You are here

Shavkat MirziyoYev Shimon Peresning vafoti munosabati bilan Isroil hukumatiga hamdardlik bildirdi

CKDc3f4DMKvWmjsnql64QNEHuoQtNL4m

O’zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning vafoti munosabati bilan ushbu mamlakat rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV matbuot hizmati habar berdi.

«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev atoqli Isroil davlat va jamoat arbobi, sobiq Prezidenti Shimon Peresning vafot etganligi munosabati bilan Isroil Davlati rahbarlari — Prezident Reuven Rivlin va Bosh vazir Ben’yamin Netan’yahuga samimiy ta`ziya izhor etilgan maktublar yo’lladi va marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so’zlarini bildirdi», — deyiladi habarda.

Miyasiga qon quyilishi tufayli shifohonaga yotqizilgan Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres 28 sentyabr’ kuni 93 yoshida vafot etdi.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Top