Xitoyning obligatsiyalar ichki bozoriga xorijliklarning kirishi kengaytirilmoqda

1430783396697

1430783396697Xitoy hukumati dunyoning yetakchi moliyaviy institutlari, shu jumladan HSBC va Morgan Stanley banklariga 5,9 trln ga baholanayotgan Xitoyning obligatsiyalar ichki bozoriga investitsiya kiritishiga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Financial Times nashri. Nashr Xitoy o‘zining bozoriga xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida ancha vaqtdan beri o‘zining ichki fond birjasiga kirishga nisbatan liberallashtiruv siyosatini olib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Xitoy obligatsiyalar ichki bozori uzoq vaqt dunyoning yirik o‘yinchilari uchun yopiqligicha qolmoqda edi. Xitoyning obligatsiyalar bozori dunyoda AQSH va Yaponiyadan keyin 3-o‘rinda turadi. Xitoy investorlarni o‘z iqtisodiyotiga sarmoya kiritish va jamg‘armalarni yuanlarda saqlashga ko‘ndirish uchun liberallashtirishni tezlashtirishga majbur bo‘lmoqda. Xususan, investorlar sifatida fiksirlangan daromadlarga intiluvchi salobatli markaziy banklar, pensiya jamg‘armalari, investitsion jamg‘armalar va sug‘urta kompaniyalari chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, Xitoy iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari qisqarishda davom etmoqda va buning oqibatida Xitoy islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Avvalroq Xitoyning faollik indeksi pasayishni davom ettirayotgani ma’lum qilingandi.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *