Ilgari kivini xitoy krijovniki deb atashgan

Kiwi-Fruit-400x300

Kivi vatani – Xitoy xisoblanadi, bu yerda uni ilgari paxmoq po‘stlog‘i uchun «maymun shaftolisi» deb atashgan. Ammo bu meva madaniylashtirilgunga qadar krijovnikdan farqli o‘laroq unchali ommabop bo‘lmagan. Bu xodisa nisbatan yaqinda 20 chi asrni boshlarida yuz bergan.
Yangi Zelandiyalik ishqivoz bog‘bon Aleksandr Ellison 30 yil mobaynida maymun shaftolisini seleksiyasi bilan shug‘ullanib, kichkina va yoqimsiz bo‘lgan mevalarni shirali mevaga aylantirmoqchi bo‘lgan. Shu vaqtdan boshlab “xitoy krijovniki” degan nom paydo bo‘lgan.
Ilgari bu borada kechgan ko‘plab mashshaqatlar foyda keltirmagan, faqatgina judayam chiroyli bo‘lgan ushbu meva gullari haqida yozilgan m. a. VIII asrdagi xitoy yozuvchilari sherlari bu ishni davom ettirishda yagona dalda bo‘lgan. Ammo maxsus ishlab chiqilgan o‘g‘itlash, kesishlar va payvandlashlar bu meva shirali va judayam mazali mevaga aynlatirishga imkon berdi.
Ancha vayt mobaynida bu meva haqida faqat bog‘bonlarga ma’lum bo‘lgan. Jaxon inqirozi bo‘lmish baxtsiz xodisa bunday meva ommoviylashishi uchun dalda bo‘lgan, va port klerki Makloklin shu yillarda xitoy krijovniki yetishtirishni va sotish boshlagan. Bir muncha vaqt o‘tib bu g‘oya ko‘p minglik foyda keltirishni boshlagan. Meva Yevropa va Amerikaga yetib borgan.
Meva uchun jarangdor va ekzotik nom kerak bo‘lgan. Kivi – mashxur yangi zelandiya uchmaydigan qushi xisoblanadi. Uni jigar rang patlari ko‘proq sut emizuvchilarga yoki…paxmoq po‘stloqli “xitoy krijovnikiga” o‘xshaydi. Kivi – yangi zelandiyaliklarning o‘zlarini chaqiradigan xazilkash laqablaridan biri xisoblanadi.

Manba: holva.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *