You are here

AQSH ELCHIXONACHI INGLIZ TILI O‘RGANISHNI XOHLAGANLARGA STIPЕNDIYA TAQDIM ETADI

Young student raising his hand while his classmates are taking notes in an amphithater

NIMADIR.UZ: YANGILIKLAR: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spartlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida oliy ta’lim tizimida hamkorlik aloqalarining istiqbollari, shu jumladan ta’lim muassasalalarining bevosita aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Fulbrayt singari dasturlar doirasida AQSH professor o‘qituvchilari O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga ingliz tilidan saboq berib kelishadi. O‘qituvchilarning tajriba almashuv tizimlari nafaqat tilshunoslik yo‘nalishi balki matematika, texnik fanlar va muhandislik ixtisosliklarini ham qamrab oladi.

P. Spratlenning qayd etishicha, AQSH elchixonasi ushbu mamlakatda ta’lim olgan o‘qituvchilar rahbarligi ostida ingliz tilini o‘rganishni istaganlarga stipendiyalar taqdim qilish bo‘yicha dastur doirasida hamkorlik olib boradi.

Tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik ingliz tilini o‘rganishdan tashqari, innovatsion texnologiyalar, quyosh energetikasi, geologiya va tog‘ ishi kabi boshqa sohalarni ham qamrab olishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: telegraf.uz

Добавить комментарий

Top