You are here

O’zbekistonga rossiyalik tadbirkorlar delegatsiyasi tashrif buyuradi

1ou5OTM4LsPgx4wMoego08MmLp4eJv5A

25-28 oktyabr’ kunlari Toshkentda «Rossiya va O’zbekiston – strategik hamkorlar» forumi bo’lib o’tadi, deb habar bermoqda Janubi-Ural savdo-sanoat palatasi.

Forum doirasida O’zbekiston va Rossiya vakillari ishchi uchrashuvlar va muzokaralar o’tkazishadi. Shuningdek, «Rossiya-O’zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari» mazusida davra suhbati o’tkazish rejalashtirilgan.

Rossiya delegatsiyasi O’zbekiston bozori holati, mamlakatda birgalikda biznes yuritish shartlari, soliq solish va bojhona rasmiylashtiruvi haqida batafsil ma`lumot oladi.

Rossiya  delegatsiyasi, shuningdek, Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsionnoy birjada ishtirok etadi. Bu tadbirda rossiyalik tadbirkorlar O’zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishlari, buyurtmalarni joylashtirishlari, sanoat kooperatsiyasi variantlarini ko’rib chiqishlari, investitsion hamkorlik yo’nalishlarini aniqlashtirib olishlari mumkin bo’ladi.

Manba: Kun.uz

Добавить комментарий

Top