You are here

Buyuk Britaniya XVIII asrdagi qarzlarini tarqatishga qaror qildi

BRITAIN-master1050

Buyuk Britaniya hukumati XVIII asr, shuningdek, Birinchi Jahon urushi davomida to‘planib qolgan davlat qarzlarini qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 27 dekabr, shanba kuni The New York Times gazetasi xabar berdi.

Xususan, rasmiy London 1720 yilda olgan qarz majburiyatlarini qoplab berish niyatida. O‘shanda muvaffaqiyatsiz pul chayqovchiligi sabab, Janubiy dengizlar savdo kompaniyasi bankrot bo‘lgan, investor sifatida ishtirok etgan minglab britaniyaliklar esa o‘z boyliklaridan mahrum bo‘lishgandi. Buning natijasida mamlakatda moliyaviy inqiroz boshlanib, Buyuk Britaniya xalqaro kreditorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgandi.

Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osbornning ma’lum qilishicha, 2015 yilda hukumat Birinchi Jahon urushi davridagi qarzlarni to‘lab beradi, shundan so‘ng esa XIX va XVIII asrlarda ko‘rsatilgan moliyaviy yordamlar bo‘yicha hisob-kitob qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati to‘planib qolgan qarzlarni past foiz stavkalari bo‘yicha to‘lashni rejalashtirmoqda.

Buyuk Britaniyaning tarixiy qarzi hajmi, Deutsche Welle’ning yozishia, 2,5 milliard funt-sterlingga teng. Ayni vaqtda, Buyuk Britaniyaning umumiy davlat qarzi hajmi 1,4 trillion funt-sterlingga yetadi.

Avvalroq, Buyuk Britaniya hukumati 1927 yili o‘sha vaqtdagi moliya vaziri – Uinston Cherchill tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha qarzning bir qismi qoplab berilishini ma’lum qilgandi. Ushbu qimmatli qog‘ozlar Birinchi jahon urushi, shuningdek, Qrim urushi va Napoleonga qarshi kampaniyalar vaqtida olingan qarzlarni qoplash uchun chiqarilgandi. Buyuk Britaniya moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2015 yil 1 fevral kuni qarzning 218 million funt-sterling qismi to‘lab beriladi.

Manba: nytimes.com kun.uz

Добавить комментарий

Top