You are here

CNN telekanali Rossiyada yana ko‘rsatila boshlanadi

4000134

CNN telekanali Rossiyadagi efirlarini qayta tikladi. Bu haqda TASS axborot agentligi Turner Broadcasting kompaniyasining rasmiy vakillari bergan ma’lumotga tayanib xabar tarqatmoqda.

«CNN telekanali Rossiyada 29 apreldan yana o‘z efirlarini boshlaydi. Rossiya qonunchiligiga binoan efir reklamalarsiz ketadi», deyiladi kompaniya murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, telekanalning Rossiyadagi efirlari 2014 yilning 31 dekabrida efirga uzatish bo‘yicha litsenziya muddatining tugagani sabab to‘xtatib qo‘yilgandi. CNN qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun 2015 yilning fevralida ariza topshirgan.

Manba: tass.ru, kun.uz

Добавить комментарий

Top