“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xitoydan 11ta O‘ZEL elektrovozlarini sotib oladi

9997biggest

9997biggest“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xitoyning CNTIC-CNRDLRC kompaniyasidan yuk elektrovozlarini sotib olish bo‘yicha loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda. Ma’lum qilishlaricha, O‘ZEL seriyasidagi 11ta elektrovozni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan bo‘lib, Yaponiyaning Toshiba kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan ushbu elektrovozlarning dastlabki partiyasi 2015 yil oxirida O‘zbekistonga yetib keladi. Umuman, “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2020 yil oxirigacha 32ta zamonaviy elektrovoz sotib olishni rejalashtirgan.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *