You are here

Xitoy prezidenti Islom Karimovni O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Flags of the participating countries during the International Engineering Fair in Brno, Czech Republic on September 14, 2012. Flag of People's Republic of China, China. (CTK Photo/Igor Zehl)

Xitoy prezidenti Si JinPing (习近平) Islom Karimovni O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda “Sinhua” axborot agentligi xabar bermoqda.

Si JinPingning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda hokimiyat tepasiga kelganidan beri mamlakatdagi siyosiy barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, xalq farovonligi, O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va ta’siri o‘sib bormoqda.

“Islom Karimov rahbarligida davlat qurilishining barcha yo‘nalishlarida yanada katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilishiga ishonch bildiraman”, – dedi Xitoy davlat rahbari.

Xitoy tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent va Pekin yaxshi do‘st va hamkordirlar, ularni o‘zaro samimiy ishonch munosabatlari bog‘lab turadi.

Manba: 12news.uz Kun.uz

Добавить комментарий

Top