Xitoy internet magazinida yangi yuz va boshqa tana a’zolari sotilmoqda.

ear-400x302

Xitoyda yuzni almashtirish ommabop xodisaga aylangan. “Yangi yuz”ni Xitoydagi eng katta internet magazinlardan biri Taobao da xarid qilish mumkin. “Yangi yuz” – judayam reallikka yaqin tarzda ishlangan niqob bo‘lib, u NEWSru Israel xabar qilishicha judayam ingichka meditsinada ishlatiladigan silikondan tayyorlanadi.
Sotuvda shuningdek maxsus gel xam mavjud. Ushbu gel niqobni inson yuziga shunday mahkam yopishtiradiki, xattoki inson mimikasi ham niqob orqali bilinadi. “Suniy teri”ni qalinligi – 0,1 mmdan 1 mmgacha. Material xaqiqiy epiteliy strukturasiga shunchalik o‘xshaydiki, buni ko‘rgan insonni adashtirib qo‘yyadi. “Yangi yuz” narxi 500 yuandan ikki ming yuangacha tashkil qiladi (taxminan 75 – 300 AQSH dollari). Yana 50 yuanga niqobni muylov va soqol bilan to‘ldirish mumkin.
Pekinda bir studiya o‘ta yupqa maskalarni ishlab chiqaradi. Yangi yuzlar xaridorlarining ko‘pchiligi, buni o‘yin-kulgi uchun, masalan, o‘z sevgan qizini yoki do‘stlarini kalaka qilish uchun oladilar deb aytadi, studiya egasi, janob Syuy. Shuningdek, yuzida nuqsoni bor kishilar ham haridorlar orasida mavjud.
Sotuvda niqoblarning bir necha yuz xillari bor. Bizga bo‘lgan talablar yanada kuchayib bormoqda, biznesimiz ham gullab yashnamoqda, — deydi janob Syuy. Uning ustaxonasida atigi to‘rta usta ishlaydi. Niqoblardan tashqari, ular sun’iy barmoqlar va quloqlarni ham ishlab chiqaradilar, deb yozadi The China Daily.

Manba: holva.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *