You are here

Javohir Zokirov ijtimoiy tarmoqlarda janjalga sabab bo‘lgan qarindoshi Nargiz Zokirovaning tomonini oldi

9849082

Taniqli aktyor va rejissyor Javohir Zokirov Feysbukdagi sahifasida qarindoshi Nargiz Zokirovani yoqlab xabar qoldirdi.
Ilgari ma’lum qilganimizdek, 43 yoshli Nargiz Zokirova ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan aytilgan haqoratli so‘zlarga javoban yozilgan izohda O‘zbekistonni “do‘zax”ga o‘xshatgan edi. Keyinchalik xonanda o‘z so‘zlari uchun uzr so‘rab, O‘zbekistonni vatani deb bilishi va o‘zbekligidan faxrlanishini ta’kidlab o‘tdi.
Javohir Zokirov Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida bu voqealarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Men tug‘ilib o‘sgan oilada bizni ayollarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashgan. Buvam barcha o‘g‘illari va yagona qizi Luizaga nisbatan judda qattiqqo‘l edi. Aytishlaricha, bir kuni Luiza amma konsertda chiqish uchun ko‘zi ustiga chiziqlar tortgan ekan, buni bilgan buvam uni ortga qaytarib, shunday shapaloq tushirgan ekanki, uning qo‘llari izi uzoq vaqt ammamning yuzida qolgan ekan. So‘ng u chiziqlarni yuvib tashlashga majbur qilgan edi. O‘shanda u 18 yoshda edi”, – deb yozadi Javohir Zokirov.
“Keyinroq Nargiz tug‘ildi, – so‘zida davom etadi u. – U “Bolalar” guruhining ilhomchisi hamda O‘zbekiston breykdenschilari harakati asoschisi, shuningdek, rok ijro qilgan birinchi qiz bo‘ldi. Kimdir unga muxlis tutindi, kimningdir esa jig‘iga tegdi”.
Aktyorning ta’kidlashicha, Nargiz AQSHga ko‘chib ketgandan so‘ng ham qarindoshlari bilan aloqani uzmagan. Chet davlatda u ancha qiyinchiliklarga uchragan: “Nargiz uzoq yillar iste’dodini ko‘rsata olmadi, restoranlarda qo‘shiq aytib pul topishiga to‘g‘ri keldi… Faqat ikki yil muqaddam, 44 yoshida, uch farzandning onasi bo‘lib ulgurgach, nihoyat shuhratga erishdi”.
Javohir, shuningdek, O‘zbekiston Nargiz uchun “yomon xotiralar mamlakati”ga aylanib qolganligini tushuntirib o‘tdi: “Eski Shaharda o‘sganimiz uchun uning iste’dodini hatto to‘la anglab yeta olmadik, muvaffaqiyatsizliklarning achchiq xotirasi uning qalbida muhrlanib qoldi. Uni haqorat qilgan uni tahdid qilgan odamlar esa, aksincha, mamlakatimizning salbiy obrazini yaratishda davom etmoqda. Bizning ajoyib o‘lkamizda yaxshi insonlar yashaydi, ular nihoyatda tarbiyali ekanliklaridan o‘sha yovvoyilarga tenglashib o‘tirishmaydi”.

Manba: Facebook, kun.uz

Добавить комментарий

Top