UzMobile GSM tarmog‘ining “chiroyli raqamlari” narxlari ma’lum bo‘ldi

Nimadir.uz: Yangiliklar: Bugun, 2015-yil 15-apreldan ishga tushadigan UzMobile GSM tarmog‘i tomonidan taqdim etiladigan “chiroyli raqamlar” kategoriyasidagi alohida to‘lovli raqamlarining narxlari ma’lum bo‘ldi. Deb xabar bermoqda Daryo Bunday raqamlar to‘qqiz toifaga bo‘lingan. To‘qqizinchi toifadagi raqamlar narxi 15 dollar, sakkizinchi toifa 30 dollar, yettinchi toifa 75 dollar, oltinchi toifa 150 dollar, beshinchi toifa 300 dollar turadi. Narxi 500Read More

Bayram kunlari Samarqandga 47 ming so‘mga uchib ketish mumkin

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Toshkent – Samarqand” va qaytish yo‘nalishi bo‘ylab reklama tariflarining amal qilishini 2015 yilning martiga qadar uzaytirdi. Bu haqda, kompaniya vakillariga asoslanib, Podrobno.uz xabar bermoqda. Shunday qilib, bir tomonga mo‘ljallangan “ekonom-klass” chiptasi narxi 47 ming 803 so‘m qilib belgilangan. Chet el mamlakatlari fuqarolari uchun esa chipta narxi 19,4 dollar qilib belgilangan.Read More

Toshkentning Eski shahar qismida 2015 yildan ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi boshlanadi

O‘zbekiston Prezidenti Toshkentning eski shahar qismida ko‘p qavatli zamonaviy va qulay turar-joy binolarini qurish bo‘yicha loyihani ma’qulladi. Podrobno.uz’ning xabar berishicha, Eski shaharda istiqbolda 6ta yangi turar-joy mavzesi quriladi. Qurilishning 2015 yilga mo‘ljallangan birinchi bosqichida 2014 yilda qurib bitkazilgan Nurafshon ko‘chasi bo‘yida 160 xonadonni o‘z ichiga olgan beshta ko‘p qavatli namunaviy turar-joylar quriladi. Uch va beshRead More

Toshkent metropoliteni xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Poytaxt metropoliteni xodimlariga nisbatan katta pul mablag‘larini o‘g‘irlaganlik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergovda aniqlanishicha, nomi oshkor qilinmayotgan Toshkentdagi metro stansiyalardan birining xodimlari uch yil davomida hisobga olinmagan jetonlar evaziga katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirib yuborganlar. Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi xodimlarining ma’lum qilishlaricha, metropoliten turniketlariga metroning ochilishidan yopilishigacha kun davomida tashlangan jetonlarning soniniRead More

“Kaliningrad−Toshkent” samolyoti Samaraga majburiy qo‘ndirildi

Bortida ikki nafar mast yo‘lovchi bo‘lgan “Kaliningrad−Toshkent” yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot Samaraga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “TASS”. Bu haqda «Daryo.uz» ma’lum qilgan Qayd etilishicha, 1986-yilda tug‘ilgan ikki nafar Tojikiston fuqarosi mast holatda bortda jamoat tartibini buzib, haqoratomuz so‘zlar ishlatgan, boshqa yo‘lovchilarga xalal berib, styuardessalarning ogohlantirishiga parvo qilmagan. Natijada havo kemasi komandiri samolyotniRead More

Toshkentda eng ko‘p tvitlar mehmonxona, aeroport va shahar markazida yoziladi

Mapbox asoschisi Erik Fisher o‘zida 6 milliarddan ortiq tvitlarning joylashgan o‘rnini jamlagan xaritani ishlab chiqdi. Bu haqda iLike.uz blogi xabar berdi asoslanib «Parol» yozdi. Erik Fisher bu xaritani ishlab chiqish uchun 3, 5 yil vaqt sarfladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Twitter foydalanuvchilari har kuni taxminan 10 million tvit yozadi. iLike.uz blogi xodimlari ushbu xarita orqali toshkentlik Twitter foydalanuvchilari qaysiRead More

Toshkentda UMS dilerlik ofislari ochilishga tayyorlanmoqda

Toshkent shahrida Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa operatori dilerlik ofislari ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Daryo internet nashri xabar bermoqda Shuningdek, Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida ham ochilishi kutilayotgan dilerlik ofislarining suratlari joylashtirilgan. Avvalroq, UMS operatori Farg‘onada sobiq «MTS-O‘zbekistonning» bosh binosida dilerlik shartnomalarini tuzish bo‘yicha murojaatlarni qabul qilayotgani xabar berilgan edi. Bundan tashqari, kompaniya aloqa markazi operatorlariniRead More