Gan ban

— Obetga nima yeding? Cho’chqa go’shtimi?

— Kechga nima yeysan? qurt qumursqalardan sho’rvami?

Mana qaryib 2 yildirki O’zbekistondagi tanishlarim men bilan so’rashish jarayonida tez tez yuqoridagi jumlaga o’xshash gaplar bilan hazl qilib turishadi. Chunki ular biladi men Xitoylarni mamlakatidaman. Bunday savollarga o’rganib ham ketdim.

Bundan 2 yil avval Xitoyda o’qish uchun Urumchi varyanti chiqqanda, aynan ovqatdan muammo bo’lmasligi faktori sabab ham bu varyantni qabul qilganman. Chunki mendek odam boshqa narsalardan muammo bo’lsa extimol eplar ketar lekin ovqatdan muammo bo’lmasligi kerak edi menga :)

Xitoyga kelmasimdan oldin menda qo’rquv desam oshib ketar ozgina hadik bor edi. Bu hadik aynan yuqoridagi savollar bilan bog’liq. U yerdagi ovlatlar qanaqa ekan? dinimda taqiqlangan mahsulotlarni bilib bilmay yeb qo’ymasmikinman? deganga o’xshash. Shu hadik sabab har extimolga qarshi deb hatto 1-marta kelayotganimda o’zim bilan 4 ta patirni orasiga 2 kilo Zominni tandir kabobini olib kelganman.  Aeraportdagilar qanday o’tkazvorishgan bilmayman. Ozod aka bilan 1 hafta yeganmiz o’ziyam :)

Xitoyga hususan Urumchiga kelib shuni bildimki bu yerdagi oshxona, restoran, bar, hatto fast futlarga ham «清真“(Qing zhen) yaniy tarjimasi musulmoncha yoki halol degan yozuv yozib qo’yilar ekan. Agar shu yozuv bo’lsa bilingki bu yerda musulmonlar ham ovqatlansa bo’ladi. Tarkibida musulmonlarga taqiqlangan mahsulotlar bo’lmaydi. Yoki qimmatroq restoranga kirsangiz minyular ham 2 hil musulmoncha ovqatlar alohida taklif qilishadi. Va o’ylaymanki sizni aldab sizga boshqacha taomni olib kelishdan bularga hech qanday naf yo’q. Chunki Xitoylar bu sizni etiqodiz ekanini tushunishadi. Agar boshqacha qilishsa bu ularning savdosiga minus. Bunday joylarda Xitoylar bilan musulmonlar(uyg’ur, qozoq, va huizu) birga ishlaydi. Men shuni guvohi bo’ldimki bunday yozuv yozilgan joylarni mijozlari ham xitoy ham uyg’ur va bizga o’xshagan chet elliklar. Birorta musulmon odamni bu joyni oshpazi xitoy bo’lgani uchun kirmay qo’yganini ko’rmadim. Chunki Xitoy taomnomasiga uyg’ur, huizu va qozoqlar ovqatlari ham kirib ketadi.

Bizni universiterda xitoylarni o’ziga mo’ljallanga oshxona bilan qolganlar uchun mo’ljallangan oshxona (qolganlarni tarkibini ham asosiy ko’pchiligini «han» lar tashkil qiladi) yonma-yon joylashgan. Albatta xitoylar uchun qaysi birida ovqatlanishni umuman farqi yo’q. Hamma ishchisi oshpazidan to farroshigacha uyg’urlardan tashkil topgan biz ovqatlanadigan oshxonani eshiklariga esa «Iltimos bu yerda ishlatayotgan idishlaringizni xitoylar oshxonasiga olib o’tmang» deb yozib qo’yishgan. Ham uyg’urcha ham Xitoychada.

Universitetimizga yaqin joyda 2 ta «huizu» (huizi bu millat) larni oshxonasi bor. Ikkalasi yonma yon joylashgan. Birida biz yaxshi ko’radigan “土豆牛肉米饭“ Yani kartoshka va mol go’shtidan qilingan zirvali guruch bo’lsa yana birida «Gan ban mian» bo’lib tarkibi lag’mon bilan o’simliklar va ozgina mol go’shti bor.

20150412_161742
土豆牛肉米饭
20150405_171344
Gan ban niu ruo mian

Har ikki oshxonani o’rtasida esa bitta uyg’ur amaki olma sotib turadi. Agar men «gan ban mian» yeyishga kirsam u indamaydi. Chunki u yerda kabob tayorlaydigan uni tanishi ishlaydi. U uyg’ur kishi. Agar narigi oshxonaga kirsam olaqarash qiladi. Bugun esa asabimni o’ynaydigan gap aytdi. Uning aytishicha uyg’urlarga qardosh xalqlar yani musulmonlar u oshxonaga kirishi kerak emas ekan. Sen kirma u yerga deb hatto menga buni taqiqlamoqchi ham bo’ldi. O’tkan yili aytganda indamagan edim. Chunki yonimda Ozod aka bor edi. Uni shu gapidan keyin biz mifan yeyishga aylanma yo’ldan keladigan bo’lgan edik hatto. Lekin bu safar o’tib ketdi. Yoshingiz katta hurmatingizni qilaman. Lekin sizga bitta gap siz uyg’ur bo’lganiz uchun musulmonchiligiz halol u huizu bo’lgani uchun uni musulmonchiligi harom bo’ldimi sizga dedim. Ha o’zimni to’htatib tura olmadim. Sizni kiygan oq do’ppingiz bilan uni kiygan oq doppisida qanday farq bor? desam uni do’ppi kiyganiga ishonma u xitoylardan chiqqan. U musulmon emas dedi. Shu joyida baxslashishni to’xtatdimu sizga hozir gap foydasiz aka olmadan torting deb olmani olib ketdim.

Malumot uchun: «Hui zu» (回族) degan millat bo’lib ularning asli kelib chiqishi rostan ham xitoylarga borib taqaladi. Lekin bu elat bunaqa nomni aynan musulmon dinini qabul qilganidan keyin olgan. Xitoy tilidan millat nomini tarjimasi «Qaytgan millat» bo’ladi. Men bu insonlarning musulmon dunyosida qanday mavqeda turishini uncha yaxshi bilmayman. Lekin bu millat musulmonchilikni kecha yoki bugun qabul qilmagan. Bunga ancha vaqtlar bo’lgan. Men faqat bilganim huizular o’zaro gaplashuv tili xitoycha bo’lsa ham machitga chiqib nomoz o’qiydi. Erkaklari oq do’ppi, ayollari doimo boshida ro’mol o’rab yuradi. Xitoy bilan Huizuni ko’rinishi o’xshash bo’lsada kiyimidan ajratib olish oson. Huizularni musulmonchilikni qanchalik ezozlashini esa Ozod aka menga aytib bergan bir fakti bilan izohlamoqchiman. U kishi oldin ham Xitoyda (Urumchida emas) 1 yil o’qigan. O’shanda Huizularni oshxonasida ovqatlanar ekan. O’sha oshxonasining peshtoqlarida esa Al-Buhoriyning hadislar to’plami turarkan. Ozod aka Buhoriyning vatandoshi ekanini aytganida uni cheksiz extirom bilan har kuni siylashganini aytib bergan edi.

Balki haligi amakini o’sha oshxonani egasiga shaxsiy adovati bordir. Balki Xitoylarga bo’lgan adovatini shu huizuga nisbatan qilar. Xullas bilmadim. Lekin men ertaga yana o’sha sevimli kartoshkali mifanimni yeyishga boraveraman. Bunaqa hurofatlar men uchun emas. Shunaqa gaplar…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *