Eng uzun yil

usa-nyc-ny-new-york-1

Moliya bo’yicha o’z davrida dunyodagi eng muvaffaqiyatli kitoblardan bo’lgan «Moliyaviy erkinlik yo’li» kitobining muallifi  Van Tharp o’zining maruzalaridan birida «Muvaffaqiyat daftari» haqida so’zlaydi. Unga ko’ra agar bir daftar tutib unga har kuni 5 ta o’zinggiz erishgan muvaffaqiyatliy voqeani yozib borsanggiz(nima bo’lishidan qatiy nazar xoh katta kichik voqeachalar bo’lsin) va buni 3 oy mobaynida qilsangiz daromadinggiz 20%ga, agar yil davomida qilsangiz sizning daromadinggiz 200%ga oshadi deydi. Qiziq mulohaza. Bir necha yillar avval aytilgan ushbu gaplar balki kimningdir hayotida muhim ro’l o’ynab yuksak cho’qqilarga erishgandir lekin men bu video maruzani har safar ko’rganimda bunday amallar kishini o’ziga bo’lgan ishonchini tarbiyalovchi vosita ekanini tushunaman va yangi marralar sari otlanishga kuch olaman. Balki Van Tharp ayganidek har kuni hayotda erishgan muvaffaqiyat va armonlarimiz haqida yoza olmasmiz(bunga xohish ham vaqt ham yo’q aslida) lekin hech bo’lmaganda 1 yilda bir marotaba qilingan ishlaru amalga oshmay qolgan rejalarni sarhisobini yozishga imkon topsa bo’ladi. Eski yilni tugab yangisi boshlangan ayni kunlar bunday ish uchun juda qulay nazarimda.

2016-01-03_091724

Demak hammasi 2015-yil haqida.

2015-yil men uchun butun hayotimdagi eng uzun yil bo’ldi :)

Bunday deyishimga asos bor. Men 2015-yilni Xitoyda O’zbekiston vaqtidan 3 soat avval kutib olgandim. Endi uni New-York(AQSh)da O’zbekiston vaqtidan 10 soat, kutib olgan vaqtimdan esa 12 soatdan keyin kuzatib qo’ydim. Shunaqa qilib 2015-yilda men sizlardan ko’ra ko’proq yashadim :)

2015-yil men uchun sayohatlarga boy yil bo’ldi.

1 yilda 3 ta qit’a 4 ta davlatda va 10 ga yaqin shaharda bo’ldim. Bu yerlarga shunchaki sayohat uchungina bormasdan har bir davlatda ma’lum bir vaqt yashab shart sharoyitlariga o’rganishga (qayta o’rganishga) to’gri keldi. Borgan shaharlarim Urumqi, Bortala, Sian, Pekin, Shanhay, Lanzhou Riga(Faqat aeraportda 2 soat) New-York va O’zbekistondan Toshkent va Samarqandni ham ziyorat qilgani borishga ulgurdim bu yilda. Balki shaxsiy mag’lablari yoki hizmat safarlari bilan dunyo kezib yuruvchilarga bu oddiy holdek tuyular lekin mendek oddiy talaba uchun bu e’tirof qilib qo’ysa bo’ladigan holat :) 1 yilda 2 marotaba O’zbekistonda bo’lib yaqinlarim davrasida vaqt o’tkazdim. Chet elda yurivchilar uchun bu yaxshi natija nazarimda! Shu yilning o’zida manabu postda tilga olingan WhatsAppdoshlarning ham Toshkentdagi yig’inida qatnashdim.

Aynan 2015 da Buyuk Xitoy Devoriga chiqdim, Tiananmen maydonida bo’ldim, Shanhaydagi teleminorayu New-Yorkdagi Ozodlik haykalini ko’rdim, O’zimizni Registon maydonida «Sharq Taronalari»da bo’lib New-Yorkdagi Central Parkda sayr qildim.  Dunyoga mashhur Siandagi Yer osti haykallariyu Monhattandagi o’sha King-Kong zabt etgan Empire State Buildingda bo’ldim. Toshkentning Hadra maydonida qurilgan yap-yangi ko’prikdan ham Monhattan va Bruklinni bog’lovchi 1869-yilda qurilgan New-York ramziga aylanib qolgan Bruklin va Manhattan osma ko’priklaridan ham shu yilda 1-marotaba o’tdim.



2015-yilda ushbu sayt ham ma’lum muvaffaqiyatga erishdi.

2015-yilda «Nimadir.uz» sayti bilan O’zbek bloggerlar chempionatining tartib bo’yicha 2-chempionatida ham qatnashdim. Garchi bu yilgi natijalarim o’tgan galgisidan 6 pag’onaga yaxshilangan bo’lsada men uchun 1-si qiziqarliroq bo’lgandi. . Bu yil 200 ga yaqin bloggerlar orasida finalga chiqib 5-o’rin bilan yakunladim. Aytishim kerak bu natija «Nimadir.uz» tarixida bu chempionat doirasida erishgan eng yaxshi natijasi bo’lib qoladi…

2015-yilda erishganlarim bilan bir qatorda afsuslarim ham bo’ldi.

Yangi yilni ertaknamo qilib bezatilgan New-York shahrining «Times square»ida minglab sayyohlar bilan ulkan tasurotlar og’ishida kutib oldim. Yangi-yilni aynan New-Yorkda kutib olish haqidagi bolalikda qilgan orzuim amalga oshdi. Lekin mana qatorasiga 6-yildirki bu bayramda o’z oilam davrasida bo’lish nasib qilmadi. Ahir ming qilsa ham bu oilaviy bayramda

Bu yilda Sevgiga qo’yilgan haykalu romantik ko’prik «Bow Bridge»da bo’ldim. Lekin bu joylarga yolg’iz kelishimga to’g’ri keldi… (Siz nimani xohlashizni o’ziz bilmaysiz deb o’rinli tanqid qilgan do’stimni ham bu yil topib bu yil yo’qotdim)

12231644_1068424473201769_1013255526_n bow-bridge-amidst-changing-leaves

AQShga kelib yana ko’plab do’stlar ortirdim. Bu yerdagi o’zbek do’stlarim menga ancha yaxshiliklar qilishdi. Turkmanistonu Bangladeshlik yigit qizlar hisobiga ham do’stlarim safi yana kengaydi. Lekin eng yaqin do’stimning to’yi bo’ladigan kun AQShga uchib ketishimga to’g’ri keldi. Xitoy tilini o’rgatgan ustozimni to’yida ham yonida bo’la olmadim.

«Nimadir.uz» bilan Chempionat finaligacha bordim lekin vaqt va imkonni qilib baxona qilib 2015-yil 23-iyuldan beri bu saytga birorta ham post yozmadim. Bu ham meni eng katta minuslarimdan

Bundan 2 yil avval shu ko’rinishda yozilgan postda men 85 foiz o’zini baxtli deb hisoblovchilar safida ekanligimni aytgan ekanman. Hozirgi yozganlarimni o’qib men hali ham ular bilan birgaman deyman!

Xullas shunaqa gaplar o’rtoqlar! :)

Добавить комментарий