Pekinda 21 juft itning ommaviy to‘yi bo‘lib o‘tdi

Nimadir.uz: Yangiliklar: Xitoy poytaxti Pekin shahridagi bog‘lardan birida 12-aprel kuni 21 juft itning ommaviy to‘yi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda PR Newswire. Marosimda itlardan tashqari ularning xo‘jayinlari va ko‘plab mehmonlar qatnashgan. Ba’zi xo‘jayinlar o‘z itlarini sport kabrioletlarida va limuzinlarda olib kelgan. Kelin-itlarga oq ko‘ylak, kuyov-itlarga esa kostyum va kapalak-bo‘yinbog‘ kiydirilgan. To‘y guvohnomasi itlarning xo‘jayinlariga berilgan.Read More