You are here

2014-yilning eng ajoyib 15 fakti (fotogalereya)

11867860-R3L8T8D-650-preview-650x390-650-1410957768

Yakuniga yetib borayotgan 2014-yil davomida ko‘plab qiziqarli va hayratomuz voqea-hodisalar kuzatildi. Yil sarhisoblari chiqarila boshlangan bir paytda “Adme.ru” sayti tugab borayotgan yilning en ajoyib 15 faktini taqdim etdi deb yozadi «Daryo»

1. Islandiya politsiyasining Instagram’dagi rasmiy sahifasi xuddi shunday ko‘rinishga ega

2. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Instagram’dagi sahifasi ham qolishmaydi

Foto: adme.ru / instagram.com

3. Tokioda Snusmumrik va uning do‘stlari hamrohligida tushlik qilish mumkin bo‘lgan qahvaxona ochildi

Foto: adme.ru / pinterest.com

Suratda finlandiyalik yozuvchi Tuve Yanssonning kitobi qahramoni bo‘lgan Snusmumrikning do‘stlari − mumi-trollar qo‘g‘irchoqlari aks etgan.

4. Ukkining vaznini o‘lchash jarayoni

Foto: adme.ru / twitter.com

5. Disney va Pixar kompaniyalarining barcha multfilmlarida A113 kodi ishtirok etadi

Foto: adme.ru / imgur.com

Foto: adme.ru / imgur.com

A113 − Kaliforniya san’at institutidagi auditoriya raqami bo‘lib, animatorlar shu yo‘l bilan o‘z ustozlariga, hamkasblariga va umumiy ishlariga hurmat izhor qiladi.

6. Bir kuni ko‘chada yaponiyalik 80 yoshli ayol oldiga mushuk yurib keldi, o‘sha vaqtdan buyon ular doim birga

Foto: adme.ru / pinterest.com

7. Inson DNK to‘qimalari banan DNKsi bilan 50 foiz bir-biriga mos keladi

Foto: adme.ru / pinterest.com

8. Istanbul ko‘chalarida uysiz it va mushuklarni oziqlantiruvchi avtomat-mashinalar o‘rnatildi

Foto: Facebook / Pugedon

Foto: ekokritik.com

9. 182 yoshli toshbaqa

Foto: adme.ru / imgur.com

Jonatan toshbaqasi sayyoramizdagi eng keksa jonivor hisoblanadi. 182 yoshga kirganiga qaramay, u haligacha kuchga to‘lgan.

10. Xaski mushugi

Foto: adme.ru

Foto: adme.ru

Foto: adme.ru

Mushuklar tarbiyasida katta bo‘lgan Xaski zotiga mansub ushbu it o‘zini mushuk deb hisoblaydi.

11. Kiyimli pingvinlar

Foto: adme.ru / pinterest.com

Avstraliya pingvinlarni qutqarish jamg‘armasi dengizga to‘kilgan neftga tushib ketgani tufayli o‘z tanasini isita olmaydigan pingvinlar uchun issiq kiyimchalar to‘qib kiydirdi.

12. Shokolad gilam

Foto: adme.ru / pinterest.com

Gollandiyada shokoladli pishiriqlardan o‘ziga xos gilam tayyorlandi.

13. Kiyimli ponilar

Foto: adme.ru / reddit.com

Issiq kiyim kiyib olgan ushbu ajoyib poni otlari Shotlandiya turizmining reklamasida qatnashmoqda.

14. Muallaq turish siri

Foto: adme.ru / gravityglue.com

Haykaltarosh Maykl Grebning muvozanatli toshlar yordamida yaratgan kompozitsiyasi fizika qonunlariga nisbatan jiddiy savollar tug‘dirdi.

15. Dunyo bo‘ylab 26 yil

Foto: adme.ru / facebook.com

Germaniyalik juftlik − Gyunter va Kristin Xoltorf 26 yil davomida o‘z avtomobillarida dunyoning 177 mamlakati orqali 885 139 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Добавить комментарий

Top