You are here

Gruziya O’zbekistonga tsitrus mevalar eksportini yo’lga qo’yish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda

g_WVBa6YRUtcUnbLcUZUNxVT6J_8n1Lg

Adjar avtonom respublikasining qishloq ho’jalik vaziri o’rinbosari Ruslan Koridze va vazirlikning ahborot maslahat departamenti rahbari Karlo Keklidzedan iborat Gruziya delegatsiyasi tsitrus mevalar eksport imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida O’zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqida «Turkiston-press» ma`lum qildi.

28 sentyabrda Gruziyaning O’zbekistondagi elchihonasi ko’magida tashkil etilgan uchrashuvni mamlakat elchisi Konstantin Jgenti ochib berdi. U tsitrus mevalar doimo Gruziyaning fahri bo’lib kelganligini ta`kidladi. So’nggi yillar ichida yuqori sifatga hosilni yig’ish, uni tashish va saqlash bo’yicha zamonaviy tehnologiyalar qo’shilganligini alohida qayd etdi. Gruziya Rossiya va Ukrainaga tsitrus mevalarni eksport qiladi, hozirda u bu yo’nalishda yangi bozorlar va hamkorlarni izlamoqda.

uzb_gruziya_28.09.2016

Ruslan Koridzening so’zlariga ko’ra, tahminan 20-21 oktyabrda O’zbekiston tadbirkorlari uchun Ajariyaga biznes-tur rejalashtirilmoqda. U Gruziyadagi tahminan 40 korhonaning O’zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytdi.

O’zbekiston OAV va tadbirkorlari bilan o’tkazilgan uchrashuvda Gruziyadan tsitrus mevalarni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi, shuningdek zamonaviy Adjariya, uning mashhur markazi — Batumi taraqqiyoti, shu jumladan sayyohlik imkoniyatlari taqdimoti bo’lib o’tdi.

Elchining so’zlariga ko’ra, Gruziya va O’zbekiston o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovning yo’lga qo’yilishi ikki tomonlama hamkorlik rivojiga juda katta hissa qo’shgan bo’lar edi. Gruziya mahsulotlarining yanada keng eksportini tashkillashtirish charter aviareyslarni ham o’rnatishga imkon berishi ta`kidlandi.

Gruziya delegatsiyasining uch kunlik tashrifi dasturiga muzokaralardan tashqari, O’zbekiston bozorini o’rganish va aholi ehtiyojlarini tahlil qilish maqsadida poytahtidagi supermarketlar, do’konlar va bozorlarni ko’zdan kechirish ham kiritilgan.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Top