18.02.2012 — TЕMUR MIRZAYEV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: Chigal yozdi uchun savol. Javoblarni topshirish shart emas.
Anvar Obidjon detallarga e’tibori va juda chiroyli tasviri bilan boshqa yozuvchilardan ajralib turadi. Muallifning quyidagi ta’rifi nimaga berilganini toping: Ular gilam ustida egizak muymunchalardek ishshayib turishardi.

JAVOB: Bir juft kalish

1-savol: Diqqat, savolda “Alimjan va Hamid” nomlari boshqa nomlar o‘rniga qo‘llanilgan. Ma’lumki, Hamid va Alimjan bir shaharda tug‘ilishgan va ma’lum muddat o‘tgach o‘z shaharlaridan ko‘chib ketishadi. Bir necha asr o‘tgach esa, 1972 yilda Hamid Alimjan ushbu shaharga tashrif buyuradi va shunday deydi: “Men qancha muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsam ham, mening bu shaharga kelishim nasib qilganidan quvonchim barchasidan ustun”. Almashtirilgan ikki nomni topib yozib bering.

JAVOB: Muhammad Ali

2-savol: Vladimir Klichko – Cherkas tumaning Vilshani qishlog‘ida tug‘iladi. U ko‘p qirrali, o‘qimishli bo‘lganidan tashqari harbiy uchuvchi mutaxassisligiga ega bo‘ladi, Chernobldan aziyat chekkanlarga o‘z ko‘magini ayamaydi. Oila a’zolari bilan Germaniyada yashab, Ukraina elchixonasida va NATOda harbiy atashe lavozimida ham ishlashga to‘g‘ri keldi. Raisa va Anna ismli qizlari ham bor. Endi savol, Wikipedia saytidagi uning biografiyasida alohida ko‘rsatilgan 2011 yil 13 iyul sanasini qaysidir ma’noda uning hayotida ilk bor yuz bergan voqea deb sanash mumkin. Siz bir daqiqa ichida nima hodisa ekanini aniq yozib bering.

JAVOB: Bu ota (Radionovich) Klichko edi, u saraton kasalidan vafot etdi.

3-savol: Diqqat, savolda “shubhasiz” so‘zi boshqa so‘z o‘rniga ishlatilgan. Kofe sotuvchi do‘konlar tizimi bo‘lgan Starbucks kompaniyasi 2011 yildan boshlab, o‘z mavqeini yanada ko‘tarish, bozorni kengaytirish maqsadida bir nechta mashhur kompaniyalar a’zo bo‘lgan “Shubhasiz tanilganlar” klubiga kirishni rejalashtirgan. Bu klubga Nike, Apple, Mersedes, Makdonalds kabi kompaniyalar kiradi. Bu klubdagi kompaniyalar qatoriga kirish uchun kompaniya katta sarfga duch keladi. Savol, bu ma’lumotda “shubhasiz” so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?

JAVOB: So‘zsiz

4-savol: Duplet.
Xitoy tilida ishora degan so‘z san’ati mavjud bo‘lib, bir tushunchani boshqa bir narsaga o‘xshatish bilan ifodalaydi. Misol uchun, biror kishini quyonni dumi deb atasalar, demakki, u uzoqqa bormaydi, quyonning dumi kabi bir xil turaveradi degan maqsadda aytiladi. Quyida insonlarga xos 2 salbiy sifat haqidagi ishora haqida.
1) Yana shunday ishoralardan biri “ko‘mir yutgan” ma’nosini anglatadi. Savol, ko‘mir yutgan deb qanday odamlarga ishora qilish mumkin?
2) “Quduq tagidagi qurbaqa” qanday odamga nibatan qo‘llaniladi?

JAVOBLAR:
1) Ko‘mir yutgach nima bo‘lishi mumkin. Odamning ichi qora bo‘ladi. Ichi qora odamga nisbatan aytiladi.
2) Dunyoqarashi tor odam.

5-savol: Tarqatma material.
rasm-1

Ushbu ta’rifni yozib olishni maslahat beraman.
“Ular zamonaviy AQSHning ajralmas qismi, ularning soni o‘rtacha 4 tadan 6 tagacha bo‘ladi va ularsiz AQSHni tasavvur qilish qiyin”.

Endi tinglang. “Ekonomist” jurnali shu yilning fevral sonida Saudiya Arabistoni Jidda shahrida o‘tkazilgan ilk zamonaviy tasviriy san’at ko‘rgazmasi haqida so‘z boradi va rassomlar o‘zlarini qiynagan barcha so‘nggi davrdagi siyosiy, iqtisodiy yoki diniy sohadagi savollar bo‘yicha asarlar yaratishlariga imkoniyat yaratila boshlagani aytib o‘tilgan. Qo‘lingizdagi rasm 5 qismdan iborat bo‘lib, sizning qo‘lingizda 1-2 rasmlar berilgan. Oxirgi beshinchi rasmdagi narsa nima ekanini topishingiz uchun sizga yordam beraman. Buning uchun siz ushbu predmetga berilgan yuqoridagi ta’rifga e’tibor qiling va unda tushirib qoldirilgan 1 harfni toping. Agar topgan bo‘lsangiz, rasmdagi oxirgi beshinchi rasmda nima tasvirlangan?

JAVOB: Bu ta’rifda AQSH so‘zi tarkibida Yo harfi tushirib qoldirilgan edi, rasmdagi o‘zini otishga shaylangan odam esa asta o‘zgarib, benzin quyish apparatiga aylanmoqda. Bu energiya krizisiga bag‘ishlangan surat edi.
rasm-2

6-savol: Hazrat Navoiy ijod qilishdan tashqari, ijodning nazariy masalalariga ham e’tibor qaratganlar. Bobomizning muammo janrida asar bitish haqida aytib o‘tgan quyidagi maslahatlari e’tiborga molik. Navoiy aytadi: “Agar sen bu so‘zni ifodalamoqchi ekansan, ham shaklan va ham mazmunan uyg‘unlik bo‘lishi uchun, Olloh, dard va mehnat so‘zlarini qo‘llash ma’quldir.” Endi savol, bobomiz qaysi qadimiy so‘zga nisbatan yuqoridagi usulni taklif qilganlar?

JAVOB: Muammo janrida so‘zlar bosh harfidan maqsad qilingan boshqa so‘z hosil qilishga mo‘ljallangan so‘z san’atiga aytilgani uchun, yuqoridagi so‘zlarni birlashtirsak ODAM so‘zi hosil bo‘ladi.

7-savol: Ingliz she’riyati hazil she’rlar to‘plamida bir qator laymrik janridagi she’rlardan so‘ng, Jastin Richardson epigrammasi ham kiritilgan. Undagi so‘nggi qatorini mazmunan siz topishingiz kerak.

Qanday shoir bo‘ldim men deya,
Shuncha yillar o‘tdi ko‘nglim g‘ash,
Eliot, Ovdin, Maknis she’rlarin
Bilmasimdan edim hijolat.
Bir o‘y ko‘nglim yoritdi, tayin,
Axir Choser, Shekspirlar ham
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _

JAVOB: O‘qimagan ular asarin.

8-savol: Mashhur fransuz aktyori, mitti jandarm roli bilan hammamizga tanish Lyui de Fyunesning “Misye Septim Restorani” nomli filmini ko‘pchilik ko‘rmagan bo‘lishi mumkin. Bu filmda jinoyat sodir bo‘lgach, qahramonlar restoran tashqarisida turib, kechki shaharga quloq solib, bahslasha ketishadi. Biri “bu re-lya, re-lya notalari” deb vohima qilsa, ikkinchisi, hotirjamlik bilan “unday emas, notalarni men ham tushunaman, bu aniq si-lya notalari“ deydi. Savol, bu kino qahramonlar qaysi 2 narsani re-lya va si-lya notalari bilan ifodalagan?

JAVOB: Bu serena ovozlari notalari — biri politsiya va ikiinchisi tez yordam signallari edi.

9-savol: Uning Gamburgdan turib yozgan xatlariga quloq soling:
«Salom Farishtam, azizam Anya. Bu yerda o‘yindan o‘zimni to‘xtata olmayapman. Har qanday mehnatsiz qo‘lga kiritilgan pullardan jirkanib kelganman. BЕCHORA ODAMLAR bir burda nonga zor ishsiz yurgan paytda bu yerda ruletka qarshisida vaqt o‘tkazish noto‘g‘ri, lekin nimadir baribir o‘ziga rom etadi. Albatta bu qiziqishim JINOYAT emas, shunday bo‘lsada o‘yin botqog‘i meni o‘z domiga tortmoqda. Kelgandagi bechora holimdan ham yana og‘irroq holatda Gamburgdan uyga qaytadigan bo‘lsam o‘zimni kechirmasam kerak… Kecha kunim yaxshi boshlandi, yaxshi O‘YINCHI chiqib qoldim, ancha pul yutdim, biroq kunning ikkinchi yarmida bor budimdan ayrildim, hatto qo‘l soatimni sotishga majbur bo‘ldim. Men o‘yindan telba bo‘layapman. Anya, endi ko‘zlaringga qanday boqaman, men har qanday JAZOga loyiq mahluqman. Savol, yuqoridagi xatlar muallifini toping.

JAVOB: Yuqoridagi xatlarda muallifning bizga ma’lum bir nechta asari nomlari keltirilgan. Muallif esa yozuvchi F.Dostoyevskiy

10-savol: Rossiyalik zamonaviy shifokor-ekstrasens Sergey Lazarevning “Karma Diagnostikasi” kitobida buyuk bobomiz Ibn Sinoning qanchalik ilg‘or olim bo‘lganligi qayta-qayta ta’kidlangan. Lazarevning aytishicha, bir holatning inson salomatligiga salbiy ta’sirini Ibn Sino quyidagi tajribalarida ko‘rsatib bergan ekan. Bir bosh qo‘y qoziqqa bog‘lanib, 3 quloch narida esa bir bo‘ri bog‘langan holda ushlab turiladi. Bo‘ri shu masofadan yaqinlashmagan bo‘lsa hamki, qo‘y 2- kundan keyin o‘lib qolgan. Lazarevning aytishicha, zamonaviy fanga 19 asrdagina kirib kelgan bu holatni Ibn Sino XI asrdayoq salomatlikka ta’siri borligini isbotlab ketgan ekan. Savol, shu holatni bir so‘z bilan aniq yozib bering.

JAVOB: Stress

11-savol: Tarqatma materil.
“We have no plan B”

Bundan 3 oy oldin Janubiy Afrikaning Durban shahrida Jahon atrof-muhitni himoya qilish tashkilotlari, YUNЕSKO, Grinpis kabi o‘nlab sayyoramiz muhofazasiga befarq bo‘lmagan ilg‘orlar, ekologlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala Kioto protokoliga yangilik kiritish va yer shari haroratining ko‘tarilishi, atrof-muhit ifloslanishi, yovvoyi tabiatni asrash va jahon aholisini boqish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi. Bu uchrashuvlar davomida tarqatmadagi mashhur “Bizda zahira yo‘l yo‘q” iborasi 2 harf qo‘shilgan holda aytib o‘tildi. Bu o‘zgartirish bilan ibora uchrashuv mavzusiga juda mos kelar edi. Savol, siz shu qo‘shilgan 2 harfni toping.

JAVOB: ET harflari PLAN so‘ziga qo‘shib yozilgandi va natijada “We have no planet B” — “Bizda zahira sayyora yo‘q” ma’nosi hosil bo‘ladi. Bu ekologlar uchun ayni muddao shiordir.

12-savol: Duplet. Izohli lug‘at:
1) Yozib oling. “Gulparast — deb atamang, ishimizdan bexabar, shonalar sanab yurgan mehnatkash qizlar edik. G‘.G‘ulom bu misralaridagi shona so‘ziga nima deb izoh berilgan?
2) Shop mo‘ylov – katta, uzun mo‘ylov. Qo‘lini shop qilmoq – qo‘lini oldinga cho‘zib o‘qtalmoqgapirmoq. Shop o‘zi nima?

JAVOB:
1) shona bu — paxta guli;
2) Shop bu — uchi orqaga qayrilgan tig‘li qilich. Oddiy qilich javobi ham to‘g‘ri.

13-savol: Tarqatma material.
rasm-3

Wikipedia maqolasida aytilishicha, ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida uni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun zararli deb topib, dars xonasiga olib kirish ham ta’qiqlanar ekan. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, u bolalarning miyasidagi bir qobiliyatning atrofiyasiga olib kelishi mumkin ekan. 2011 yilning dekabrida Buyuk Britaniya Ta’lim ministri Nik Gib kichik sinfdagi o‘quvchilarga uning zararini hisobga olib, kelasi yildan boshlab barcha maktablarda undan foydalanishni cheklash haqida aytib o‘tgan. Savol, u nima?

JAVOB: Rasm uning nomiga yo‘nalish berish maqsadida tarqatilgandi — bu kalkulyator (kal kulayotir)

14-savol: Bir necha yillardan beri AQSH dunyoning eng yirik eksport mahsuloti yetkazib beruvchisi bo‘lib kelgan. Bu eksport mahsulotlari turli xil sohalarga tegishli. Misol uchun 2009 yil natijalari: hozirda birinchi o‘rinda 70 mlrd. dollar qiymatida yarim o‘tkazgich, elektronika mahsulotlari, 60 mlrd. dollardan ziyod harbiy texnika yetkazib berish ikkinchi yetakchi soha sanaladi. 6-o‘rinda CASE kombaynlari kabi qishloq ho‘jalik mashinalari, 8-o‘rinda 34 mlrd.ga teng mineral o‘g‘itlar eksport qilinadi. Endi siz, 7-o‘rinni tashkil etgan, 36 mlrd. qiymatga teng mahsulot turini topib yozib bering.

JAVOB: 2009 yilda shuncha qiymatga ega dollar kupyuralari chet el ehtiyoji uchun eksportga chiqarilgan.

15-savol: Tarqatma.
1) Historically, the Kyrgyz made very simple XXXXX, suitable to their nomadic way of life. Two arcs are made …
2) Sep. 2011 at EBAY.com you can purchase handmade XXXXX. Price –US $199.99

Qo‘lingizdagi tarqatmada ularga berilgan 2 xil ma’lumotni ko‘rib turibsiz. Tarjimasi:
1. “Tarixan, qirg‘izlar sodda XXXXXlardan foydalangan, chunki ko‘chmanchi hayot uchun qulaydir. Ikki arka yasaladi..”
2. “2011 yil sentyabrdagi ma’lumotga ko‘ra internet do‘konida qo‘lda yasalgan XXXXXni sotib olish mumkin. Ular 199.99 AQSH dollaridan sotiladi”.

Endi savol, yashirilgan Xlarni bir so‘z bilan toping.

JAVOB: Bejizga beshta X bilan alishtirilmagan edi. Ingliz tilida BESHIKS – so‘zi XXXXX(besh iks) kabi aytiladi. Bu so‘z O‘rta Osiyoga xos beshik haqida edi.

16-savol: Xitoy xalqaro kanali madaniyat yangiliklarida qiziq ma’lumot qulog‘imga chalindi. Milliy Statistika markazining ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda ayni damda plastik operatsiya qildirish ko‘payib bormoqda ekan. Eng ko‘p o‘tkaziladigan operatsiya turi albatta inson yuzi bilan bog‘liq bo‘lib, mijozlarning katta qismi aynan shu millat ko‘rinishiga ega bo‘lishni istab murojat qilishar ekan. Bizga qanchalik g‘alati tuyulmasin, buning kattagina sababi bor. Savol, qaysi millat?

JAVOB: Bizdagi kabi Xitoyda ham keng tarqalgan seriallar sabab, Koreyscha chehra modaga kira boshlagan.

17-savol: A.Obidjonning “Baloga qolgan futbolchi” to‘plamida juda qiziq hikoyalar keltirilgan bo‘lib, turli qiziq fikr, loflar va qiyoslar bilan to‘la. Misol uchun, Oltiariqliklar mehmon kelsa jonini ham beradilar, lekin bodring urug‘ini emas. Oltiariqlik otalar o‘g‘illariga shunday nasihat qilishadi: “Do‘stingni sotma, lekin turp do‘st emas”. Shu kitobda Shakarqishloqliklarning bir odati ham aytib o‘tilgan — ular kun qizib ketsa, katta gulxan yoqishar ekan. Savol, nima maqsadda?

JAVOB: Olovning tutuni soyasida o‘tirish uchun.

18-savol: “Made in Holliwood” ko‘rsatuvidan. Garri Potter filmlarini tomosha qilmagan muhlis kam bo‘lsa kerak. Orangizda bu filmlar muhlislari bo‘lsa, ular bilan bog‘liq ma’lumotlar ular uchun qiziq bo‘lishi mumkin. Bu filmlardan ijodkorlar 6 mlrd. dollar foyda ko‘rishgan ekan. Rejisser Stiven Spilberg ssenariyani o‘qib chiqqach, undan animatsion film qilish taklifi bilan chiqqach, boshqa rejisser taklif qilishga majbur bo‘lishgan. Filmdagi bosh qahramon rolini ijro etgan Redklif barcha seriyalardagi ishtiroki uchun hammasi bo‘lib 80 mln. dollar haq olgan va Britaniyadagi o‘z yoshidagilar ichida eng katta boyvachcha sanaladi. Endi savol, bu film bilan bog‘liq 16.000 soni qanday ko‘rsatgichni anglatadi.

JAVOB: Bekorga Redklif haqidagi ma’lumot oxirida berilmagan. Film qahramoni uchun 16000 bolakay kastingda ishtirok etgan.

19-savol: Dog‘istonlik sozanda, shoir Abutolibning ko‘plab qiziq o‘xshatish, falsafiy fikrlari mavjud. “Bola degani torga o‘xshaydi. Tarbiyasi buzilib izdan chiqdimi, to‘g‘irlash uchun qulog‘ini burash kerak”. Shulardan yana biri topishmoqqa o‘xshaydi. “Boshqa barcha narsani tortsang uzayadi, lekin uni tortsang qisqaradi”. Nimani?

JAVOB: Sigaret

20-savol: Blis.
Rasul HAMZATOV “Mening Dog‘istonim” kitobidan.
1) Ba’zilar aytadi, mehmonda kamchilik yo‘q deb. Unga qaysi tomondan qarasang ham chiroyli ko‘rinadi, biroq mehmonning sovg‘asi hammasidan go‘zal. Hamzatov aslida “sovg‘asi” so‘zi o‘rnida boshqa so‘zni qo‘llagan. Shu so‘zni toping.
2) Faqat shaklga qarab hulosa chiqarmaslik kerak. Umri dengizda o‘tgan baliqchi bir kuni o‘rmonda birinchi bor qora birinchilarni ko‘rib, qora ikkinchi qanday kelib qoldi deb o‘ylagan. Yoki hech qachon dengizda suzmagan tog‘lik ikkinchini ko‘rganda, nega birinchilarni bankaga solib qo‘yibdi deb ajablangan ekan. Qora rangdagi birinchilar va ikkinchini toping.
3) So‘nggi savol. Bugungi berilgan birinchi savoldan, toki oxirgi savolni tuzishda xatolik, g‘alizliklar bo‘lsa, Zakovatga qiziqib, vaqtini ayamay kelgan barchadan uzr so‘rayman. Agar bugun birorta savol yodingizda yaxshi ma’noda qoladigan bo‘lsa, juda xursand bo‘laman. Endi savol. R.Xamzatov bo‘sh yozilgan she’rlarni, mehnatsiz ijodda shuhrat qozonmoqchi ijodkorlarni qoralaydi va quyidagi qadimgi avar maqolini misol keltiradi: “Shaldiragan jilg‘a dengizga, yalqov piyoda u yerga yetib bora olmaydi”. Savol, qayerga?

JAVOBLAR:
1) mehmonning yelkasi (ketayotganda).
2) qora ikra va qora chumoli.
3) Birinchi va oxirgi savollar haqida bekorga aytib o‘tmadim, yalqov piyoda Makkaga yetib bora olmas ekan.

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий