelsea … — 2001 yil avgust, MU … — 2000 yil sentyabr, Barsa … – 2003 yil iyul oyida tashkil etilgan”.
Ushbu ma’lumot Vikipediya va klublarning rasmiy saytlaridan olingan, shu bois ularda hech qanday xatolik yo‘q. Faqat unda turli joylarda yarmi yunon, yarmi lotin tilidagi so‘zdan qo‘shilib, yangi lotin tilida hosil bo‘lgan birgina so‘z tushirib qoldirilgan. Ushbu so‘zni toping.
JAVOB: Televideniyasi. TV javobi ham qabul qilinadi.
Izoh: Aytib o‘tilgan sanalarda yuqoridagi futbol klublarining rasmiy televideniyalari (Spartak TV, Chelsea TV, MUTV, Barsa TV) o‘z ko‘rsatuvlarini uzatishni boshlashgan.
19-savol: Tarqatma material.

,

BU – yirik kompaniyalarning o‘z moliyaviy muammolarini hal qilishning samarali usullaridan biri. BU haqida 1971 yilda yaratilgan multfilm “Qo‘ng‘iroqdan-qo‘ng‘iroqgacha” deb nomlanadi. Aytish mumkinki, BUNI natijasini siz hozir tarqatmada ko‘rib turibsiz. BUNI 2 so‘z bilan yozib bering.
JAVOB: Shtatlarning qisqartirilishi.
Izoh: Tarqatmada siz Arizona, Vashington, Texas, Merilend, Luiziana, Missisipi kabi AQSH shtatlarining qisqartmasini ko‘rib turibsiz. Moliyaviy muammolarni hal qilish uchun yirik kompaniyalarda ham ishdan bo‘shatish – ya’ni shtatlar qisqartirilishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
20-savol: Xitoyliklar shirin taom tanovul qilishni juda ham xush ko‘ruvchi xalqlardan biridir. Aytishlaricha, Xitoyda choyxona va restoranlar kioskalardan ham ko‘p ekan. Shu tufayli ham xitoyliklarning taomxonalarga e’tibori o‘zgacha va ular ham an’analardan xoli emas. Xitoyda, shu bilan birga turli davlatlardagi Xitoy restoranlarida ULARning tutgan o‘rni katta. ULARning soni taomgohning darajasini bildirgan: ULAR qanchalik ko‘proq bo‘lsa, bu joydagi sharoit va xizmat ko‘rsatish shunchalik yuqori bo‘ladi. ULARning rangi ham o‘ziga hos belgi vazifasini bajaradi: agar ULAR ko‘k bo‘lsa, bu yer musulmonlar oshxonasi, agar sariq bo‘lsa, vegeterianlar uchunligini bildiradi va hokazo.
Savol: Xitoy an’analaridan kelib chiqqan holda ULARni toping.
JAVOB: Xitoy fonarlari, chiroqlari.
21-savol: Sovet kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sherlok Xolms va doktor Vatson” kinofilmining ijodkorlari syomka jarayonida Konan Doylning prinsipial xatolariga to‘qnash kelishgan. Hikoyalardan birida ilon qotilning hushtagini eshitib, havo almashish tirqishidan qo‘ng‘iroq simi orqali tushgan va shu yerdan qaytib chiqib ketishi kerak bo‘lgan. Xato shunda ediki, ilon erkin osilib turgan simdan harakatlana olmaydi, harakatlanish uchun unga qattiq asos zarur. Filmda bu holatni o‘zgartirishgan, ammo ikkinchi xatolikni asardagi kabi suratga olishgan. Faqat bu xatolikni to‘g‘rilab yuborish uchun filmning shu qismiga qotilning devorni taqillatish dublini qo‘shishga majbur bo‘lishgan. Aytingchi, ushbu jarayondagi ikkinchi xato nimadan iborat edi?
JAVOB: Ilonlar kar bo‘ladi.
Izoh: Ilon qotilning hushtagini eshita olmaydi, ammo devor taqillatilganda undan hosil bo‘lgan vibratsiya ilon uchun signal vazifasini bajargan. Buni keyinroq, film so‘ngida Sherlok Xolmsning tushuntirishlaridan bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.
22-savol: Blis.
Leonardo da Vinchi topishmoqlari.
1. “Ko‘pgina Franchesko, Dominiko va Benedettolar ulardan oldin ham ko‘pchilik yegan taomni bir necha marta iste’mol qilishadi va ular tilga kirishlari uchun yana ancha oy kerak bo‘ladi”. Qanday “taom” haqida gap ketmoqda?
2. “O, tug‘ilish baxtiga erisha olmay qolganlar yana qancha bo‘larkin?” Ushbu topishmoqda nima nazarda tutilmoqda.
3. Leonardo kelajakdagi narsa-hodisalar haqida ham turli topishmoqlar yaratgan. Jumladan, quyidagi topishmoq uning davrida mavjud bo‘lmagan, ammo hozirda juda keng ommalashgan hodisa haqidadir: “Hayvonlar terisi qichqiriq va so‘kishlar bilan insonlarni sukutda o‘tirmaslikka majbur etadi”. Topishmoqning javobini toping.

JAVOBLAR:
1. Ona suti.
2. Tanovul qilingan tuxumlar. (Oddiygina “tuxum” javobi qabul qilinmaydi)
3. Futbol. Turli to‘plar ishtirok etadigan o‘yinlar ham qabul qilinadi.

Manba: ww.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий