You are here

Inha universiteti talabalari Janubiy Koreyadagi matematika festivalida ishtirok etishdi

bydIZPhldfh5lNpdK5eaJ3YF9O-VGUmi

Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT)ning talabalari Janubiy Koreyaning Chedju viloyatida o’tkazilgan matematika festivalida O’zbekiston vakili sifatida ishtirok etishdi.

IUT talabalari Muhriddin Ismoilov va Ulug’bek AbdullaYev festivalda “O’zbekistonda matematika madaniyati” (Math Culture of Uzbekistan) nomli mahsus stend bilan qatnashishdi. Mazkur stend o’tgan o’quv yilida IUTda dars bergan  professor Park Jinam tomonidan tayyorlangan edi.

Inha universiteti saytida ma`lum qilinishicha, professor Park Jinam O’zbekistonning matematika sohasidagi boy merosining katta muhlisi hisoblanadi. O’zbekistonda ishlagan davrida u arhitektura binolari va ularning qurilish uslublarini diqqat bilan o’rgandi. Mazkur binolarni qurgan va bezatgan ustalar turli matematik va geometrik shakllardan foydalanishgan. Shuningdek, professor Park 2016-yilning yanvar’ oyida katta muvaffaqiyat bilan o’tkazilgan “Ajoyib matematika” festivalining tashabbuskorlaridan biri edi.

Qayd etib o’tish kerakki, Muhriddin Ismoilov va Ulug’bek AbdullaYev o’qishdagi a`lo baholari hamda “Ajoyib matematika” festivalida ko’ngillilar sifatida qatnashib, Chedju viloyatida tashkil etiladigan tadbirda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritishgan edi.

IUT talabalari O’zbekistondagi tarihiy va zamonaviy binolarning suratlarini tayyorlashdi. Shuningdek, binolarning tarihi va geometrik shakllar to’g’risida ma`lumotlar taqdim etildi.

Ulug’bek AbdullaYev qayd etdi: “Festival’ yuqori saviyada o’tdi. Unda turli mavzularni qamrab olgan ko’pgina stendlar taqdim etildi. Bizning stend barchada katta qiziqish uyg’otdi, buni stendimiz oldida to’plangan muhlislardan ham bilib olsa bo’lardik. Ularning orasida o’qituvchi va professorlar, talabalar, ko’ngillilar, matematika ishqibozlari va boshqalar bor edi. Ular stendimizda taqdim etilgan O’zbekistonning madaniy merosiga katta qiziqish bildirishdi”.

“Mazkur festivalda qatnashganim judayam foydali bo’ldi. Bu Yerda yangi insonlar bilan tanishdim va ko’pgina do’stlar orttirdim. Shuningdek, matematika bo’yicha o’z bilimimni, muomala madaniyatimni yahshilab, dunyoqarashimni kengaytirib oldim. Mana shunday ihtirochilik va ijodkorlik festivalida qatnashish imkoniyatini yaratib bergani uchun IUTga o’z minnatdorchiligimni bildiraman”- dedi Abdullayev.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Top