21.01.2012 — SHAVKAT ULUG‘OV SAVOLLARI

NIMADIR.UZ: ZAKOVAT: 1-savol. Janubiy Karolina shtatida istiqomat qiluvchi ayolni sud jarayonida ushbu ishni qilmaganligi uchun hibsga olishgan. Ayol qanday ishni qilmagan?

JAVOB: mobil telefonini o‘chirmagan.

2-savol. 7-sinf «Ona tili» darsligi ilovasida izohli lug‘at bor. Birinchi so‘zning ma’nosi – «oxiri, poymoni bo‘lmagan; mangu, doimiy» va oxirgi so‘zning ma’nosi – «xizmatkor». Siz esa menga o‘sha lug‘atdagi ikkita so‘zni – eng birinchisi va eng oxirgisini ayting.

JAVOB: 1-abadiy, 2-chokar.

3-savol. 1848 yil 1 yanvar kuni Milan shahri aholisi ommaviy ravishda «ust kiyimini yechib» tashladi, chunki o‘sha vaqtda shahardagi yagona «ust kiyim» fabrikasi Avstriyalik bosqinchilar qo‘lida bo‘lib, sotuvdan tushgan foyda Avstriya armiyasini qurollantirishga sarflanardi. Ushbu matndagi «ust kiyimini yechish» so‘zlarini biz qaysi so‘zlar bilan almashtirdik?

JAVOB: chekishni tashladilar.

4-savol. Firdavsiy o‘zining shoh asari «Shohnomani» yozib tugatgach Sulton Mahmud G‘aznaviyga taqdim etadi. Sulton Firdavsiyga ushbu asardagi she’riy satrlarning har biri uchun 1 tangadan, ya’ni 60 ming tanga berishni buyuradi. Lekin Firdavsiy ushbu pullarni shu zahotiyoq sultonga qaytarib beradi. Nima uchun?

JAVOB: chunki tangalar kumushdan edi, Firdavsiy esa tilla tangalar berilishini kutgandi.

5-savol. 2010 yil oxirida, men NTV telekanalida DOLLAR va SЕNT jamoalari bahsining shohidi bo‘ldim. Savoldagi almashtirishlarning ma’nosini tushungan bo‘lsangiz, men qaysi jamoalarning bahsini ko‘rganligimni ayting.

JAVOB: Rubin va Kopengagen.
Izoh: NTV telekanalida jamoalarning qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi: RUB va KOP.

6-savol. She’riy topishmoq.
Sham yorug‘ida pushti, shamol tebratgan gullar,
Kunduz, sham o‘chganida qanday rangda ko‘rinar?

JAVOB: topishmoqda aytilganidek «sham»ni o‘chiramiz. Shamol so‘zidagi «sham» o‘chirilsa, «ol» — ya’ni qizil so‘zi qoladi. To‘g‘ri javob – qizil rang.

7-savol. Xato qilmaslikka harakat qilib ushbu savolga javob bering. Djordj Oruelning mashhur romanidagi voqealarning boshlangan sanasini, ya’ni kun oy va yilini aniq yozib bering.

JAVOB: 4 aprel 1984 yil.
Izoh: romanning nomi «1984». Internetda izlov berganda hato qilsangiz ushbu hatoning shartli belgisi «404».

8-cavol. Birinchisini tayyorlashda, eziladigan hom-ashyo, yupqa terisini ajratib olish uchun filtrdan o‘tkaziladi. Ikkinchisini tayyorlashda esa hom-ashyoning yupqa terisi qoldiriladi. Birinchi va ikkinchini to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting.

JAVOB: Oq vino, qizil vino.

9-savol. Rivoyatda aytilishicha M.Ulug‘bek, bobosi – Amir Temur taqdirini yulduzlar orqali bashorat qilib, o‘limdan saqlab qolgan. M.Ulug‘bek bobosining tole’nomasini aniqlab, o‘lim bilan bog‘liq xavf-xatar borligini ko‘radi, lekin aynan qanday turdagi xavf ekanligini bilmay turganida: «… minora koshini ko‘chib, tole’noma darajasi harfi ustiga tushib, uni ezib tashlaydi». Ushbu belgini ma’nosini to‘g‘ri tushungan M.Ulug‘bek bobosini aynan qanday xavfdan saqlash kerakligini tushunadi. Bu qanday xavf ekanligini siz ham ayting.

JAVOB: zilzila.
Izoh: «Bobom hayotiga bo‘lgan xavf zilziladandur va u bir soat ichida bo‘lajak».
Manba: X.Davron «Sohibqiron nabirasi» kitobidan.

10-savol. «Qancha ko‘p (so‘z qoldirilgan) bilsang, senda shuncha odam yashaydi». Ushbu, o‘zbek tiliga tarjima qilingan ozarbayjon maqolida bir so‘z qoldirilgan, uni toping.

JAVOB: tillarni. Izoh: Maqol tarjima qilingani qo‘shimcha yordam edi.

11-savol. Kentukki shtatida istiqomat qiluvchi Baumer Grin, Oq uy jalyuzilarining odatdagidek yarim ochiq emas balki tushirib qo‘yilganligini ko‘rib qolgan. Ushbu voqea natijasida, 3 ta inson hibsga olinib, ularga aynan shunday ayblov qo‘yilgan. Qanday ayblov qo‘yilgan edi?

JAVOB: pullarni qalbakilashtirish.
Izoh: ayol AQSH dollarida tasvirlangan Oq uy rasmidagi o‘zgarishlarga e’tibor bergan.

12-savol. Blis.
Savollarni «Zakovat» klubi rahbari Abdurasul Abdullayev beradi.
1 – Tailand, Laos va Kambodjadagi budda ibodatxonasi qanday nomlanadi?
2 – Gvianadagi shahar va Yuqori Normandiyadagi viloyat nomi?
3 – Arman alifbosidagi 6-harf.

JAVOBLAR:
1 – vat
2 – ko
3 – za.

Izoh: 3 ta javobdan “Zakovat” so‘zini tashkil qilish mumkin.

Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Добавить комментарий