Dunyoning eng tuturuqsiz soliqlari

Benjamin Franklin aytganidek, bu dunyoda o‘lim va soliqlardangina qochib qutulib bo‘lmaydi. Quyida keltirilgan 10 ta eng bema’ni soliq shular jumlasidandir.

1. Belgiyada grilda taom tayyorlasangiz soliqqa tortilasiz

2007 yilda 3,5 million aholi istiqomat qiluvchi Valloniya mahalliy hukumati global isishga qarshi kurashish maqsadida grilda ovqat tayyorlarlashga qarshi soliq solishni ma’qul topdi. Ularning ta’kidlashicha, grilda ovqat tayyorlash vaqtida atmosferaga 50-100 gramm parnik gazlari chiqib ketar ekan. Belgiyaning mana shu hududida yashovchilar qoida buzsa 20 yevro to‘lashga majbur. Bu qonunga qat’iy amal qilinadi. Qonun buzilish holatlari vertolyot va kameralar yordamida kuzatib boriladi.

2. Oftob uchun soliq.

AQSH hukumati o‘z fuqarolari sog‘lig‘i haqida qayg‘urishni lozim topdi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlardan biri 2007 yildan buyon Barak Obama ma’muriyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugun solyariy (quyosh vannasi qabul qilinadigan joy, maydoncha)da oftobda toblangan har bir amerikalik ko‘rsatilgan xizmatning o‘n foizi miqdorida qo‘shimcha soliq to‘laydi.

3. Estoniyada sigirlarga soliq solinadi

Bu biz eshitgan soliqlarning eng mantiqsizidir. 2008 yilda Estoniya hukumati sigir egalariga mana shunday soliq solishdi. Amaldorlarning fikricha, bu jonzotlar hazm qiluvchi gazlari bilan havoni ifloslantirayapti. Qizig‘i, bu soliq boshqa jonzotlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

4. JARda kasbiy malakani oshirganlarga soliq

JARda yollangan ishchilarga ega bo‘lgan barcha korxonalarga mana shu soliq solinadi. Soliq stavkasi — barcha xodimlarning oyligining 1 foizidir. Bundan ishchilar soliq to‘laganligi uchun malakasini oshirishga harakat qilishi maqsadi ko‘zlangan.

5. Yunoniston: basseynlarga soliq

Yunonistonda shaxsiy uyning hovlisidagi basseyn boylik hisoblaniladi. Har bir basseynli uy egasi yiligi taxminan 8000 yevro atrofida soliq to‘lashi lozim. Afinada yashovchi ko‘plab aholi bu soliqni to‘lamaslik uchun basseynlarini maysa ranggidagi brezent bilan yopib qo‘yishadi.

6. Gips uchun soliq

Avstriya Alplari chang‘ida uchish uchun eng qulay joy. Har yili 150 ming chang‘isevarlar qo‘l va oyoqlarini sindirib, jarohat olishadi. Mana shu sababga ko‘ra, hukumat gips uchun soliq solishni joriy etdi.

7. Bu yerda ham Quyoshga soliq solinadi

Mayorka, Menorka va boshqa Balear orollarida turistlar quyosh uchun soliq to‘lashadi. To‘lov uncha katta emas. Kuniga bor-yo‘g‘i 1 yevro. Mahalliy hukumat tushgan pulni turistik infratuzilmani yaxshilash yo‘lida sarflaydi. 2012 yilda bu hududga 10 million turist tashrif buyurganini inobatga olganda, mahalliy byudjetga tushgan kirim kattagina ekanligini bilish mumkin.

8. Xitoyda ovqat yeyishga mo‘ljallangan cho‘plarga soliq to‘lanadi.

Har kuni Xitoyda 45 milliard bir martalik ovqat tayoqchalaridan foydalaniladi. Uni ishlab chiqarishga esa 25 million daraxt kesiladi. Shuning uchun hukumat bir martalik bambuk tayoqchalariga 5 foizlik soliq solgan. Bu aholining ko‘p martalik plastik tayoqchalardan foydalanishini ta’minlashi kerak edi. Afsuski, Xitoyda an’analar iqtisodiy manfaatlardan ham ustundir.

9. Venesiyada soya uchun soliq

Venesiya hukumati 1993 yilda restoran va attorlik do‘konlari egalariga shaharga soya solayotgani uchun soliq soldi. Soyali soliqdan keyin ko‘plab do‘kon egalari o‘z binolarini o‘zgartirishdi.

10. Vengriyada nosog‘lom ovqatlarga soliq

2011 yil 1 sentyabridan beri Vengriyada “chipsli soliq” tizimi amalda. Bu soliq turli qadoqlangan mahsulotlar, masalan, chips, sho‘r pechenye, shirin pechenye, o‘ralgan shirinliklar, shuningdek, energetik ichimliklarga taalluqli. Vengriya hukumati mana shu yo‘l bilan aholining salomatligini yaxshilamoqchi.

Manba: Xabardor

One thought on “Dunyoning eng tuturuqsiz soliqlari

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *