G’alati Xitoy

u21098468062776464084fm21gp0

u=2109846806,2776464084&fm=21&gp=0Kecha bankka bordim. Dollar sotib olish uchun. Bu yerda ham boshqa normal davlatlar qatori horijiy valyutani (dollarni) bevosita bankdan olish va bankka sotish mumkin. Faqat 1 odamga bir kunda 500 dollargacha olish mumkin ekan. Jismoniy shaxslarga. Navbatim kelishini 2 soatcha kutdim. Xitoyning aholisi qanchalik ko’p bo’lsa uning banklardagi mijozlarga hizmat ko’rsatish tezligi shunchalik sekin. Hujjatbozligi ko’p. Buni ishi tushganlar yaxshi biladi. Hech qanday muammo bo’lmadi oldim. Lekin bu kam edi. Boyagi norma sabab bugun ham yana borishga tog’ri keldi. Bugun eshikdan kirishim bilan bankning ichkarisida bir «Valyutchik» kutib oldi. Endi bu yog’i qora bozor. Kechagidaka 2 soat navbat kutgim kelmay shundan olishga rozi bo’ldim. Kurslar orasidagi farqqa qiziqdim. Eng qizig’i davlat belgilab qo’ygan rasmiy kursdan (100$ u.n 621.7900) dan, arzonroq bahoda (621) o’sha odamdan qo’ldan sotib odim. O’sha bankning o’zida, yana kunlik norma ham yo’q istalgancha olish mumkin. Haligi kishidan nega davlat narhidan qora bozor arzon? Sizlarga bundan foyda bormi desam aytmadi. Bu xitoylar ja g’alatida dollar bilan ishlashni bilmaydi. Hamma foyda shu dollardaku, Ana biz taraflarga borsang o’rgatib qo’yishadi senga dedimu ishim oson bitganidan hursand bo’lib ketaverdim.

Info uchun: Xitoy hukumati AQSH dollarining kursini uchun davlat nazoratida ushlab turadi. Olib borilgan bunday qatiy siyosat sabab 2005-yili 1 dollar 8 yuan 6 mao bo’lgan bo’lsa ayni bugunga kelib yuqorida aytilganidek 1 dollar 6 yuan 2.1 mao tushgan. E’tibor qiling yillar o’tgan sari ko’tarilishi kerak bo’lgan dollar qaytaga azronlashib ketgan. Shu narsalariga tushunmayman Xitoylarni. Jaa Ga’atida bu Xitoy…

8955ac4f3628e79a2268dc8bb0cdf8c5 Img398104456

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *