Xitoy devori haqidagi yetti noma’lum dalil

86
Foto: Buyuk Xitoy devori © Associated Press

Buyuk Xitoy devori sayyohlar eng ko‘p keladigan joylardan biri hisoblanadi. Hattoki, hayratlanarli darajada desa ham bo‘ladi. Koinotning yangi mo‘’jizasi haqida turli mish-mishlar bor. Ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz:

1. Buyuk Xitoy devori o‘zi nima?

“Buyuk Xitoy devori” tushunchasining o‘zidayoq turli tushunmovchiliklar paydo bo‘ladi. Zamonaviy Xitoy uchun bu turli Xitoy imperiyalari tomonidan mamlakatni bosqinchilardan himoya qilish uchun qurilgan devordir. Muammo shundaki, imperiyalar juda ko‘p va turli xilda bo‘lishgan. Ular turli vaqtlarda qurilish ishlarini olib borishgan va materiallarni har xil joydan olib kelishgan. Kimdir Gobi cho‘lidan olib kelgan bo‘lsa, yana biri Pekindan bir necha kilometr uzoqlikdan keltirgan. Devorning katta qismi tuproqdan bunyod etilgan bo‘lib, eng muhim joylardagina toshdan qal’alar qurilgan. Aslini olib qaraganda bu devorning u bilan deyarli bir vaqtda qurilgan Rossiya janubidagi Ilon devori yoki Rim imperiyasidagi devordan farqi yo‘q.

2. Bittu uzun devormi?

Devor haqidagi eng ko‘p tarqalgan anglashilmovchilik uning uzilmas uzunlikda ekanligidir. Aslida Xitoy devori bir necha bo‘laklardan tashkil topgan bo‘lib, ular mo‘g‘ul bosqinchilaridan himoyalanish uchun qurilgan. Devorning ba’zi nuqtalarida kuzatish minoralari bo‘lgan. Faqatgina poytaxt Pekingina shunday, ya’ni devor uzilmasdan o‘ralgan.

3. Devorni qachon qurishgan?

Himoya devorlari haqida eramizdan avvalgi 476-221 yillardagi ma’lumotlarda ham keltirilgan. Devor nafaqat ko‘chmanchilardan himoyalanish uchun, balki qo‘shni davlatlardan ham himoyalanish uchun qurilgan. Qurilish ishlarining eng qizg‘in davri XVI asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

87

4. Devorning uzunligi qancha?

Devorning rasmiy uzunligi 10 000 mil. Qadimgi Xitoyda 10 000 tuganmas va cheki yo‘q uzunlik hisoblanganligini ham unutmaslik kerak. Min imperiyasi davrida 8 850 km bunyod etilgan. Agar hammasini hisoblab chiqadigan bo‘lsak, 20 kilometrdan uzunroq chiqadi.

5. Devorni qurishda qancha odam halok bo‘lgan?

Aytishlaricha, Xitoy devorini qurish davrida halok bo‘lganlarning hammasi shu yerga dafn etilgan ekan. Chunki bu yerda ishlash sharoiti juda og‘ir va qiyin bo‘lgan. Shu sababli ham minglab, balki undan ham ko‘proq odamlar halok bo‘lishgan. Min imperiyasi davrida devorni askarlar va oddiy ustalar qurishgan.

6. Xitoy devori nimaning timsoli?

Yevropaliklar uchun devor shunchaki himoya devori hisoblanadi.

7. Devor rostdanam yaxshi himoya bo‘lganmi?

Albatta, yo‘q. Bir tomondan uni qurish uchun juda ko‘p vaqt va kuch sarflangan. Devorda kuzatuv minoralari bo‘lgan. Min imperatorlari esa bir necha ijrochilarni ishni o‘z vaqtida tugatishmaganligi va “byudjet”ni o‘zlashtira olishmagani uchun qatl etishgan.

Manba: Darakchi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *