You are here

“Tolibon” Afg‘onistonda harbiy harakatlarni boshladi

4984980

Afg‘oniston hukumati rasmiylari “Tolibon” harakati jangarilari shimoliy viloyatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida qo‘shni Pokiston hududidan kirib kelayotganini ma’lum qilmoqda. O‘z navbatida “Tolibon” harakati vakillari 24 apreldan Afg‘onistonga “bahorgi yurish” boshlanishini e’lon qilgan edi.

Associated Press agentligining ma’lum qilishicha, Qunduz shahri atrofida Afg‘oniston qurolli kuchlari va jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, hukumat kuchlariga qarshilik ko‘rsatayotgan guruh saflari Pokiston va boshqa davlatlar hududidan kirib kelayotgan jangarilar hisobiga to‘lib bormoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, hozirga qadar 200 nafar “Tolibon” jangarilari va Afg‘onistonning 12 nafar askari o‘ldirilgan.

Manba; bigstory.ap.org, kun.uz

Добавить комментарий

Top