Xitoylik xaridor BMW 730Li avtomobili sotib olish uchun 1 yuanliklardan iborat 100 kg kupyura to‘ladi

Screenshot_164Xitoyning Chjenchjou shahrida yashovchi ayol yangi sotib olgan BMW 730Li avtomobili uchun to‘lovning bir qismini 1 yuan kupyurasida to‘ladi. The South China Morning nashrining xabar berishicha, xonim to‘lagan 100 ming dona kupyura jami beshta qutini egalladi va 100 kg og‘irlikni tashkil qilgan.

Ushbu mayda pullarni sanash uchun Xitoy bankining 20ta xodimi 6 soat vaqt sarfladi. Xitoylik xaridor ayolning tushuntirishicha, u oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadi. Aksar xaridorlar oziq-ovqat mahsulotlarini mayda kupyuralarda to‘lashadi. Fuqaro esa ushbu pullarni sarflamasdan, o‘zi xohlagan mashina xarid qilish uchun yig‘ib borgan.

Xaridor ayol mashina uchun to‘lovning qolgan qismini (taxminan 1 mln. yuan) bank kartochkasi orqali to‘lagan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joiz, joriy yil boshida Shitszyachjuan shahrida yashovchi fuqaro avtomobil sotib olish uchun birinchi to‘lovga 150 kg.dan iborat mayda chaqalarni topshirgandi. Mazkur tanga pullar 20 ming yuanni tashkil qilgan.

2014 yilda esa Lyaochen shahrida mashina uchun xaridor 1 yuanlik 2,5 tonna tanga pulni bankka topshirgandi.

Фабрика Форматовfa8c5ea8e04750906a8626a7141341bdbdd81161

Фабрика Форматов96ebd54c9a0c0bbebbb951f0b762cdcb9fdf89ac

Manba: scmp.com, kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *