You are here

Kitab.me saytida yutuqqa BMW X6 qo‘yilgan hikoyalar tanlovi boshlandi

5dd4b7e13497b1cdfc3b17b4ca3927aa_M

“Halol” ijtimoiy tarmoq sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi Kitab saytida bosh mukofot sifatida BMW X6 rusumli avtomashina qo‘yilgan Rasulluloh (SAV)ga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilindi.

Rossiyaning Osiyo qismi musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan boshlangan “Rasululloh” nomli ushbu tanlovda o‘zining millati va dinidan qat’iy nazar barcha hohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun 2015 yil 24 apreldan 17 iyulga qadar Kitab.me ijtimoiy tarmog‘ining “Rasululloh” loyihasi tegishli nominatsiyasiga bag‘ishlangan sahifasida “Sen uchun Muhammad Rasululloh kim?” savoliga batafsil javobni nashr etish so‘raladi. Tanlovga ishlar turli ko‘rinishlarda qabul qilinadi, ya’ni bu bir qayd, hikoya, ocherk, esse, reportaj, foto yoki videomateriallardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek, hozirgi kunda ommabop bo‘lgan “mem”lar, ya’ni matnli suratlar ham ishtirok etishi mumkin. To‘rt nominatsiyaning har biri bo‘yicha eng yaxshi ishlar – butun dunyo musulmonlari nishonlaydigan eng muhim bayramlardan biri bo‘lgan Iyd Al-Fitr (Ramazon hayiti) kuni, ya’ni 17 iyul kuni umumxalq ovoz berish yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.

Avval birinchi o‘nta finalchining nomi e’lon qilinadi, so‘ng ekspert hakamlar xay’ati ular orasidan eng yaxshi uchta g‘olibni belgilaydi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, g‘oliblarni qimmatbaho mukofotlar kutmoqda – haj ibodatiga yo‘llanma, zamonaviy komyuter va mobil texnika. Bosh g‘olib esa BMW X6 sohibiga aylanadi.

Manba: kun.uz, info.islom.uz

Добавить комментарий

Top