11.02.2012 — NIZOMIDDINXO‘JA NIG‘MONOV VA SHAHZODA RAHIMOVA SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1. Buyuk Zevs Uning yordamida qanotli Pegas ustida Olimpga chiqayotgan Bellerafontni to‘xtatgan, yovuz Gera Uning yordamida Ioni azoblagan. XIX asr so‘ngida U bir inglizga shuhrat olib kelgan. Inglizni ayting.

JAVOB: Etel Lilian Voynich.
Izoh: “So‘na” asar nomi, So‘na – parazitar hashorot.

2. Ilgari Ayollar monastirlarida U “rohibalar bezagi” hisoblangan. Uni mashhur bo‘lishiga sababchi esa bir Misr malikasidir. UNI turli tillarda turlicha atashadi. Ba’zi tillarda esa UNING Onasi ham bor. Qaysi tilda?

JAVOB: Nemis. Perlamutr.
Izoh: U – Marvarid, dur, inju, marjon.

3. Birinchi so‘z – bu o‘rta asrlar arxitekturasida: ichki qismi qator ustunlar bilan bir necha qismga bo‘lingan bino. Bu so‘zdan oxirgi harf olib tashlansa – Ikkinchi so‘z – parfyumeriyada keng ishlatiladigan modda nomi kelib chiqadi. Hosil qilgan so‘zimizdagi bir harf boshqasiga almashtirilsa – Uchinchi so‘z – soddagina bolakayni aldagan chet ellik muttaham qallobning ismi kelib chiqadi. Ushbu firibgar haqida biz kim orqali tanishmiz?

JAVOB: Aleksey Tolstoy.
Izoh: 1 – Bazilika – Bazilik – Bazilio. Bazilio esa Buratinoni aldagani haqida bizga A. Tolstoy ertagidan ma’lum.

4. Ye. Zamyatinning “Biz” deb nomlangan romanida, agarda BIZ torozining bir pallasiga IKSni ikkinchi pallasiga IGRЕKNI qo‘ysak, IKS IGRЕKdan ancha og‘ir bo‘ladi deyilgan va IKS – shaytoniy, IGRЕK esa – xudodanligi eslab o‘tilgan. BIZ IKSni nima ekanini so‘ramaymiz, BIZga savolda bir necha bor eslangan IGRЕKni aytib bering.

JAVOB: BIZ.

5. Roman Karpuxin ko‘p yillar davomida bal raqs san’ati bilan shug‘ullangan. Bu narsa unga keyinchalik bir kasbni mohir ustasi bo‘lishiga yordam bergan. Mashqlar paytida U 10 km.lab ortga yugurardi. U egallagan kasb XVII asr oxiri, XVIII asr boshida paydo bo‘lganini hisobga olib, u nima kasb ekanligini ayting.

JAVOB: Toreadorlik.
Izoh: Toreadorlar ish jarayonida ko‘pincha ortga yugurishlariga to‘g‘ri keladi va ball raqsi san’atini mohir ustasi bo‘lgan Karpuxin keyinchalik bu qobilayatini toreadorlikda juda yaxshi qo‘llay olgan.

6. Djeromning romanlaridan birida shunday lavhaga duch kelamiz, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ulkan qasr xonalaridan birida katta surat osilgan. Ushbu suratning past qismida Odam Ato yer chopayotgani va Momo Havo suv quyayotgani tasvirlangan. Diqqat savol, suratning markazida nima tasvirlanganini aniq aytib bering.

JAVOB: Shajara (Geneologik) daraxti.
Izoh: Qasr egalari o‘z avlodlarini Odam Ato va Moma Havodan boshlashgan.

7. Uning tahminiy marshruti quyidagicha: Puding-leyndan — Fish-stritga va ko‘prik orqali Temz-stritdan — Old-Suon-Leyn — Daugeytlarga. So‘ngra, Chipsayddandaryo bo‘ylab Tauer-stritga va Fencherch-strit orqali va Bey-ards-kaslga. Aytingchi, bu erta kuzgi “sayyoh”ning ajoyib sarguzashti qaysi yili amalga oshgan edi?

JAVOB: 1666 yili. London yong‘ini.

8. Bir yumoristik asarda yozilishicha, BU jonivorning go‘shti va terisini olishning eng zararsiz yo‘li bor ekan. BU aynan SHU jonivorda, UNING bir yaqin qarindoshida bor xususiyatni rivojlantirish ekan. Menga xususiyatni aytib bering.

JAVOB: Dum tashlash. AUTOTOMIYA.
Izoh: Shundagina Timsohga zarar keltirmasdan, ularning go‘shtini iste’mol qilish, terisini esa bemalol ishlatish mumkin bo‘lardi. Timsohning yaqin qarindoshi esa kaltakesak.

9. Endigina prezident bo‘lgan katta Djordj Bush o‘z xalqiga “Watch my lips: no new taxes” ya’ni “Lablarimni kuzating: HЕCh QANDAY YANGI SOLIQLAR!” qabilida va’da beradi. Oxir oqibat u o‘z va’dasida turmay baribir soliqlarni ko‘taradi. Keyinchalik kichik Djordj Bush saylov kompaniyasi davrida uning raqibi Albert Gor xuddi shu iborani biroz o‘zgartirgan holda Djordj Bushga qarshi ishlatadi. Menga A. Gor variantini yozib bering.

JAVOB: “Watch my lips: no new Texans”. “Hech qanday yangi texaslik!”.
Izoh: Bushlar Texas shtatidan.

10. 1937 yil Minskning 1500 kishiga yaqin aholisi, baland machtaga dastlab qizil havo sharchasi ko‘tarilganini kuzatishgan. Keyin esa ma’lum vaqt oralig‘ida ushbu machtaga birin ketin 6 ta yashil rangli havo sharchasi ko‘tarilgan. Ushbu machta va sharchalar bajargan funksiyani xozirda boshqa predmet bajaradi. Qaysi predmet?

JAVOB: Tablo.
Izoh: Machtalardagi havo sharchalari futbol matchi hisobini bildirgan.

11. “Javobni bilmasang Pushkin deb yoz” degan qoidani hamma eshitgan. Lekin bu qoida ko‘pincha buzilib ham turadi, ya’ni biron yangilik yoki biron-bir asar shunchalik mashhur bo‘lib ketadiki, shunday vaqtlarda o‘sha yangilik haqida savollar ko‘payib ketadi. Endi esa savol, Archi Gudvinning ko‘p yillik dugonasi va bir nemis qo‘shig‘ining qahramoni IGRЕKning adashidir, Kuk va Morartilar IKSning adashidir. IKS ham, IGRЕK ham doimo xavf ostida yashashgan va doimiy tazyiqlarga qaramay, qisqa bo‘lsada mazmunli umr kechirishgan. Menga ularning farzandlarini ismini aytib bering.

JAVOB: Garri.
Izoh: IKS – Lili, IGRЕK – Djeyms Potterlar, ularning farzandlari – Garri Potter.

12. Uning ikkinchi ismi va familiyasi Millisent Roberts ekanligini, U Viskonsin shtati, Uillouz shahrida yashashini va o‘sha shahardagi maktabni bitirganini ko‘pchilik bilmasa kerak. U haqidagi qolgan ma’lumotlar juda qiziq va ko‘pdir. Shunday ma’lumotlardan biri, Uning eng yaqin dugonasi – sepkillarga to‘la yuzli, ko‘kko‘z qizoloq Midjdir. Uni asosiy ismini erkalangan variantini yozib bering.

JAVOB: Barbi. To‘liq ismi — Barbara Millisent Roberts.

13. Machxols kometasi aynan SHUNDAY ekanligining sababi, quyosh shamolining bosimiga bog‘liq ekan. Fenemor Kupper asarlaridan birida, fil haykalchasini ko‘rgan hindu uni aynan SHUNDAY hayvon deb o‘ylaydi. Qandayligini IKKI so‘z bilan ayting.

JAVOB: IKKI dumli.
Izoh: Kometa 2 dumli ko‘rinadi, hayotida fil ko‘rmagan hindu hayvon xartumini ham dum deb o‘ylaydi.

14. Ka XAe XauAyini paydo bo‘lishi haqidagi afsonani tinglang: Kapitan Djordj Vankuver Gavayyaga kelgan vaqtida, Gavayyaning bo‘lajak birinchi qiroli Kamexamex Birinchiga Uni sovg‘a qiladi. Kamexamex Uni Georg III ning do‘stligi belgisi sifatida qabul qiladi, lekin qirolga Undan saroyda foydalanmaslik kerakligini aytishadi. Chunki Bu narsa xalqaro nizolar keltirib chiqarishi mumkin edi. 1816 yilda esa orollarda o‘zida UNI mujassamlashtirgan Ka Xaye Xauayi paydo bo‘ladi. Menga esa Ka Xaye Xauayi nima ekanligini aytib bering.

JAVOB: Gavay orollari bayrog‘i.
Izoh: Vankuver qirolga Britaniya bayrog‘ini sovg‘a qilgan edi, nizo keltirib chiqishi mumkin bo‘lgan sabab, Gavayani Britaniyaniki emasligi, lekin baribir keyinchalik qirol bir chekkasida Yunion Jek tasvirlangan o‘zining bayrog‘ini ta’sis ettirgan.

15. Kiyevdagi mebel do‘konining nomi ikki qismdan iborat va ularni nuqta ajratib turadi. Birinchi qism, do‘konda sotiladigan narsani nomini, ikkinchi qism esa u ishlab chiqarilgan mamlakatni anglatadi. Umuman olganda, do‘qonning nomi ham qaysidir ma’noda o‘sha mamlakatni eslatadi. Menga do‘kon nomini yozib bering.

JAVOB: Servant.ES.
Izoh: Do‘kon mebellar do‘koni, mebellar esa Ispaniyadan keltiriladi, umumiy nom ham, ispaniyalik buyuk adib Servantesni eslatadi.

16. Bir xorijiy roman qaxramoni Quddusdagi “Al-Aqso” masjidiga grimmda kirib oladi va u yerda o‘zini xuddi “… … …”gidek his qiladi. Tushirib qoldirilgan 3 ta so‘z 1865 yilda chop etilgan ingliz hikoyasining o‘zbekcha nomidan ikki harf bilan farq qiladi. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping.

JAVOB: “Ali mo‘’jizalar mamlakatida”.
Izoh: hikoya “Alisa mo‘’jizalar mamlakatida” edi.

17. Diqqat savolda so‘z almashtirilgan. Bir yozuvchiga nisbatan 1927 yilda “Komsomolskaya pravda” gazetasida bildirilgan tanqidiy fikrni tinglang: “Uning uchun bizning dunyo, Uni yashashini qiynayotgan fantastik shaytanatga aylanib qolgan”. Ushbu fikr kimga nisbatan bildirilgan edi?

JAVOB: M. Bulgakov.
Izoh: Shaytanat – Dyavoliada.

18. XIX asr psixologi va faylasufi Uilyam Djoys Uni quyidagicha ifodalagan. Olimning fikricha Uning faqat shu ko‘rinishigina asl maqsadga erishilganligini bildirar ekan. Mana salkam 30 yildirki Biz Unda Nodar, Aleksandr va Semenlarni ajoyib ijodlarni miriqib kuzatib boramiz. Dramaturg Axror Xasanovning esa “U yoki vijdon azobi” nomli dramasi bor. Menga Uni ikki so‘z bilan aytib bering.

JAVOB: “Muhabbat formulasi”
Izoh: A.Tolstoyning “Graf Kaliostro” romani asosida Mark Zaxarov tomonidan suratga olingan filmda Aleksandr Abdulov, Nodar Mgaloblishvili, Semen Farada o‘ynagan.

19. Ruminiyaning Butuaye qishlog‘ida ajoyib “sharob oteli” ishlaydi. Ushbu otel xonalari asosan “ikkinchi qavat” sathida joylashgan bo‘lib ular to‘laligicha elektrlashtirilgan va o‘z ichida – oynavand ayvon, shinam mebellar, telefon va boshqa qulayliklarni mujassamlashtirgan. Haqiqiy toza sharobning hidi kelib turuvchi bunday xonalarda 1 kecha tunash – 10 Yevro turadi. Norasmiy tarzda bu otel bir inson nomi bilan ataladi. Kimning nomi bilan?

JAVOB: Sinoplik Diogen. Faqat Diogen javobi ham qabul qilinadi.
Izoh: Otel xonalari 10000 litrli sharob BOCHKAlari ichiga joylangan.

20. Agarda fransuzcha Vikipediyaga kirib, XIX asr rus yozuvchisi haqidagi maqolani topmoqchi bo‘lsangiz, albatta uni familiyasi va ismni kiritishingiz shart, aks holda siz XX asr boshlarida ishlatila boshlangan va bir asrdan keyin juda mashxur bo‘lib ketgan Bir termin haqidagi maqolaga yo‘liqib qolasiz. Menga yozuvchi va terminni aytib bering.

JAVOB: Gogol, gugol.
Izoh: Fransuzchada termin – gogol bo‘lar ekan.

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий