Suares pivo qopqog‘i ochuvchisiga aylandi

1-12

Xitoylik ishlab chiqaruvchilar eng dolzarb trendlardan qaynoqqina paytidaligidayoq foydalanish qobiliyatini yana bir bor namoyish etishdi. Braziliyadagi Jahon chempionati vaqtida Italiya terma jamoasi a’zosi Djordjo Kellinining badanida tish izlarini qoldirgan Suares pivo butilkalari qopqoqlarini ochuvchi ochqichlarning yuziga aylandi.

Xitoyning «Taobao» internet-do‘konida «Liverpul» futbol klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares ko‘rinishidagi qopqoq ochgichlar sotuvga chiqarildi. Uni $144 dan $1600 gacha narxda sotib olish mumkin.

Brelok dizayni o‘zgacha tayyorlangan. Suares ustiga qizil sport formasi kiydirilgan. Brelokning o‘zi esa funksional va qulay. Istagan payt olish va butilkani ochish uchun uni cho‘ntakda olib yursa bo‘ladi. Brelok-futbolchi oyog‘iga xalqa ulangan bo‘lib, uning yordamida kalit, smartfonni ulab qo‘ysa yoki shimga qadab olsa bo‘ladi.

Tishlog‘ich futbolchili ochqichlarning birinchi partiyasi narxlarning «tishlashiga» qaramasdan sotilib ketdi. Afsuski, Suares-ochqichni hozircha faqat internetda xarid qilish mumkin.

1 (1) 1 2 3 4

 

Manba: 1dam.com

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *