You are here

Toshkentda yangi namunadagi yo’lovchi vagonlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi

C8o0mzDZhFDMbflAH4YVFwGSS9TtJJV0

«Toshkent yo’lovchi vagonlarni ishlab chiqish va ta`mirlash zavodi» AJ o’z faoliyatini kengaytirib, mahsulotlari turini 10 martagacha oshirishga erishdi. Korhonada 50dan ortiq zamonaviy, yuqori tasnifli tehnikalardan foydalanilmoqda.

Zavod mutahassislarining yangi ishlanmalaridan biri havoni sovutuvchi tizimga ega hamda yumshoq o’rindiqli 61-926 modelli vagonlardir. Bular doimiy yo’nalishda qatnovchi poYezd tarkiblari uchun mo’ljallangan. Mazkur vagonlar o’zaro biriktirilganda orada ochiq masofa kam qoladi va tashqi tomondan germetik bekitilgan bo’ladi.

Bu o’z navbatida yo’lovchilarga vagondan vagonga havfsiz ravishda o’tish imkonini beradi. Bundan tashqari, yo’lovchilar poYezd to’htashi va harakatlanishida vagonlarning o’zaro urilishidan paydo bo’luvchi saslarni eshitmaydi. Yangi vagonlar tarkibi tashqi tomondan ham zamonaviy ko’rinishga ega. Shuningdek, uning konstruktsiyasi, yoritilishi, ergonomikasi, mikroiqlim, shovqin va vibratsiya ko’rsatkichlari bo’yicha sanitar me`yorlarga to’liq mos keladi.

Manba: “NarodnoYe slovo” gazetasi

Manba: Kun.uz

Добавить комментарий

Top