Nargiz Zokirova O‘zbekistonni “zulmatli do‘zax”ga tenglashtirdi

Screenshot_158Mashhur Zokirovlar sulolasi vakili Nargiz Zokirova, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sha’niga yozilgan haqoratlarga javoban, uni “kelib chiqishi o‘zbekistonlik” deb tanishtirishlarini bas qilishni talab qilib, O‘zbekistonni do‘zaxga tenglashtirdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan.

“Joningizga tegmadimi, a? Daf bo‘ling, aynan siz kabilarni deb bundan 20 yil avval qochib ketganman, aynan qochib ketganman bu O‘zbekiston nomli zulmatli do‘zaxdan!”, – dedi Nargiz Zokirova. Uning so‘zlariga ko‘ra, u “jirkanch xurofotchilar”ni deb O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan (aynan shu o‘rinda u “o‘z vatanim”ni jumlasini ishlatgan).

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nafaqat unga, balki uning mashhur sulolasiga ham munosib baho bermay, “o‘zlarining achinarli darajalariga tushirishga urinishgan”. “Siz bu sulolani yer bilan bitta qilishingiz emas, faxrlanishingiz kerak edi!”, – deydi xonanda.

“Men uchun qanchalar uyatli bo‘lmasin, biroq duoibad qilayotgan va mening sha’nimga chidab bo‘lmas fikrlarni yozayotgan mana shu yaramaslarni deb men O‘zbekistonni hayotimdan tag-tomiri bilan sug‘urib tashlayman!”, – deb yozadi Zokirova.

“Sizning respublikangizdan chiqqanimni unuting! Sizniki emasman men! Hech qachon sizniki bo‘lmaganman ham! Na e’tiqodim, na tashqi ko‘rinishim, na qalbim va na yuragim bilan! Mening Vatanim, bu AQSH, Rossiya, Dog‘iston, Hindiston, Xitoy… Nima bo‘lsa hammasi, faqat siz emas!”, – deya qo‘shimcha qildi Zokirova.

“Meni va oilamni tinch qo‘ying! Xudo haqqi, mening sahifamdan keting, o‘zingiz aytganingizdek, “shayton”dan nari bo‘ling! Sizning joyingiz emas bu, “iymonlilar!”, – deb o‘z kommentini yakunlagan Nargiz Zokirova.

Ma’lumot uchun, 1971 yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan Nargiz Zokirova “Yalla” ansambli solisti Farrux Zokirovning jiyani hisoblanadi. U 1995 yildan beri AQSHda istiqomat qiladi. 2013 yili Rossiya televideniyesining “Golos” (“Ovoz”) loyihasidagi ishtirok etib, finalga chiqqandi.

photo_2015-04-27_14-27-48

Manba: Instagram @rocknnargiz tarjima: Kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *