03.03.2012 — UMID NARIMOV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol. (Savol o‘qishdan avval o‘yin qoidalari aytib o‘tilishi shart. Qoidalar oxirida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yish haqida jamoalarga eslatiladi)
2011 yili suratga olingan “Olive” (Olive) filmining rejissyori AQSHlik Xuman Xaliliy hisoblanadi. U bu filmni yaratish uchun 500 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflagan. Ekspertlarning fikricha film sifatli chiqqan. Endi biroz g‘alatiroq savolni eshiting. Ushbu filmni yaralishida muhim rol o‘ynagan vositani bitta lotin va bitta grek so‘zlari bilan yozib bering.

JAVOB: Mobil telefon.
Izoh: Ushbu film mobil telefon yordamida suratga olingan. O‘yinni boshida mobil telefonlaringizni o‘chirib qo‘yishingizni so‘raganimiz esingizda chiqmadi degan umiddamiz.

2-savol. Alisher Fayzning hikoyasi qaxramoni Diaborktushmush Pretoltipparchvyulchang 6 oy davomida “IKS” ni qidiradi va topadi. Ivanga prototip bo‘lganlikda e’tirof etilgan shaxslardan birining “IKS”i qashshoq. Savol: “IKS” ni toping.

JAVOB: Taxallus.
Izoh: Ivan Bezdomnыyga Yefim Alekseyevich Pridvorov prototip bo‘lgan degan versiya bor. Uning taxallusi Demyan Bednыy ekanligini bilsangiz kerak.

3-savol. Diqqat qiling savolda o‘zgarish bor.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Genrix Gimmler qo‘l ostidagi Daxau lagerida NA’MATAK MЕVALARI ustida tadqiqotlar olib borilgan. 1944 yilda Germaniya qurolli kuchlari 200 tonna NA’MATAK MЕVALARIGA buyurtma bergan. Buyurtmaning 65 tonnasi neytral hudud hisoblangan Shveysariyaning Roche firmasi tomonidan yetkazib berilgan. Savol: NA’MATAK MЕVALARI so‘zlari bilan qaysi so‘zlarni almashtirdik?

JAVOB: “S” vitamini.
Izoh: Eng ko‘p tabiiy S vitamini na’matak mevalarida uchrar ekan.

4-savol. Tarqatma material.

img

O‘ktam Saidovning ushbu kartinasida X ni ko‘rish mumkin. X beshlikning biridir. Savol: X bilan qanday so‘z birikmasi almashtirilgan?

Javob: Namoz o‘qish.
Izoh: Yaxshilab qarasangiz toshlar timsolida namoz o‘qib o‘tirgan odamlarni ko‘rishingiz mumkin.

5-savol. Fransuaza Saganning “Zdrastvuy Grust” asarining bosh qaxramoni bo‘lgan 17 yoshli qiz Sesil, otasining Anna ismli ayolga uylanishiga qarshi bo‘ladi. U o‘z xonasida yurarkan nikohni to‘xtatish uchun tezda xar hil rejalar tuza boshlaydi va o‘z holatini UNGA o‘xshatadi. Fransuaza Sagan o‘zbek bo‘lganida Sesilni holatini UNGA emas bir hunarmandga tegishli atributga o‘xshatgan bo‘lardi. Savol: Uni toping.

JAVOB: Mayatnik (soat mayatnigi, mayatnikli soatlar ham ma’no jihatdan yaqinligi uchun qabul qilinadi.)
Izoh: Agar muallif o‘zbek bo‘lganida Sesilni xonada u yoqdan bu yoqqa borib kelib yurgan holatini bo‘zchining mokisiga o‘xshatgan bo‘lardi.

6-savol. Anushervon so‘radi:
— Eng yumshoq narsa nima?
Yigit javob berdi:
— Eng yumshoq narsa tinchlikdir.
Anushervon yana so‘radi:
— Eng yaxshi ovqat qanday ovqat?
Yigit:
— Shaxvoniy quvvatni oshirmaydigan va tanda illat qo‘zg‘atmaydigan ovqat eng yaxshi ovqat.
Anushervon so‘rashda davom etdi:
— Eng yaxshi sharob qaysi sharob?
Yigit: — Aqlni susaytirmaydigan va kasallik keltirmaydigan.
Anushervonning oxirgi savoli:
— Gullarning ichida eng shirin hidlisi qaysi?

Endi savolni eshiting: siz “Sobiq odamlar” hikoyasini o‘qimagan bo‘lsangiz ham yigitning uzun falsafiy javobini bitta so‘z bilan yozib bering.

JAVOB: Farzand.
Izoh: Yigitning javobi shunday bo‘lgan: “Ota-ona tirikligida ularni xursand qiladigan, o‘lganlaridan keyin esa ularning nomini boqiylashtiradigan hayot guli bo‘lmish farzand”. Maksim Gorkiy “Sobiq odamlar” hikoyasida birinchi bo‘lib bolalar hayotimizni guli degan mashhur jumlani aytib o‘tganligi to‘g‘risida versiya bor. Demak, bu aforizm Maksim Gorkiyga tegishli ekanligi afsonaga aylandi.

7-savol. Duplet.

img2

1. Qarshingizda siz Bertran Plan tomonidan 2006 yili yaratilgan soatni ko‘rib turibsiz. Uning nomi ikkita so‘zdan iborat bo‘lib ikkinchisi “soati” degan so‘z hisoblanadi. Birinchi so‘zini toping!
2. 2008 yil 19 dekabrda premyerasi bo‘lib o‘tgan ushbu kinofilmda Rozario Douson, Vudi Xarrelson, Maykl Ili, Barri Pepper, Elpidiya Karrilo, Robin Li hamda yana bir mashhur aktyor ishtirok etgan. Savol: ushbu filmning ikkita so‘zli nomini toping!

JAVOB:
1. “Hayot soati”.
2. “Yetti hayot”.
Izoh: E’tibor bergan bo‘lsangiz filmda ishtirok etgan oltita aktyor va aktrisalarning ismini aytib o‘tdik. Yettinchisi Uill Smit. Undan tashqari yettinchi savol ham sizga yordam berishi kerak deb o‘yladik.

8-savol. 1857 yili Nyu-Yorkning Manxettan rayonida o‘tkazilgan “Bo‘sh kastryulkalar” nomli namoyish marshi, 20 asrning birinchi choragida (1917 yili ) “Non va tinchlik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan miting. Bu ikkita voqeani bir umumiyligi bor. Agar siz umumiylikni topgan bo‘lsangiz, BMTning 32/142 — sonli rezolyutsiyasi nima haqida ekanligini yozib bering.

JAVOB: 8 martni “Xalqaro ayollar kuni” sifatida nishonlash haqida.
Izoh: Bu namoyishlarda faqat ayollar qatnashishgan. Uni ustiga namoyishlar 8 martda o‘tkazilgan. Paytdan foydalanib klubimiz qizlarini kelayotgan bayramlari bilan tabriklab o‘tamiz.

9-savol. Arximedning “Menga dunyoni tayanch markazini topib bering va men uni ostun ustun qilib tashlayman” degan jumlasini eshitgansiz. Rene Dekartda ham shunga o‘xshash tarzda “Menga materiya va harakatni bering men koinotni yarataman” degan jumlalar bor. Shunga o‘xshagan yana bir gapni Diyego Xose Fransisko de Paula Xuan Nepomuseno Mariya de los Remedios Sipriano de la Santisima Trinidat Martir Patrisio Ruis ham ayta turib o‘z gapini “va men uni to‘ldirib tashlayman” so‘zlari bilan tugatgan. Savol: ushbu inson aytgan jumla boshidagi 3 ta so‘zni yozib bering!

JAVOB: “Menga muzeyni ko‘rsating”
Izoh: Bu inson Pablo Pikasso.

10-savol. Angliya Primyer-Ligasi 2011–2012 yilgi mavsum 24-turda bo‘lib o‘tgan Chelsi-Manchester Yunayted uchrashuvini boshqargan Xovard Vebga o‘yindan keyin bir qancha e’tirozlar bo‘ldi. O‘yinda Xovard Veb bir nechta shubhali qarorlar qabul qildi. Bir necha bora xatolarga yo‘l qo‘ydi. Jumladan, uchrashuvning 10-daqiqasida Chelsi darvozasi tomon yaqqol penaltini bermaganidan so‘ng “Rossiya-2” telekanali sharhlovchisi bir asarni 1440 marta kichraytirib eslab o‘tadi. Savol ushbu asarni sharhlovchi aytgan variantida yozib bering!

JAVOB: Dunyoni titratgan 10 daqiqa.
Izoh: “Dunyoni titratgan 10 kun” asaridagi 10 kunni 1440 dan 1 ulushi 10 daqiqaga teng.

11-savol. Tarqatma material.
Gyotening “Faust” asarida Mefistofel tilidan aytilgan qo‘shiq misralarni tinglang!

2015-04-17_152127

Ushbu misralarda OLЕG so‘zi boshqa so‘z bilan almashtirilganligini anglagan bo‘lsangiz kerak. Biz sizdan almashtirilgan so‘zni so‘ramaymiz, aytingchi, 1831 yili tug‘ilgan insonning asarida OLЕG nimaga ega bo‘ldi?

JAVOB: Taqaga. Izoh: Oleg so‘zi bilan burga so‘zi almashtirilgan. Leskovning “Levsha” asarida Tulalik taqachi burgani taqalagan. Almashtirish ham tasodifan emas. Oleg Bloxin haqida eshitgan bo‘lishingiz kerak.

12-savol. Tolstoyning “Tirilish” romani qaxramoni Dmitriy Ivanovich Nexlyudov Missiga uylanishni yoqlaydigan va uylanishga qarshi bo‘lgan dalillarni sanab o‘tadi. Dalillar baravar, ya’ni teng kuchli edi. Shu sababdan Nexlyudov o‘zini UNGA o‘xshatgan. Savol: UNI ikkita so‘z bilan yozib bering.

JAVOB: Buridan eshagi.
Izoh: Buridan eshagi iborasi o‘zida tanlov erkinligi muammosi paradoksini aks ettiradi.

13-savol. (Boshlovchi savolni o‘qishdan avval quyidagi jumlani aytib o‘tishi lozim: O‘ylaymizki birinchi tur savollari miyangizni charchatib qo‘ymadi. Agar charchagan bo‘lsa birinchi tur savollari va natijalarini unutgan holda ikkinchi turni boshlashingizni maslahat beramiz)
Alisher Fayz mavzusini davom ettiramiz. Alisher Fayz hikoyasi qaxramoni miyasida har xil fikrlar g‘ovlab ketganida ulardan qutilmoqchi bo‘lib stol ustida turgan barcha qog‘ozlarni, jumladan yozgan hikoyalarini, unga kelgan xatlarni, hatto qoralama (ya’ni chernovik) larni ham qog‘oz keskichdan o‘tkazadi va bo‘shab qolgan stol ustiga boshini qo‘yib lotin tilida ikkita so‘z aytadi. Savol ushbu ikkita so‘zni yozib bering!

JAVOB: Tabula Rasa.
Izoh: Tabula Rasa lotin tilida sof yoki toza doska degan ma’noni anglatadi. Savolni o‘qishdan oldin biz aynan shunga ishora qilgan edik.

14-savol. Arkadiy Davidovich IKS haqida so‘z yuritar ekan “bu men emas” deya fikr bildirgan. Savol: IKS haqidagi kimning fikri aksincha edi?

JAVOB: Lyudovik 14 Izoh: Arkadiy Davidovich davlat haqida fikr bildirib, “davlat – bu men emas” degan. Lyudovik 14 esa “Davlat – bu men” degan. 14-savol ekanligi esingizda bo‘lsa kerak.

15-savol. Tarqatma material.

img3

Ushbu savolga javoblarni yig‘ib olib kelganlardan iltimos shu savolga to‘g‘ri javoblarni ham jamolarga tarqatishda yordam berishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Savol: Ushbu karikaturada o‘chirib tashlangan 5 ta simvolni topib rasmda uchraydigan familiyani yozib bering.

JAVOB: Darvin.

img7

Izoh: Karikaturada Darvin ta’limoti bo‘yicha insonning rivojlanish bosqichlari ifodalangan..

16-savol. Xitoyda bu predmetlar ko‘plab o‘g‘irlanayotganligi sababli ularni maxsus g‘ishtlar bilan almashtirishdi. Savol qayerda?

JAVOB: Avtobusda.
Izoh: Avariya paytida oynani sindirish uchun qo‘yilgan maxsus bolg‘achalar odamlar tomonidan olib ketilavergach, ularni g‘ishtlar bilan almashtirishgan.

17-savol. Tarqatma material.

img5 img6

Qarshingizda Moskvadagi bir restoran emblemasi va uni bosh oshpazi Djakoma Lombardini ko‘rib turibsiz. Savol: Restoran nomini toping!

JAVOB: Karlson

18-savol. (Boshlovchi she’rni o‘qimasligi shart)
Tarqatma material.
Savol “Zakovat” Intellektual klubi Birinchi liga kubogiga bag‘ishlanadi.

12

Sizning qo‘lingizda Persi Bishi Shelli ijodidan tarjima turibdi. Savol grek harflari bilan almashtirilgan so‘zlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda yozib bering.

JAVOB: Yanvar, Fevral, Mart, Aprel, May.
Izoh: Birinchi liga kubogi Yanvar, Fevral, Mart, Aprel, May oylarida o‘tkazilishini yana bir marta eslatib qo‘ydik.

19-savol. Gnomeo va Julyetta multfilmida ikkita qo‘shnilar va ularning bog‘ida ishlaydigan gnomlarning o‘zaro munosabati aks etgan. Qo‘shnilardan birining familyasi Montekki, ikkinchisiniki Kapuletti bo‘lib, bir-birini yomon ko‘rishadi. Biri yoqtirgan narsani ikkinchisi yoqtirmaydi, bir-biridan xavfsirashadi. Kapuletti qizil rangni yoqtiradi. Uyi qizil rangga bo‘yalgan. xovlisiga lola ekilgan. Lola va maysalarda xonqizilar yuribdi. Qizil olmalar pishib yetilgan, hatto gnomlar ham qizil rangda. Bir kuni kechqurun Montekkining ko‘k gnomlari Kapulettining hovlisiga bostirib kirib, hovlini ostin-ustin qilishni rejalashtirishadi. Biroq bir muammoga duch kelishadi. Savol: ular qanday muammoga duch kelishgan edi?

JAVOB: Lazerli signalizatsiya.
Izoh: Savolda ular bir-biridan xavfsirashini aytib o‘tgan edik. Shu darajada xavsiraganki hatto signalizatsiya ham qo‘yib qo‘ygan. Odatda lazerlar qizil rangda bo‘lishini bilsangiz kerak.

20- savol. Vikipediyadagi versiyalardan biriga ko‘ra mashhur bir shohni qulog‘i katta bo‘lganligi uchun SHUNDAY atashgan. Injiner, ixtirochi, konstruktor, okeanolog-olim, Britaniya mustamlakachiligiga qarshi kurashgan shaxsni ham SHUNDAY atash mumkin. Shuningdek, bu insonlar qatoriga o‘zbek aktyorini ham kiritsa bo‘ladi. Yordam sifatida shuni aytamizki, oralaringizda hech kim ushbu aktyorni uzoqdan qidirmasin. Ana o‘shanda bu janobni ism-familiyasini topishingiz oson bo‘ladi. Savol: ushbu aktyorni ism-familiyasini yozib bering.

JAVOB: Alisher Uzoqov.
Izoh: Odisseyni dastlab quloqlari katta bo‘lganligi uchun Utis, ya’ni hech kim deb atashgan. Gap ketayotgan ixtirochi okeanolog olim esa Kapitan Nemo. Nemo ismi lotinchada hech kim degan ma’noni bildiradi. Alisher Uzoqov esa “Janob hech kim” filmida bosh rolni ijro etgan. Savolda hech kim uzoqdan qidirmasin va bu janobni kabi so‘zlarni ishlatganimiz bejiz emas.

21- savol. (Savolimizga javob topishingizga ishonamiz)
O‘zbekiston xalq shoiri Maxmud Toirning fikricha BIRINCHINI birovga berganda asosiysi tagida savobi bo‘lishi kerak. BIRINCHINING IKKINCHISI esa dilga hikmat solishi kerak. Savol: IKKINCHINI toping.

JAVOB: Javob.
Izoh: Maxmud Toirda shunday misralarni uchratish mumkin:

Savol ber tagida savobi bo‘lsin,
Dilga hikmat solar javobi bo‘lsin.

22- savol. Tarqatma material.

3333

Bitta mavzudagi blis savollari.
1. Internet saytlaridan birida 2011 yil dekabr oyida “Omadsizlar uchun shporgalka” nomli maqola chiqadi. Maqola nima haqida edi?
2. Internet saytlaridan birida 2011 yil oktyabr oyida “Porox hali bor” nomli maqola chiqadi. Maqola nima haqida edi?
3. Savol muallifining bir tanishi U haqda yozgan maqolasini “Yaxshilarning yomon taraflari” deb nomlamoqchi bo‘lgan. Maqola nima haqida edi?

JAVOBLAR:
1. Londonning “Tottenxem” futbol klubi haqida.
2. Londonning “Arsenal” futbol klubi to‘g‘risida.
3. Londonning “Chelsi” futbol klubi haqida.

Izoh: “Tottenxem”ni Shporlar ham deyishadi. Shporgalka so‘zi xato yozilganini sezgan bo‘lsangiz kerak. “Chelsi”ni Aristokratlar deyishadi. Aristokratlarning so‘zma-so‘z ma’nosi yaxshi kishilar hokimiyati. Undan tashqari hozirda ular Angliya Premyer-Ligasida 3, 4, 5, o‘rinlarni egallab turishibdi. (bu 4 mart kunidagi ma’lumot)

23-savol. Tarqatma material.

31

O‘zbekistonda u buyurtirilsa, 20 grammgacha 300 so‘m miqdorda baholanadi. Uni toping!

JAVOB: Xat.
Izoh: Sizga Sergey Yeseninning “Singlimga xat” va “Onamga xat” she’rlaridan lavha berildi. Kelayotgan 8 mart ayollar bayramida onalaringiz va opa singillaringizni nafaqat xatlar bilan, balki rang-barang gullar bilan tabriklashni unutmang!

24-savol. U 1907 yili Kuznesov, Sapunov, Sudeykin, Krыmov, Saryan va boshqa rassom ijodkorlar ishtirok etishgan ko‘rgazmani va keyinchalik ushbu ijodkorlarni birlashtirgan uyushmani nomi. Haqiqiy U 2008 yili Yaponiyaning Santori korparatsiyasi mutaxasislari (genetiklari) tomonidan yaratilgan. UNI ikkita so‘z bilan ifodalang.

JAVOB: Moviy atirgul. Onalarimiz va yaqin kishilarimizni faqat xatlar bilan emas, balki rang-barang gullar ham bilan tabriklaylik. Yana bir bora klubimizdagi qizlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab qolamiz.

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий