You are here

Putin Time o‘quvchilariga minnatdorchilik bildirdi

754293519958819-550x340

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Time jurnali o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada g’olib chiqqani Rossiyaga nisbatan ko‘rsatilgan hurmat belgisidir. Bu haqda Rossiya prezidenti “Vesti v subbotu” dasturida aytib o‘tdi. Bu haqda Daryo.uz  Meduza.io ga asoslanib xabar berdi.

754293519958819-550x340
Vladimir Putin. Foto: RBC.ru

Vladimir Putin Time jurnali tanloviga ko‘ra 2015-yilda jahonning eng nufuzli odami nomiga da’vogarlik qilgan yagona rossiyalik edi. Jurnal o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan, Rossiya prezidenti birinchi o‘rinni egalladi.

So‘rovnoma asosida jurnal tahririyati har yili jahonning eng nufuzli 100 odami ro‘yxatini e’lon qilib boradi.

Vladimir Putinning qayd etishicha, u ushbu ro‘yxatga tushganini “xotirjam” qabul qilgan, chunki “u yoki bu mamlakat boshlig’ining nufuzini eng avvalo ushbu mamlakatning iqtisodiy qudrati va mudofaa salohiyatidan kelib chiqib baholash mumkin”.

Time tanloviga ko‘ra jahonning eng nufuzli odamlari reytingidan nafaqat siyosatchilar, shu bilan birga biznesmenlar va jamoat arboblari ham o‘rin oladi. Masalan, amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri ushbu reytingga kirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Time jurnali bundan tashqari “Yil odami” mukofotini ham topshirib keladi. Vladimir Putin ikki marta ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan.

Добавить комментарий

Top